O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha mazmuni Soati 1. O’zbekistonning foydali o’simliklari
- Jami 128 68 36 32 60
ega bo’lish kerak.
Umumiy va o’quv ishlari turlari bo’yicha hajmi Fanga umumiy 106 soat ajratilgan bo’lib, shundan auditoriya mashg’ulotlari 46 soat bo’lib, semestr davomida haftasiga 3 soatdan o’tiladi. Semestr(lar) bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatning taqsimoti Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni va unga ajratilgan soatlar № Mavzular Qisqacha mazmuni Soati 1. O’zbekistonning foydali o’simliklari fani predmeti, maqsad va vazifalari. O’zbekistonning foydali o’simliklari faniga kirish, ob’ekti, predmeti, maqsadi, vazifasi, tarixi, ahamiyati, turlar tarkibi, ilmiy tadqiqot metodlari. 2 2. O’zbekiston florasi O’zbekiston florasi turlari tarkibi, o’rganilish tarixi, sistematik tarkibi, botanik – geografik ahamiyati, 2 3. Oziq – ovqat o’simliklari, sabzavot – poliz o’simliklari Oziq – ovqat, sabzavot va poliz o’simliklaridagi uglevodlar, oqsillar, yog’lar, vitaminlar, xushbo’y hidli va yoqimli ta’mli moddalar, makroelementlardan natriy, kaliy, kal’tsiy, magniy, fosfor, temir 2 Semestr Yuklama Auditoriya mashg’ulotlari turi bo’yicha o’quv yuklamasi taqsimoti (soat) Mustaqil ta’lim Jami Ma’ruza Amaliy mashg’ulot VI 128 68 36 32 60 Jami 128 68 36 32 60 7 mikroelementlardan yod, kobalt va boshqa moddalar. Dunyo miqyosida va O’zbekistonda foydalaniladigan oziq – ovqat, sabzavot va poliz o’simliklari. 4. Tolali o’simliklar Barg, poya, ildiz va urug’larda tola saqlovchi O’zbekistonda o’suvchi ayrim o’simlik turlari. Tolalarning pishiqligi, egiluvchanligi va chidamliligi. Tolalardan yigiruv, to’quv ishlarida, ip, gazlama tayyorlashda foydalanilanish. To’qimachilik sanoati. Tola saqlovchi gulxayridoshlar, zig’irdoshlar va kendirdoshlar oilalarining vakillari. 2 5. Ziravor o’simliklar Ozuqabopligi va to’yimliligi unchalik yuqori bo’lmagan, ammo yoqimli hid va ta’m saqlovchi ziravor o’simliklarning turlari tarkibi, O’zbekistonda tarqalishi. Ziravor o’simliklarning turli organlarida to’planadigan efir moylari, oshlovchi moddalar, alkaloidlar, glikozidlar va boshqa kimyoviy moddalar haqida ma’lumotlar. 2 6. Vitamin va minerallar saqlovchi o’simliklar Ko’p miqdorda turli vitaminlar saqlovchi o’simliklar, ularning turlari tarkibi, ishlab-chiqarishda foydalanilishi. Ularni odam va hayvonlar uchun bevosita vitamin manbai yoki vitaminli preparatlar tayyorlovchi sanoat uchun xom-ashyo bo’lib xizmat qilishi. Vitaminlarni o’simliklarning hujayralarida hosil bo’lishi. Ularning miqdor ko’rsatkichlari. Ayrim vitaminlarnni faqatgina muayyan bir o’simlik turida to’planishi. 2 7. Dorivor o’simliklar va ularni saqlash, qayta ishlash va foydanish O’zida odam va hayvon organizmlariga ta’sir qiluvchi biologik faol moddalarni saqlovchi dorivor o’simliklar, tibbiyota foydalanilishi. Dunyo va O’zbekiston bo’yicha tarqalishi. Xalq tabobatida foydalanilishi, arab, hind, xitoy, tibet tibbiyoti tajribalari. Ishlab chiqarish sanoati 2 8 miqyosida ishlatiladigan dorivor o’simliklar, ularni davlat reestriga kiritiladi. Ulardan turli biologik faol moddalarni (BFM) (alkaloidlar, glikozidlar, vitaminlar, achchiq moddalar, oshlovchi moddalar, polisaxaridlar, flavonoidlar, efir moylari va b.) ajratib olish va foydalanish. 8. Saponinli o’simliklar Ayrim o’simliklarning moddalar almashinuvining hosilasi hisoblangan saponin – ko’pirtiruvchi moddalar saqlaydigan o’simliklar, o'simliklarning turli organlarida saponinni to’planishi, ko'proq urug' va ildizlarida to'planishi. Ulardan sanoatning har xil tarmoqlarida, ayniqsa, to’qimachilikda shoyi hamda jun matolaridan yasalgan buyumlarni yuvuvchi vosita sifatida, rangli metallurgiyada, o’t o’chirishda va penobetonlar tayyorlashda, meditsinada siydik haydovchi, revmatizmni davolashda hamda gomeopatiyada ishlatilishi. 2 9. Moyli o’simliklar Moyli o’simliklarning turlar tarkibi, ularning turli organlarida, ayniqsa, meva hamda urug’larida ko’p miqdorda sifatli yog’ - moylarni saqlashi. Moyli o’simliklar oziq-ovqat, ozuqabop yoki texnik yog’-moyli o’simliklar bo’lishi. Bunday o’simlik turlaridan olinayotgan xom-ashyo mahsulotlarini oziq-ovqat tarmoqlari hamda texnikaning turli barcha yo’nalishlarida ishlatilishi. Dorivorlik va texnik maqsadlar uchun ishlatiladigan moyli o’simliklarning vakillaridan olinayotgan moylar ilmiy tabobatda dori-darmonlar tayyorlashda, texnikada esa detallarni moylashda foydalanilishi. 2 10. Efir moyli o’simliklar Efir moyli o’simliklar turlari tarkibi. Ilmiy tabobatda efir moylaridan tayyorlangan dori-darmonlar bilan og’riqni qoldirish, asab sistemasini tinchlantirish, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilashda ishlatilishi. Shuningdek, 2 9 balg’am ko’chiruvchi, antiseptik, bakteritsidlik, nafas olish hamda yurak ish faoliyatini tiklashda qo’llanilanilishi. Efir moyli o’simliklar turli iqlim, ekologik sharoitlarda tik mintaqalarda ham o’sishi. Ular o’simlik qoplamida jamoa dominanti, subdominant, ba’zan tsenotiplarni – archazorlar, yong’oqzorlar, shuvoqzorlarni hosil qilishi. 11. Oshlovchi moddalar saqlovchi o’simliklar Oshlovchi o’simliklar turlari tarkibi, ulardan olinayotgan tanid hamda tanin moddalari teri oshlash sanoatida, ilmiy hamda xalq tabobatida dori – darmonlar ishlab chiqarish manbai sifatida foydalanilishi. Baliqchilik sanoatida baliq ovlaydigan asbob uskunalar hamda ov to’rlariga ishlov berish, foydalanish. Tanid moddasi bilan oshlangan terilar yumshoq, egiluvchan, suvni o’tkazmaydigan va unda chirimaydigan, qotmaydigan hamda qaynatilganda titilib ketmaydigan (gidrolizga berilmaydigan) xususiyatlarga ega bo’lishi. 2 12. Manzarali o’simliklar Chiroyli, o’zidan yoqimli hidlar chiqarib yon atroflariga ifor moylaridan taratib turadigan, inson kayfiyati hamda ruhiyatini ko’taradigan manzarali bir, ikki, ko’p yillik o’tlar, butalar hamda daraxtlar haqida ma’lumot. Tik o’sayotgan salobatli daraxtlar, o’t o’simliklar hamda yotib, o’rmalab o’suvchi lianalar haqida ma’lumotlar. Ulardan shahar landshaftlarini yaratishda foydalanish . 2 13. Yem – xashak o’simliklar Yem – xashak o’simliklariga chorva mollari hamda yovvoyi hayvonlar uchun yem-xashak sifatida ishlatiladigan madaniy va yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar kiradi. Yem-xashak o’simliklariga turli hayotiy shakldagi o’simliklar misol bo’la oladi. Daraxtlar, butalar, yarim butalar, o’tlar, lishayniklar va hokazo. Masalan, keng bargli 2 10 daraxtlarning shoxchalarini yoki ignabargli daraxtlarning shoxchalarini vitaminga va ozuqaga boy yem sifatida ishlatish mumkin. Yem-xashak sifatida o’t o’simliklarning ahamiyati juda katta, birinchi navbatda ko’p yillik o’tlarning. Ayniqsa, boshoqdoshlarning (donli ekinlarning) va dukkakdoshlarning (burchoқdoshlarning) yem-xashak sifatidagi roli nihoyatda beqiyosdir. 14. Oziq-ovqat, ozuqabop va dorivor zamburug’lar Oziq-ovqat, ozuqabop va dorivor maqsadlarda foydalaniladigan zamburug’larning turlari tarkibi, dunyo va O’zbekiston miqyosida tarqalishi, ularni muhofaza qilish, madaniylashtirish, ishlab chiqarishda foydalanish. 2 15. Oziq-ovqat, ozuqabop va dorivor suvo’tlar Oziq-ovqat, ozuqabop va dorivor maqsadlarda foydalaniladigan suvo’tlarning turlari tarkibi, dunyo va O’zbekiston miqyosida tarqalishi, ularni muhofaza qilish, madaniylashtirish, ishlab chiqarishda foydalanish. 2 16. O’zbekistonda tarqalgan noyob va yo’qolib borayotgan foydali o’simliklar O’zbekistonda tarqalgan Qizil kitobga kiritilgan, degradatsiyaga uchrayotgan, muhofazaga muhtoj foydali o’simliklar, ularning turlari tarkibi, monitoringi, ko’paytirish chora tadbirlari. 2 17. O’zbekistonda tarqalgan madaniy o’simliklar turlari tarkibi O’zbekistonda tarqalgan madaniy o’simliklar turlari tarkibi monitoringi, yetishtirish usullari, zararkunandalardan himoyalash, introduksiya, sanoat va ishlab chiqarishda foydalanish. 2 18. Ishlab chiqarishda foydali o’simliklarning ahamiyati O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish va sanoatda o’simliklarning ahamiyati, iqtisoyotni rivojlantirishdagi ahamiyati. 2 Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling