O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


O’simliklarni iqlimlashtirish va madaniylashtirish


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

O’simliklarni iqlimlashtirish va madaniylashtirish. O’zbekistonda o’zga 
o’lkalar florasiga mansub bo’lgan dorivor o’simliklarni mahalliy sharoitga 
introduktsiya qilish va ko’paytirish sohasida ilmiy tadqiqotlarni olib borish bir 
asrdan ziyod tarixga ega. 
O’simliklar introduktsiyasi sohasida amalga oshirilgan ilmiy ishlarning 
natijasi hozirgi kunda, dorivor o’simliklarning introduktsiyasi va iqlimlashtirilishi 
ilmiy yo’nalishidagi muhim muammolarni hal etishda poydevor bo’lib xizmat qildi.
Dastlab, O’rta Osiyo Davlat universitetining (hozirgi O’zbekiston Milliy 
Universiteti) Botanika bog’i olimlari tomonidan mahalliy va chet el florasiga 
mansub dorivor o’simliklar introduktsiya sharoitida o’stirilib, mazkur dorivor 
o’simliklarning ‘itomnigi yaratilganligi ahamiyatga molik ish bo’ldi.
Dorivor va efir-moyli o’simliklarning 24 turi geografik jihatdan ekib 
sinashdan o’tkazildi. Bu ilmiy tadqiqot ishlari S.N.Kudryashov tomonidan O’rta 
Osiyo Davlat universitetining Botanika bog’ida, Toshkent atrofida, Bo’zbozorda, 
Janubiy-G’arbiy Tyan-SHan tog’ oldi adirliklarida, Xo’jandda va CHimyon 
tog’liklarida 1930-1934 yillar mobaynida olib borildi. Ekiladigan urug’lar va 
ko’chatlar Nikitin Botanika bog’idan (Yalta) va Butunittifoq dorivor o’simliklar 
ilmgohi (Moskva, VILAR) dan olindi. Bu ilmiy jarayonda dorivor o’simliklarning 
turli geografik sharoitlarda o’sishi, rivojlanishi, biologiyasi va biologik faol 
moddalarning o’rganilishi xususida dolzarb kuzatishlar bajarildi. 


24 
Keyinchalik, O’zbekistonda dorivor o’simliklarning introduktsiyasi va 
ularning iqlimlashtirilishi bo’yicha kom’leks ravishda ilmiy tadqiqotlar O’zR FA 
“Botanika” IICHM (hozirgi O’simlik va hayvonot olami genofondi instituti) 
akad.F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog’ida amalga oshirildi. 
A.A.Abdurahmonov va S.P.Valixo’jaeva (1980) lar SHarqiy Osiyo floristik 
oblastiga mansub bo’lgan 25 tur o’simlikning introduktsiyasini o’rgandilar. 
Bulardan ko’plari xalq tabobatida dorivorligi bilan qadimdan foydalanilgan.
I.V.Belolipov tomonidan 1965-1986 yillarda ko’pgina o’simliklar, asosan 
Rhus L. turkumi, Chenopodiaceae Vent., Lamiaceae L. (oilaning O’rta Osiyo 
florasida uchraydigan 12 ta yovvoyi turi) oilasiga mansub bo’lgan o’simliklarning 
Toshkent sharoitiga introduktsiyasi o’rganilib, ularning eko-introduktsion o’rganish 
usullarining nazariy asoslari ishlandi. Bu tadqiqotlardan so’ng 500 dan ortiq dorivor 
o’simliklar turlaridan iborat kollektsiya Toshkent sharoitida tashkil qilindi va 
ularning ayrimlarini madaniy holda o’stirishni agrotexnologik parametrlari ishlab 
chiqildi.
Jumladan, Y.M.Murdaxaev tomonidan 1965-1990 yillarda Nym’halaceae 
Dc., Nelumbonaceae Salisb. oilasiga mansub Tra’a L., Menthaea L. turkumiga va 
Brasenia schreberi J.F.Gmel., So’hora ja’onica L., Orthosiphon stamineus Benth., 
Solanum laciniatum Ait., Rha’onticum carthamoides (Willd.) Iljin., Mandragora 
turcomanica Mizgir., Aerva lanata (L.) Juss. va boshqa o’simliklar introduktsiya 
qilindi, SHarqiy Osiyo florasiga mansub bo’lgan dorivor o’simliklarning mavsumiy 
rivojlanishi turli sharoitlarda (soyada, yarim soyada va quyoshda) o’rganildi va 35 
turdan ortiq dorivor o’simliklar maxsus xo’jaliklarda sinashdan o’tkazildi. 
Murdaxaev ko’p yillik izlanishlari va olib borgan tadqiqotlari natijasida ko’plab 
ilmiy asarlar yaratdi. Masalan, 1990 yilda “O’zbekistonda vatan topgan o’simliklar”, 
1992 yilda “Introduktsiya lekarstvennix rasteniy v Uzbekistan”, 2001 yilda 
“Vostochniy bazar: lekarstva i Pryanosti” asarlari shular jumlasidandir.
T.S.Safarov (1982-1988) o’zining ilmiy ishlarida Janubiy-G’arbiy Tyan-
SHan o’rta tog’ qismlarida uchraydigan bir necha dorivor daraxt va buta 
o’simliklarning introduktsiyasi bilan shug’ullanadi. 
N.A.Toshmatova va Ye.E.Girshevichlar (1975-1986) – Hysso’us L., 
Lavandula L. introduktsiyasi va T.T.Tursunovlar (1987-1989) – esa So’hora 
korolkovii Koehne. turlarining introduktsiya sharoitida o’sishi va rivojlanishidagi 
o’zgarish jarayonlarini ilmiy jihatdan qayd etdilar. 
K.X.Xo’jaev O’zR FA “Botanika” IICHM (hozirgi O’simlik va 
hayvonot olami genofondi instituti) akad.F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog’ida 
Salvia officinalis va Salvia sclarea turlarini o’rganadi.
Samir Saed El-Ganayni 1995 yilda Toshkent sharoitida ortosifon (Buyrak 
choyi- Orthosiphon stamineus) ning biologiyasini o’rganadi.
Shuningdek B.Yo.To’xtaev (1991-2006) tomonidan 111 tur dorivor 
o’simliklar o’rtacha (Buxoro vohasi) va kuchli (Mirzacho’l) sho’rlangan 


25 
tuproqlarida introduktsiya qilindi. Introduktsiya qilingan dorivor o’simliklarning 68 
turida urug’ unuvchanligi va ko’kat ko’karuvchanligi kuzatilib, ularning 47 turi 
sho’rlangan tuproqlarda chidamli dorivor introdusent o’simliklar sifatida tanlandi.
B.X. Boysunov (1999-2002) o’z ilmiy tadqiqotlarida Janubiy O’zbekistonga
introduktsiyalashtirilgan Melia L. turkumi vakillarining bioekologik
xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadi.
E.E.Abdunazarov Toshkent vohasi sharoitida dorivor valeriana – Valeriana 
officinalis L. ning introduktsiyasi, ontogenezi, gullash biologiyasi, suv rejimi
fitokimyoviy tarkibi va ko’paytirish usullarini o’rganish bo’yicha ilmiy tajribalar 
olib bordi va 2010 yilda ilmiy tadqiqotlarini himoya qildi.
F.M.Dusmuratova dorivor belladonna – Atro’a belladonna L. ning 
bioekologik xususiyatlarini o’rganish ustida O’zR FA “Botanika” IICHM (hozirgi 
O’simlik va hayvonot olami genofondi instituti) akad.F.N.Rusanov nomidagi 
Botanika bog’i sharoitida 2004-2007 yillarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. 
A.M.Begmatov Surxondaryo viloyati sharoitida introduktsiya qilinayotgan 
Stevia rebaudiana bertonining bioekologik xususiyatlari o’rganish borasida ilmiy 
tadqiqotlar olib bordi va natijalarini 2012 yil muvaffaqiyatli himoya qildi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling