O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
Xashaki bug’doy - yangi o’simlik, bu yumshoq bug’doy va ko’p yillik
bug’doyiq o’t o’simligi orasidagi duragay xashaki bug’doy, morfologik va biologik belgilari bo’yicha bug’doydan farq qiladi: sovuqqa va qishgi murakkab sharoitga chidamli, kasalliklarga (zamburug’ va zang) chidamli. Xashaki bug’doy namsevar, o’rta-kechpishar o’simlik, o’rtapishar bug’doydan 10-15 kun kech pishadi. Eng 152 muhim biologik xususiyati - o’rimlardan keyin poyasi qayta o’sadi va ikki uch marta o’rib olish mumkin. Ko’kat olish uchun nay o’rash davrida o’rib olinadi. SHu muddatda o’rilsa bir mavsumda uchta o’rim etiladi. Xashaki bug’doyni avval boshog’i pishadi, so’ngra poyasi sarg’ayadi. Doni yetilganda poyasining to’yimliligi ham yuqori bo’ladi va mollarga yaxshi ozuqa bo’ladi. O’rish balandligi 7-8 sm bo’ladi. Donining tarkibida 17-19% oqsil, 40-48% kleykovena, pichani tarkibida 14-16% oqsil bo’ladi. O’zbekistonning suvli yerlarida kuzda 150-200 kg/ga urug’ ekiladi. Xashaki bug’doyning -Otrastayushaya -38 navi ekiladi. Ko’kat hosili 30-40 t/ga, pichan hosili 9-10 t\ga. Arpa - muhim xashaki donli ekin, doni tarkibida 10 % oqsil, 3,5% yog’ 70% karbon suvlari, boshoqlash davrida ko’k massasida 1,8-3,5 % oqsil bo’ladi.. Arpadan tayyorlagan ozuqalarning sifati quyidagicha: 100kg donni tarkibida 6,7 kg oqsil va 126,7 kg ozuqa birligi, 100 kg unida 7,6 kg oqsil va 118,8 ozuqa birligi, 100 kg ko’katida 9,6 kg oqsil va 70,0 kg ozuqa birligi bo’ladi. O’simlikning biologik xususiyatlari, tezpisharligi, shimoliy mintaqalarda ham ekish mumkinligi, qurg’oqchilikka chidamliligi va sho’rga chidamliligiga qarab yuqori baho olindi. SHuning uchun, ekologik qiyin bo’lgan sharoitda ham ekishga bo’ladi. N.I.Vavilov va boshqa olimlar tarafidan arpaning quyidagi kelib chiqish markazlari aniqlandi: 1. Efiopiya (Abissiniya) markazi – barcha mavjud ikki, olti qatorli arpa turlari, doni qobiqsiz, qiltiqli tur xillari mavjud.. 2. SHarqiy Osiyo (Xitoy, Koreya, Yaponiya, Tibet viloyatlari) markazi - past bo’yli, zich kalta boshoqli, kalta qiltiqli yoki qiltiqsiz shakllari, olti qatorli qiltiqli va qiltiqsiz o’simtali turhillari mavjud. 3. Old Osiyo markazi - tabiiiy sharoitda vujudga kelgan boshog’ini rangi har xil, qiltig’ini uzunligi,boshoqning zichligi va boshoq o’zagini bo’g’inlarga bo’linishi bo’yicha turli shakllari mavjud. 4. O’rta dengiz-(Janubiy Afrika, Egipet,Tunis, Aljir) Palastin, Siriyada-doni yirik, kasalikka chidamli oziq ovqatda ishlatiladigan arpa turlaridan iborat. 5. O’rta Osiyo - Tojikiston, Afgoniston, O’zbekistonda-issiqlikka, qurg’oqchilikka chidamli, kasalikka chidamsiz turlari ekilib- bu asosan yem-xashak yunalishidagi arpa hisoblanadi. 6. Ovropa - Sibir markazi-tuproqni yuqori kislotaligiga chidamli arpa turlari eqiladi, bu asosan pivo pishirish sanoatining asosiy xomashyosi hisoblanadi. 7. SHimoliy va Janubiy Amerika markazi - boshqa mintaqalardan keltirilgan turlari, bu mintaqa arpani kelib chiqishida eng yoshi hisoblanadi. Bu mintaqadagi arpa turlari yotib qolishga chidamli, erta pishar va kasalikka chidamliligi bilan ajralib turadi. Arpa ekini qadimiy ekinlardan biridir. 153 Arpaning Hordeum avlodiga juda ko’p tur kiradi, shulardan ikkitasi: 1. Hordeum - yirik donli arpa, madaniy turi va yovvoiy turi keng tarqalgan. 2. Hordeastrum - doni mayda bo’lib yovvoiy o’t holda o’sadi. Madaniy arpa – Bir yillik o’simlik, bo’yi 70 - 90 sm, poyasining yo’g’onligi 3 mm, tikka poxol’oY. Barg tilchasi va barg plastinkasi asosan tuksiz, kamdan kam tukli, tilchasi qisqa, quloqchasi katta, egilgan bo’lib, boshqa ekinlardan tubdan farq qiladi. To’pguli boshoq, boshoq o’zagining har qaysi pog’onasida 3 tadan boshoqcha joylashgan bo’lib, boshoqchasi bir gulli. Ularning hammasi hosil tugadigan yoki ikki chetidagi, yo bo’lmasa bitta chetkisi hosilsiz bo’lishi mumkin. Hammasi hosil tugadigan ko’p qatorli, o’rtasidagi bitta boshoqcha rivojlangani ikki qatorli arpa turiga deyiladi. Ikki qatorli arpaning boshog’ida chekkadagi ikkitasi rivojlanmagan urug’siz. Har bir boshoqcha ikkita boshoqcha qobig’iga ega, qisqa 1 mm gacha kamdan kam 1 mm dan katta, ustidan uzun tukli qiltiqdan iborat,gul qobig’i har hil shaklda, donni to’liq o’rab turadi, ko’pincha u bilan qo’shilib o’sadi.Tashqi qobig’idan qiltiq yoki uch bo’lakli o’simta chiqadi. Qiltig’i arra tishli, kamdan kam xolda tekis. Qobig’ining rangi har hil bo’lishi mumkin-och sariq, qoramtir, siyoxrang, kul rang, qora. Boshoq rangi va qipig’i rivojlanishi bilan ajratib turadi. Tashqi va ichki gul changchilari rivojlanib doni gul kobig’i bilan qo’langan, kamdan kam rivojlanmay po’stsiz ochiq donli bo’ladi. Doni yirik, ponasimon-yassi shaklda, qornida ariqchasi bor bo’lib, har hil rangda-sariq, kulrang, yashil, siyohrang, qora bo’ladi. O’simlik o’zidan changlanuvchi. Arpa urug’ining unib chiqishi uchun havo, suv va issiqlik talab qiladi. SHu omillar etarli bo’lganda arpaning urug’i 5-7 kunda unib chiqadi. Agarda issiqlik etarli bo’lmasa urug’lar 15-20 kunda unib chiqa boshlaydi.Urug’ni unib chiqishi uchun 48-65% suv quruq urug’ vazniga nisbatan talab qiladi. 1-3 0 S da ham urug’ni unib chiqqanini kuzatish mumkin, lekin o’timal harorat 18-25 0 S, maksimal harorat esa 28-30 0 S hisoblanadi. Urug’ni bir tekis unib chiqishiga quyidagi omillarning ahamiyati katta: suvni tanqisligi, past harorat, tuproqni zichlanishi, tuproqni qatqaloqligi, haddan tashqari namligi va urug’ni chuqur ko’milishi. Unib chiqish davrida urug’ kurtak va ildiz hosil bo’ladi. Ildiz tuproqka kirib boradi, birinchi barg esa rangsiz yu’ka qobiq bilan qo’langan, tuproq ustiga ko’tariladi. Maysalanish davri asosan uchta barg hosil bo’lishi bilan yakunlanadi. Tuplanish davri - Uchta barg hosil bo’lishi bilan tuproq ustki qatlamida poya bo’g’inlari hosil bo’la boshlaydi. Bu bo’g’indan ikkilamchi ildizlar va qo’shimcha maysalar hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan poyalar soni tuplanish darajasini ko’rsatadi. Hosildorlikni oshishiga rivojlanish sharoitining yaxshi kelishi qo’shimcha poyalarning asosiy poyadan salgina farq qilishi ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bir o’simlikda poyalar soni 1 dan 16 poyagacha uchraydi, bu bilan tup hosil bo’ladi. Tik turuvchi, yoyilib o’suvchi va oraliq shakllari bo’ladi. Naychalash davri. Bu davrda bo’g’in oraliqlari uzayadi va boshoq hosil bo’la boshlaydi. Unib chiqqandan 4-6 xafta o’tgandan so’ng naychalash davri boshlanadi. 154 Noqulay sharoitda bu davrda o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. SHu sababli o’simlik hosil to’zilish ahzolarida o’sish va rivojlanishi kechikadi. Suv tanqisligi, oziq moddasini, yorug’likni etishmovchiligi donni kamayishiga olib keladi. Boshoqlanish davri. Boshoqlanish davri eng yuqori barg tilchasidan boshoqning 1/3 yoki ½ qismi paydo bo’lganda boshlanadi. Ob-havo issiq va quruq kelganda barg tilchasidan boshoq ko’rinmasligi mumkin. Bu holat O’zbekistonnning lalmikor mintaqasida 1980 yilda kuzatilgan. Unib chiqish va boshoq tortish davri oralig’i katta intervalda davom etadi.Bu arpa naviga va tabiy geografik sharoitiga bog’liq. O’rtacha arpa uzun kun sharoitida tezroq boshoq tortadi, qisqa kunli janubiy sharoitga qaraganda. Gullash. Arpa o’zidan changlanadigan o’simlik, gullash davri boshoqni barg tilchasida joylashgan paytida bo’lib o’tadi, bu esa boshoq tortish davri bilan to’g’ri keladi. Ob-havo issiq kelsa yoki kuchli yomgir yog’sa gullar changlanmaydi, oqibatda don ola bo’ladi va 10-15% lalmikor yerlarda kuzatilgan. Ob-havoning noqulay kelishi yoppasiga gullash va qo’shimcha changlanish hollari ham kuzatilgan. Pishish davri. Donni pishish jarayoni uzoq kechadi. Donni shakllanishi 10-15 kundan keyin kechadi. Bu davr sut pishishi davri hisoblanadi, bunda don namligi 60-80% ni tashkil etadi. Mum pishish davrida o’simlik sarg’ish rangga kiradi, doni yumshoq, tirnoqda kesiladi. Don namligi 25-30% tashkil etadi. Bu davrda o’simlikda zarur biologik jarayon kechadi. Don asosiy o’simlikdan ajraladi, ozuqa oqimi to’xtaydi, murtak o’sishdan to’xtaydi. Don unuvchanligiga ega bo’ladi. Mum pishish davri sharoitga qarab 7-15 kun davom etadi. Bundan keyin to’liq pishish davri boshlanadi. Don qattiq pishadi, shakliga, rangiga, o’lchamiga, o’z naviga xos belgilariga ega bo’ladi. Bu davrda hosilni tezda yig’ib olish talab etaladi, chunki ba’zi navlar to’kiladi yoki har hil sababga ko’ra yotib qoladi. O’sish va rivojlanish davri muhim biologik xususiyatlarni: genotipini, navlarni o’zgachaligini, atrof muhitni ta’sirini ko’rsatadigan davr. O’sish davrining amplitudasi 55-120 kunni tashkil etadi. Arpa qurg’oqchilikka chidamli ekin, suvning eng ko’p miqdorini naychalash davrida va boshoqlanishda talab qiladi. Suv tanqisligi shu davrlarda hosildorlikni sezilarli darajada kamayishiga olib keladi. O’zbekistonning lalmikor yerlarida bu holat kuzatilgan. Suvning yetishmasligi pishish davrida oziq moddaning donga kelishini to’xtashiga, donning puch bo’lishiga olib keladi. Arpa bug’doydan, don-dukkakli, yem-xashak ekinlardan bo’shagan yerlarga ekiladi. Ekish meyori bug’doyga nisbatan 10-15% ko’p bo’ladi, lalmi yerlarda gektarga 70-120 kg, suvli yerlarda 120-150 kg urug’ ekiladi. Ekish chuqurligi 4-6 sm bo’ladi. Ko’kat olish uchun boshoq tortish davrida o’riladi. O’g’itlash meyori: lalmi yerlarda - 8-10 t go’ng, 40 kg fosfor va 60 kg kaliy. Suvli yerlarda-20 t go’ng, 90-100 kg dan azot va fosfor hamda 80-100 kg kaliy. O’suv davrida 30-40 kg azot, 155 60-80 kg fosfor va 30-40 kg kaliy solish tavsiya qilinadi. Ekinlarni parvarish qilish va hosilni yig’ish ham bug’doy bilan bir-xil bo’ladi. O’zbekistonda Ayqor, Afrosiyob, Bolg’ali, Gulnoz, Zafar, Karshinskiy, Mavlono va boshqa navlar ekiladi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling