O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Download 329.72 Kb.
bet84/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

77 - mashq. Berilgan misollar orasidan umumlashtiruvchi birliklar ishtirok etgan gaplarni aniqlang. Umumlashtiruvchi birlik qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligini ayting.
1. «O‘tkan kunlar»dan, «Mehrobdan chayon»dan, «Kecha va kunduz»dan judo bo‘lgan o'zbek kitobxoni romanni nihoyatda quvonch bilan kutib oldi (S.Ahmad). 2. Vafo, sadoqat, muhabbat haqidagi she’rlari gazetada bosila boshladi (S.Ahmad). 3. Yonidan har xil odamlar: ko‘chat sudraganlar, qo‘y yetaklaganlar, qop orqalaganlar o‘tib turardi (Oybek). 4. U juda ko‘p joylarda: Armanistonda, Turkmanistonda, Tojikistonda tanilgan yozuvchi cdi. 5. Kishilar, xotinlar, bolalar - kutib oluvchilar vagon bo‘ylab chopdilar. 6. O'zini tutishi ham, ovozi ham muloyim jilmayib turishi ham - hamma-hammasi odamlarni sehrlab qo'ygan edi. 7. Jaladan so’ng daladagi narsalarning hammasi: polizlardagi ekinlar, daraxt nihollari, hatto omonat chayla ham yer bag'irlagan. 8. Gulzorning narigi tomonida daroyi, husayni, yakdona, charos - turli uzum ishkomlari bor edi.
78 - mashq. Yozuvchi Abdulla Qahhor asarlari bo‘yicha uyushiq
bo'laklar ishtirok etgan gaplarga o‘nta misol topib, uni izohlab bering.

UNDALMALI GAPLAR
79-mashq. Malndagi undalmalarni ajrating, ulaming qaysi so‘z
turkumi bilan ifodalanaganini ayting.

Bobom allaqanday chuqur xayol og‘ushida, boshini quyi solib, jim o‘tiribdi.
Oyog‘im bilan asta eshikni itaraman, bobomga moshxo‘rda olib kiraman.
-Moshxo'rda... Qaynoqqina oling, buva, - deyman kosani uzatib va tanchagatiqilaman.
Bobom g‘imirlab, ko‘rpacha tagidan bir narsa oladida-da, menga uzatadi.

-Ma, ol! Lekin buving bilmasin, uqdingmi, bolam, deydi yuzlariga tabassum yoyilib.
Bobomning qo'lidan bir hovuch popuk va qand olaman. -Sevinganimdan entikib ketaman. Bobom ham mamnun holda boshini asta qimirlatib deydi:
- Kalitni topib, sandiqni sekin ochdim-da, shu popuklarni senga deb
oldim. Lekin zinhor buving bila ko‘rmasin, bolam. Kampir ziqna, - deydi
bobom yog‘och qoshiq bilan moshxo'rdani shopirib.- Buva gapiring
o’tgan za'monlardan,- yalinaman qandni chaynab.
- O‘g‘lim, tek o‘tir. Cho'pchaklar esimdan chiqib ketdi, ko‘p
bilardim,- deydi buvam soqollarini silab. (Oybek).

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling