O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning maqsadi
O’QUV KONTENTLAR
1-mavzu. O’ZBEKISTONNING FOYDALI O’SIMLIKLARI FANI PREDMETI, TARIXI, MAQSAD VA VAZIFALARI Reja: 1. O’zbekiston foydali o’simliklari fanining maqsad va vazifalari. 2. Foydali o’simliklarning o’rganilish tarixi. 3. Foydali o’simliklarning O’zbekistonda o’rganilishi. 4. O’simliklarni iqlimlashtirish va madaniylashtirish. Tayanch iboralar: foydali o’simlik, oziq-ovqat o’simligi, dorivor o’simlik, sabzavot-poliz o’simligi, ziravor o’simligi, vitaminli o’simlik, oshlovchi moddali o’simlik, tolali o’simlik, manzarali o’simlik, asalli o’simlik, yem-xashak o’simligi, moyli o’simlik, bo’yoq beruvchi o’simlik. Mavzuning maqsadi: O’zbekiston foydali o’simliklarini o’rganilish tarixi haqida ma’lumot berish, foydali o’simliklarning inson hayotidagi roli va ahamiyati bilan tanishtirish. O’zbekiston foydali o’simliklari fanining maqsad va vazifalari. O’zbekiston tabiati o’zining betakror go’zalliklari, serquyoshligi, tuproq va suvi bilan alohida ajralib turadi. SHuning uchun ham uning o’simliklar dunyosi nihoyatda boydir. Ko’p o’simliklar o’zining shifobaxshligi bilan halqimiz orasida keng tarqalgan bo’lib, ular halq va ilmiy tabobatda muvaffaqqiyatli qo’llanib kelinmoqda. O’zbekiston foydali o’simliklari fani — foydali o’simlik turlari, foydali o’simliklarning foydali xususiyatlariga ko’ra guruhlarini o’rganadi, tahlil qiladi. O’zbekiston foydali o’simliklari fanining vazifasi foydali o’simliklarning botanik tavsifi va sistematikasi, tabiiy tarqalishi va ekologiyasi, foydali xususiyatlari va xalq xo’jaligida qo’llanilishi, inson hayotidagi roli va ahamiyati masalalarini o’rganishdan iborat. O’simliklar o’z tarkibida kishi organizmiga qandaydir ta’sir ko’rsata oladigan biologik faol moddalar saqlaydi. Biologik faol moddalar o’simliklarning hamma organlarida bir xil miqdorda to’planmaydi. Ba’zi o’simliklarda yer ostki organlarida, ba’zilarida yer ustki qismida to’planadi. Hozirgi paytda shifobaxsh o’simliklardan tayyorlangan dori-darmonlar keng miqyosda qo’llanilib kelinmoqda. Ruhiy xastaliklarni davolashda dorivor o’simliklarning 18 turidan, saratonni davolashda 7 turidan, qandli diabetda 24 turidan, ateroskleroz, yurak-qon tomirlari sklerozida 25 turidan, oshqozon xastaliklarida 10 turidan, qon bosimi xastaliklarida 22 turidan keng foydalanilmokda. Bundan tashqari, kashandalik va alkogolizmning oldini olishda, qondagi xolesterinni muvofiqlashtirib turishda ham shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan dori-darmonlar yordam bermoqda. 15 Meva, sabzavot-poliz va ziravor o’simliklar kishi organizmini vitaminlar, uglevodlar, organik kislotalar, mineral tuzlar va boshqa muhim biologik faol moddalar bilan tahminlashda asosiy, bahzan yagona manba. Sabzavot, mevalar, ayniqsa ziravor o’simliklar mehda shirasining ajralishini kuchaytiradi, ishtaha ochadi va ovqat hazm bo’lishini yaxshilaydi. Natijada organizmdagi modda almashinuviga katta ta’sir ko’rsatadi. Lekin bundan xulosa qilib, faqat o’simlik mahsulotlari bilan ovqatlanib kun ko’rish mumkin, degan xulosaga kelinsa to’g’ri bo’lmaydi. Sababi o’simlik mahsuloti qanchalik foydali bo’lmasin, ularni ko’pchiligini tarkibida oqsil va moy kam saqlangani uchun birgina o’simliklarning o’zi inson organizmini yuqori sifatli, kerakli ovqat moddasi bilan tahminlay olmaydi. Faqat o’simlik va hayvonlar mahsulotlarining kerakli miqdordagi aralashmasidan tashkil topgan ovqat ancha foydali bo’lib, insonni sog’lom bo’lib o’sishini tahminlay oladi. Foydali o’simliklarning asosiy ahamiyati kasallikni davolash emas. Ular birinchi galda inson va hayvon organizmiga faqat o’simlik mahsuloti bilan kiradigan biologik faol moddalar (vitaminlar, organik kislotalar va boshqalar) yetishmasligidan kelib chiqadigan kasalliklarni oldini olishda katta ahmiyatga egadirlar. Bu moddalar yuqorida aytilganidek organizmga ovqat bilan birga kirib, ba’zi jarayonlarni kuchaytiradi, modda almashinuviga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Boshqacha qilib aytganda tirik organizmga turli biologik ta’sir ko’rsatadi. Tarkibida organik (olma, limon va boshqalar) kislotalar (bahzan ko’p miqdorda) bo’lgani uchun sabzavot, meva va ziravor o’simliklar mehda shirasini ajralishini kuchaytiradi, ishtaha ochadi va ovqat hazm bo’lishini yaxshilaydi. Ba’zi sabzavot va mevalarda kaliy tuzlarini ko’p bo’lgani sababli ular yurak kasalliklarida foydali bo’lib, istisqo, yurak va buyrak faoliyatini susayganida, buyrak-tosh va siydik yo’llarini boshqa kasalliklarida organizmda yig’ilib qolgan ortiqcha suyuqlikni chiqib ketishiga ko’maklashadi. Ayni vaqtda gipertoniya kasalligida ham foydali. Ularni tarkibida osh tuzi juda kam bo’ladi. SHuning uchun gipertoniya kasalligida sabzavot va quritilmagan mevalarni ko’p iste’mol qilish yaxshi. Ateroskleroz kasalligini kelib chiqish sabablaridan biri xolesterinni organizmdagi almashinuvini buzilishi va uni qon tomirlarining devorlarida o’tirib qolishi. Vitamin C xolesterinni qondagi miqdorini kamaytirishda va ateroskleroz kasalligini taraqqiy qilishini to’xtatishda ma’lum ahamiyatga ega. SHuning uchun bu kasallikni oldini olishda vitamin C ga boy bo’lgan sabzavot va mevalarni iste’mol qilish ko’p foyda keltiradi. Demak sabzavot, mevalar va ziravorlar juda foydali ekan. Lekin doimo shunday emas. Ular mehda shirasini ajralishini ko’paytiradi. SHuning uchun pishirilmagan sabzavotlarni, ko’pchilik meva va ziravor o’simliklarni, ayniqsa nordon va achchiq meva va o’simliklarni mehda-o’n ikki barmoq ichak yara hamda mehda shirasida kislotalikni ko’payishi bilan o’tadigan gastrit kasalliklarini kuchaygan vaqtida iste’mol qilish to’g’ri kelmaydi. Nordon mevalar, achchiq 16 ziravorlarni yana jigar, o’t qo’i va buyrak kasalliklarida ham iste’mol qilib bo’lmaydi. Aks holda kasallik kuchayadi, og’riq zo’rayadi va bemorni ahvoli og’irlashadi. Bunday misollarni ko’p keltirish mumkin. O’zbekiston foydali o’simliklari fanining o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: Xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llaniladigan foydali o’simliklar turlarini o’rganish. Tabiiy sharoitda yo’qolib ketish xavfi bo’lgan va kamayib ketayotgan noyob o’simliklarni muhofaza qilish. Respublikamizda yovvoyi holda o’sadigan o’simliklardan oqilona foydalanish. Foydali o’simliklar xazinasini boyitish maqsadida yangi o’simlik turlarini izlab topish va ulardan samarali foydalanish. O’zbekiston foydali o’simliklari fani o’z oldiga qo’ygan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oladi: 1. Xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llaniladigan foydali o’simliklar turlari o’rganiladi. 2. Foydali o’simliklar turlarini asrab qolish va sug’oriladigan yerlarda o’stirish tadbirlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. 3. Foydali o’simliklarning tabiiy maydonlarini izlab topish, zahirasini aniqlash, ularni yig’ish, quritish, saqlash va transportda jo’natish tadbirlari ishlab chiqiladi. 4. O’simliklarni madaniylashtirish va iqlimlashtirish ishlari tashkil qilinadi va amalga oshiriladi. O’zbekiston foydali o’simliklarini foydali xususiyatlari va ishlatilishiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1.Oziq-ovqat o’simliklari; 2.Sabzavot-poliz o’simliklari; 3.Ziravor o’simliklar; 4.Dorivor o’simliklar; 5.Vitaminli o’simliklar; 6. Saponinli o’simliklar; 7.Manzarali o’simliklar; 8.Narkotik o’simliklar; 9.Asal beruvchi o’simliklar; 10.Bo’yoq beruvchi o’simliklar; 11.Efir moyli o’simliklar; 12.Tolali o’simliklar; 13.Oshlovchi moddali o’simliklar; 14.Moyli o’simliklar; 15.Em-xashak o’simliklari; 16.Madaniy o’simliklar; 17.Zaharli o’simliklar va b. O’zbekiston foydali o’simliklari fani ham barcha sohalarda bo’lganidek, boshqa fanlarning yutuqlariga tayanmasdan turib, o’zi mustaqil ravishda rivojlana olmaydi. O’z navbatida O’zbekiston foydali o’simliklari fani ham o’simlikshunoslik, botanika, farmokognoziya, agrokimyo, tuproqshunoslik, o’simliklar fiziologiyasi, o’simliklar biokimyosi, o’simliklar biotexnologiyasi, kimyo, fizika va boshqa fanlarning yutuqlariga tayangan holdagina o’z oldiga qo’ygan maqsadlarga erisha oladi. O’zbekiston foydali o’simliklari fanining biologiya yo’nalishi talabalariga o’qitiladigan barcha fanlar bilan bog’liqligi katta. O’simliklar dunyosini bilish va yaxshi o’rganishda ayniqsa kimyoviy-biologik fanlarni chuqur o’zlashtirishning ahamiyati katta. 17 Biologiya yo’nalishining birinchi va ikkinchi kurslarida o’tiladigan botanika (o’simliklar anatomiyasi va mofologiyasi, o’simliklar sistematikasi), kimyo (ayniqsa organik va analitik kimyo), ekologiya va tabiatni muhofaza qilish va boshqa fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari, chet tili) O’zbekiston foydali o’simliklari fanini o’qitishga asos bo’lsa, O’zbekiston foydali o’simliklari fanining o’zi eng muhim va qimmatbaho hisoblangan, xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlatiladigan o’simliklar va ulardan foydalanish usullari, o’simliklarni sug’oriladigan yerlarda o’stirish texnologiyasi to’g’risida batafsil ma’lumot beradi. Talabalar botanika fani orqali o’simliklarning anatomik tuzilishi va morfologik belgilarini o’rganadilar, ularning sistematik guruhlarini, tabiiy tarqalish maydonlarini bilib oladilar. Kimyo fanidan o’simliklarning kimyoviy tarkibi va kimyoviy tasnifini o’rganadilar. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanini o’qish jarayonida o’simliklarni ekologiyasi, o’simliklarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, muhofazaga muhtoj turlar haqida o’rganadilar. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’zlashtirish orqali dunyo florasiga oid turlar bilan internet ma’lumotlari orqali tanishishlari mumkin, chet tilini mukammal o’rganish orqali talabalar boshqa chet mamlakatlar florasiga mansub bo’lgan qimmatbaho o’simlik turlari haqidagi ilmiy manbalarni va ma’lumotlarni o’zlari mustaqil holda chet tilida batafsil o’qib o’rgana oladilar va h. Ma’lumki har bir fanning o’ziga xos metodlari — uslublari mavjud. O’zbekiston foydali o’simliklari fani esa nomlari yuqorida ko’rsatilgan barcha fanlarning uslublariga tayangan holdagina taraqqiy eta oladi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling