O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
Donli ekinlar. CHorva molarini yuqori to’yimli ozuqa bilan tahminlashda
donli ekinlar muhim o’rinni egallaydi. Quyida yem-xashak sifatida foydalanilayotgan donli ekinlarning bir nechtasi bilan tanishtiramiz. Kuzgi javdar don ekini bo’lib, u don olish va ko’kat tayyorlash uchun ekiladi. Donni tarkibida 9,2-17% oqsil bo’ladi. Javdardan tayyorlagan ozuqalar yuqori to’yimli bo’ladi: 100 kg donida - 8,3 oqsil va 118,4 kg ozuqa birligi, 100 kg unida - 8,1 oqsil va 117,5 ozuqa birligi, 100 kg pichanida 10,1 oqsil va 79,8 kg ozuqa birligi bo’ladi. O’sish davrida to’yimliligi o’zgaradi: boshoq chiqarishdan oldin poyasida 16,0% oqsil boshoqlanishda 12,2% va gullashda 11,3% oqsil bo’ladi. Ko’k massa olish uchun javdar boshoq tortmasdan avval o’rilishi kerak. Javdar bir yillik o’simlik. Javdar bug’doyga nisbatan sovuqqa va qishga chidamli o’simlik. O’zbekistonda kuzgi javdar kuzda ekiladi. Ekish meyori 120-200 kg, ekish chuqurligi 3,5 sm. Ekish tor qatorlab yoki yoppasiga qatorlab - qator orasi 6-7 yoki 13-15 sm bo’ladi. Hosil o’rish muddati - boshoq tortish va gullash davri. Don olish uchun - dumbul pishish davrida to’la pishganda doni to’kiladi. Sug’oriladigan yerlarda kuzgi javdar oraliq ekin sifatida ko’proq ekiladi. Asosiy ekinlar hosili yig’ilgandan keyin (makkajo’xori, kartoshka, kanop, soya va boshqa ekinlar) javdar kuzda ekiladi, hosili aprelda o’rib olinadi, so’ngra rejadagi asosiy ekinlar ekiladi. O’zbekistonda Kirgizskaya-1 va Vaxshskaya-116 navlari ekiladi. Tritikale - yangi xashaki ekin bo’lib, duragay bug’doy va javdar chatishtirilganda olingan. Tritikale ham sovuqqa va qishga chidamliroq (bug’doyga nisbatan). To’yimliligi bug’doyga yaqin yoki barobar. Tiritikale o’simligi doni to’yimligi bo’yicha arpa va jo’xoriga teng (qoramol, sigir va qo’ylarni boqishda qo’llaniladi). Kasalliklarga chidamli, ko’katning tarkibida bug’doyga nisbatan 2%, javdarga nisbatan 4 % oqsil ko’p bo’ladi. Tritikale biologiyasi bo’yicha kuzgi ekin, namsevar shuning uchun suvli yerlarda ekiladi. Ko’kat hosili 15-20 t\ga, don hosili 5-8 t. O’zbekistonda Mnogozyorniy-2, Prag serebristiy, Uzor navlari ekilmoqda. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling