O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
Ginkgo biloba ginkgodoshlar oilasidan, O’zbekiston sharoitida balandligi
15—18 m (vatanida 40—50 m) ga yetadigan ikki uyli daraxtdir. SHoxlari ikki xil bo’ladi: uzun o’suvchi shoxchalar, bularda barglar birin-ketin joylashgan, (qisqa meva beruvchi shoxchalar, bularda barglar to’p-to’p bo’ladi. Barglari yel’ig’ichsimon, yirik, uzunligi 10 sm va eni 10—12 sm, chetlari tekis, bir oz egri- bugri, barg bandining uzunligi 10—12 sm. Ginkgo may — iyun oylarida gullaydi. Gullari mayda va ko’rimsiz. Mevasi Oktabr — noyabrg’ oylarida pishadi. Mevasi chopziq, tuxumsimon, olxo’ri mevasiga o’xshash qo’lansa hidli. Ginkgo o’zining yaltiroq-yashil va yirik barglari bilan bahor va yoz fasllarida o’ziga xos chiroyli manzara hosil qiladi. U hozirgi vaqtda tabiiy holda Xitoyda o’sadi. Madaniy holda esa Qora dengiz sohilida, Zakavkaze, Ukraina, Moldaviya, O’zbekiston, Tojikiston, chet el mamlakatlardan Xitoy, Yaponiya, Angliya va boshqa mamlakatlarda o’stiriladi. Ginkgo bundan 90—100 yil muqaddam Samarqandga va 1926 yili esa Toshkentga keltirilgan. U urug’idan yaxshi unadi. Mevasi kuzda yig’ib olinib, yaxshilab quritiladi. Danagini bahorda va kuzda ham ekish mumkin. Ginkgo tuproq tanlamaydi. Uni xovlilarga, bog’larga, xiyobonlarga ekib ko’paytirish mumkin. U ekilgandan to yaxshi rivojlanib olguncha ko’p suv talab etadi. SHuning uchun uni tez-tez sug’orib turish kerak. Bir yilda ko’chatlarning bo’yi 20—25 sm ga yetadi. Ginkgo 2000 yil yashaydi. Hozir uning ikki tupi Toshkent shahrida Ulyanov ko’chasi, 17 uyda va bir tupi Samarqand shahridagi Samarqand universiteti biologiya fakulg’tetining hovlisida o’smokda. Magnoliya magnoliyadoshlar oilasidan, O’zbekiston sharoitida bo’yi 8—10 m ga, vatanida 25—30 m yetadigan daraxtdir. O’rtacha shoxlanadi. Bargi oddiy, tuxumsimon, bahzan nashtarsimon ko’rinishda, qalin, seret yaltiroq, uzunligi 10— 16 sm, eni 6—10 sm, chetlari tekis. Barglari qishda to’kilib ketadi. U barg chiqarmasdan oldin gullaydi. Guli o’tkir hidli bo’lib, diametri 12 sm ga yetadi. Tojibargi 9 ta, gulqo’rg’oni tojibargiga o’xshash, uzunligi 5—6 sm. U mart oyida gullab, iyul — avgust oylarida mevasi pishadi. Mevasi ko’kimtir, tsilindrsimon, uzunligi 6—8 sm. Magnoliya denudataning faqat bir tupi Toshkentda o’sadi. Ularning urug’idan, ayniqsa, ko’chat qilib o’tqazish orqali ko’paytirish mumkin. U Toshkentga tuprog’i bilan olib kelib o’tqazilgan. Ular juda tuproq tanlaydigan, nozik o’simlikdir. Magnoliyalarning asl vatani Xitoy, Yaponiya, Koreya va SHimoliy Amerikadir. Magnoliyalar turkumidan 70 tur bo’lib, uning 20 tasi SHimoliy Amerikada, 50 tasi Janubi-SHarqiy Osiyoda, 3 tasi Toshkentda va 12 tasi boshqa joylarda (ko’pi Zakavkazeda) o’sadi. U gulining tuzilishi jihatidan magnoliya denudataga o’xshab ketadi. Bu tur Toshkentga bundan 90—100 yil muqaddam 35 tuprog’i bilan olib kelib o’tqazilgan. Magnoliyalar turli tuproq sharoitiga tez moslasha olmaydi. Uni ko’paytirish ancha qiyin. O’zbekiston Fanlar akademiyasining Botanika bog’ida uning turlarini ekib ko’paytirish ustida olib borayotgan tajribalar yaxshi natija bermoqda. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling