O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Loladaraxt magnoliyadoshlar oilasiga mansub O’zbekiston sharoitida bo’yi 
10—12 ga (vatanida 45—60 ga) yetadigan, chiroyli gullovchi daraxtdir. poyasi 
turli o’sadi, po’stlog’i silliq, yaltiroq-sarg’ish rangli. Bargi oddiy, uzun bandli, 4—
6 bo’lakli, uzunligi 7—15 sm, ustki qismi silliq yaltiroq, ko’kimtir-yashil, ostki 
qismi esa oqish-yashil ranglidir. Bargi kuzda sarg’ish tilla rangga kiradi. 
O’zbekiston sharoitida loladaraxt may oyida gullaydi. Uning guli shakliga ko’ra 
lolani eslatadi. SHuning uchun ham uni loladaraxt deb ataladi. U ko’kimtir sarg’ish, 
bahzan, ko’kimtir-oqish rangli bo’lib, kattaligi 5 sm ga yetadi, deyarli hidsiz. Mevasi 
sentabr—Oktabr oylarida pishadi. Urug’i chopziq, qanotchali. Bu o’simlik 
O’zbekistonda juda kam uchraydi. U keltirib ekilgan. Uning asl vatani Markaziy va 
SHimoli-SHarqiy Amerikadir. Rossiyaga loladarxt 1870 yilda keltirilgan
O’zbekistonga esa o’tgan asrning oxirlarida keltirilgan bo’lishi kerak. Loladaraxt 
turkumiga ikki tur kiradi. Birinchisi SHimoliy Amerikada, ikkinchisi esa Xitoyda 
o’sadi. Har ikkala tur ham MDHda o’stiriladi. Bu daraxt 25°—30° sovuqqa, 
qurg’oqchilikka va issiqqa chidamli. U yorug’sevar va namni ko’p talab qiluvchi 
o’simlik. Loladaraxt chiroyli, manzarali daraxtlardan hisoblanadi. Uni urug’idan 
zkib ko’paytirish mumkin. Hozir Samarqanddagi Michurin nomli texnikum 
hovlisida loladaraxtning bir tupi, Toshkentdagi Komsomol maydonida 2 tupi va 
V.I.Lenin muzeyining Tsshkent filiali atrofida 8—10 ta tupi bor. 
Qarag’ay qaragpaydoshlar oilasidan, bo’yi 20—30 ga yetadigan bir uyli, 
doim yashil daraxt. Tanasi to’g’ri, tik o’sadi, shoxlari gorizontal joylashgan. Tanasi 
qalin, to’q rangli po’stloq bilan ko’plangan. Yosh novdalari sarg’ish rangli. Nina 
barglari qalin, uzun (8—15 sm), to’q yashil rangli, qattiq bo’ladi, qarag’ay (qrim 
qarag’ayi) ning mevasi (qubbasi) ikkinchi yili pishadi. Qubbasining uzunligi 6—10 
sm, eni 4—5 sm, qo’ng’ir jigar rangda. Urug’i mayda, uzunligi 5—6 mm, qo’ng’ir, 
qanotchalari bor. Bu o’simlik yovvoyi holda Qrimning Yalta tog’larida, G’arbiy 
Zakavkazeda va Kipr orollarida o’sadi. Qarag’ay O’zbekistonning bir necha shahar 
va qishloqlarida uzoq yillardan beri madaniy o’simlik sifatida o’stirib kelinmoqda. 
Er yuzida qarag’ayning 100 ga yaqin turi bo’lib, shundan MDH da 64 turi, 
O’zbekistonda esa 4 turi madaniy o’simlik sifatida ekib o’stiriladi. Qarag’ay, har xil 
tuproqda ham yaxshi o’sa beradi. U yorug’ni, ochiq yerni yoqtiradi. Faqat 
O’zbekiston sharoitida yoshlik davrida yoz oylarida sug’orib turish kerak. Yosh 
nihollarini ko’chirib o’tqazishda albatta tuprog’i bilan olish kerak. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling