O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arslonquyruq
Sebarga – sebarganing 5 turi uchraydi. 3 tasi ko’p yillik, 2 tasi bir yillik o’t.
Sebarga dukkakdoshlar oilasiga mansubdir. U ko’pincha adir, tog’larda, daryo bo’ylarida, tog’ o’tloqlari, bog’ va ekinlar orasida o’sadi. Sebarganing barcha turlari asal beruvchilardir. Eng keng tarqalgani va asalarichilik uchun muhimi oq gulli sebarga (Trifolium re’ens L.) hisoblanadi. U ko’p yillik o’t. Uning gullash davri juda uzoq bo’lib. Mayning o’rtalaridan to sentyabrgacha davom etadi. Oq guli sebarganing shirasi 0,07 mg, shakar moddasi esa 60%, qizil gullisi (Trifolium ‘retense L.) da 0,37 mg, shakar moddasi 38%. Sebarganing gul shirasi gektariga hisoblanganda qizil gullisida 123 kg, oq gullisida 26 kg ni tashkil qiladi. Limon o’ti – ko’p yillik o’tchil o’simlik, labguldoshlar oilasiga mansub. Respublikamizning Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o’sadi. Nam va zax joylar, bog’larda va tog’ mintaqasining o’rta qismlarida o’rmonzor va butazorlarda keng tarqalgan. O’zining biologik xususiyatiga ko’ra asalarilarga yoqimli bo’lgan limon hidini tarqatadi. Ilg’or asalarichilar esa bu xususiyatidan foydalanadilar. Ba’zi asalarichilar limon o’tini ari yashiklariga surtadilar va undan keyingina bu uyaga arilarni joylashtiradilar. Yoqimli hidga maxliyo bo’lgan arilar o’zlarini juda tinch tutadilar va yangi uyalariga tez moslashadilar. Bunday usulni asalarilar bola chiqarganda ularni joylashtirishda ham qo’llash mumkin. Gullashi iyuning oxiri va avgustning boshlarigacha davom etadi. Urug’i oktyabrning o’rtalarida pishib yetiladi. Limon o’tining shira mikdori bir gul hisobiga 0,10 mg shakar moddasi esa shiraning 41% ini tashkil qiladi. Limon o’tining shirasini olish asalarilar uchun biroz noqulay, sababi gultojibarglari uzun va shira chuqurlikda joylashgan. Limon o’tining shira miqdori gektariga 50 kg gacha bo’ladi. Arslonquyruq – balandligi 1- 1,25 m bo’lgan, labguldoshlar oilasiga mansub, kuchli qurg’oqchilikka moslashgan, ko’p yillik o’simlik. Respublikamizda arslonquyruqning 2 turi tarqalgan. U qumoq tog’ yon bag’irlarida, o’rmonzor va butazorlarda keng tarqalgan. O’simlikning poyasi 4 qirrali, nafis barg plastinkasi 5 ga bo’lingan, gullari och binafsha yoki to’q pushti rangda. Gullashi iyunning boshlaridan iyulning oxirlarigacha davom etadi, urug’i avgustning oxirlarida pishadi. Bitta gulning hayoti 2 kun davom etadi. Gultojibarglari uncha katta bo’lmaganligi tufayli asalarilar shirasini qulaygina oladilar. Asalarilar undan nektar va gul changi oladilar. Asalarilar uning gullariga noqulay sharoitda, hatto havo harorati juda baland bo’lganda ham qatnaydilar. Arslonquyruq gullaridagi shira va shakar moddalari boshqa o’simliklardagi kabi juda o’zgaruvchan bo’ladi. Bir guldagi shira miqdori 0,07 mg dan 0,91 mg gacha boradi. Bu son o’rta hisobda 0,67 mg ni tashkil qiladi. SHiradagi shakarning miqdori o’rtacha 65 % hisoblanadi. Bir gektardagi shira miqdori 162 kg ga yetadi. 30 Arslonquyruq respublikamizdagi asal-shirali o’simliklar orasida birinchilar qatorida turadi. Asalarichilarimizga uni ko’paytirishni taklif qilamiz. Sifatli asal beradigan arslonquyruq yana shunisi bilan ahamiyatliki, u juda qimmatli dorivor o’simlik hisoblanadi. Bundan tashqari urug’i tarkibining 30 % ini yog’ tashkil qiladi Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling