O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Jaydari no’xat issiqsevar o’simliklarga kiradi, biroq dastlabki paytlarda u 
issiqni kam talab qiladi. Urug’i 3-4°C da unib chiqa boshlaydi, 8°C da 9-10 kuni 
maysa chiqaradi. No’xat maysa chiqargandan keyin, ayniqsa, gullash va hosil tugish 
davrida issiqni ko’p talab qiladi. Bu davrda o’simlik normal rivojlanishi uchun 
harorat 20°C bo’lishi kerak. No’xatni maysalari yirik bo’lib 10-11
0
C sovuqqa 
chidaydi, voyaga etgan o’simliklar 8°C sovuqqa chidaydi. No’xat uzun kun 
o’simligidir, pishish davri 80-84 kun.
O’zbekistonda Zimiston, Lazzat va Milyutinskiy - 6 navlari ekiladi. 
Jaydari no’xatni ekish uchun shudgorga yaxshi ehtibor berish lozim. Yer 
yaxshi shudgorlansa bahorda ekin ekishdan oldin 6-8 sm chuqurlikda kultivasiya 
qilinadi, tuproq zichlashib ketgan bo’lsa 10-12 sm chuqurlikda kultivasiya qilinadi. 
No’xat dukkakli o’simlik bo’lgani uchun eng avval fosforli o’g’itlarga ehtiyoj 
sezadi. 
Yerni kuzda shudgorlashda gektariga 4-5 t go’ng, 30-45 kg fosfor bilan 
aralashtirib yoki fosforni o’zi 50-60 kg don solinadi. Bahorgi ishlashda har gektariga 
30-45 kg azotli o’g’itlar solinadi.Urug’ ekishdan oldin aralashmalardan tozalanadi, 
yirik va tekislari saralab olinadi, kasalliklarga qarshi dorilanadi, maxsus tuganak 
bakteriyalardan tayyorlangan nitragin bilan ishlanadi. No’xatni martni oxiri aprelni 
boshlarida yoki kech kuzda ekish mumkin. 


157 
No’xat keng qatorlab, qator oralarini 45-60 sm qilib ekiladi. O’simliklar 
meyordagi qalinlikda bo’lishi uning bir gektar yerga 200 dan 300 mingtacha urug’ 
ekish kerak. Urug’i mayda yirikligiga qarab 3-5 dan 7–8 sm chuqurlikda ekiladi. 
Ekinlarni maysa chiqarishdan oldin va keyin boronalash va qator oralarini ikki marta 
ishlashdan iborat. 
Maysalashdan oldin qatorlar tishli, yengil yoki o’rtacha borona bilan 
ko’ndalangiga, maysalagandan keyin yengil borona bilan ishlanadi. Ekinlarni qator 
orasini ishlashda bargi bir oz so’liganda yaxshi natija beradi, ikki marta ishlov berish 
va chopiq qilish lozim. Ekinlar g’unchalaganda birinchi marta, gullaganda ikkinchi 
marta kultivasiya qilish kerak. No’xat yozning eng issiq davrida iyun va iyul 
oylarida pishadi, pishganda meva bandi va dukkaklari tez qurib qoladi. Tez o’rib 
yig’ib olinmasa hosilni ko’pi nobud bo’ladi. SHuning uchun hosilni eng qulay va 
qisqa muddatda yig’ib olish kerak. Maxsus jihozlangan SK-3, SK-5 markali 
kombaynda yig’iladi. past bo’yli va dukkagi pastda joylashgan o’simliklarni 
mexanizm yordamida yig’ishtirish qiyin bo’ladi. Don OS-1, OS-3 rusumli don 
tozalagich 
mashinalarida 
tozalanadi. 
Saralangan 
don 
yopiq, 
yaxshi 
shamollatiladigan xonalarga to’kib yoki qo’larda saqlanadi. Saqlashda namlik 12-
14% ortiq bo’lmasligi kerak. 
Soya o’simligi yem-xashak sifatida ishlatiladi. Donning tarkibida 30-52% 
oqsil, 17-27% moy, 20% karbon suvlari bo’ladi. Soyaning oqsili yuqori sifatli, suvda 
to’la eriydi, yaxshi hazm bo’ladi. Soyaning vatani - janubiy-sharqiy Osiyo, Xitoyda, 
Hindistonda, Koreya, Yaponiya, Indoneziyada ko’p tarqalgan. Yer yuzida don-
dukkakli ekinlarning orasida birinchi o’rinni egallaydi va 73,8 mln.ga maydonga 
ekiladi. O’zbekistonda bu ekinga endi ehtibor berilmoqda. Yog’ ishlab 
chiqarilmoqda. 1998 yili 10 ming ga atrofida ekilgan. Takroriy ekin sifatida ekin 
maydoni kengaytiriladi. O’zbekiston sharoitida 1,5-4,0 t/ga hosil olinadi. 
Soya Fabaceae oilasiga, Glycine L. turkumiga mansubdir. Dehqonchilikda 
soyaning bitta madaniy turi ekiladi - Glycine his’ida Max. Madaniy turi 4-ta kenja 
turlarga bo’linadi: a) koreya turi - G.ss’ korajensis Enk. b) manchjuriya turi - G.ss’ 
manshurica Enk. v) xitoy turi – G.ss’ chinensis Enk. g) hind turi – G.ss’ indica Enk. 
Bu turlar o’suv davri, tupining shakli, dukkagini, bargini kattaligi, urug’ini shakli va 
kattaligi bo’yicha farq qiladi.
Soya bahorgi o’simlik, o’suv davri 75-200 kun. Bu issiqsevar o’simlik, 8-
10°C unib chiqadi, foydali harorat yig’indisi 1700-3200°C. O’suv davrini boshlarida 
suvsizlikka chidaydi, ammo gullash va don to’lish davrida suvsizlikka bardosh 
berolmaydi. Soya yorug’sevar qisqa kun o’simligi, toza unumdor muhiti PH-6,5-7,0 
bo’lgan tuproqlarga ekiladi. 
Navlar: Orzu, Do’stlik, O’zbekiston-2, O’zbekiston-6. 
Soya g’o’za, sholi, makkajo’xori, jo’xori, kanopdan bo’shagan yerlarga 
ekiladi. Yerni tayyorlashda haydash sifatiga ehtibor beriladi, haydash chuqurligi 22-
25 sm bo’ladi. Erta bahorda borona qilinadi va ekish vaqtigacha yerni yumshoq va 


158 
toza holatda bo’lishi uchun kul’tivatsiya yoki chizel ishlatiladi. O’g’itlashda 
gektariga 10-15 t go’ng, 100 kg fosfor va 50 kg kaliy o’g’iti solinadi. Ekishdan oldin 
20-30 kg azot, ekish bilan bir vaqtda 10-15 kg N’K va o’suv davrida 30-50 kg fosfor 
solinadi. 
Soya aprel yoki iyun oylarida ekiladi, keng qatorlab, qator orasi 60-70 sm, 
o’simlik orasi 3-5 sm bo’ladi. Ekish meyori 350-500 ming dona urug’ yoki 60-100 
kg/ga urug’ ekiladi. Ekish uchun urug’ saralanadi, bir tekis, toza, unuvchanligi 
davlat andozalariga javob berishi lozim. Ekishdan oldin urug’ga bakterial o’g’it 
bilan ishlov beriladi. Nitragin ishlatilsa ildizida bakteriyalar ko’p hosil bo’ladi. 
O’suv davrida qator orasiga ishlov beriladi, 3-5 marotaba sug’oriladi. Begona 
o’tlarga qarshi ekishdan oldin 1-1,5 kg/ga treflan qo’llanadi, maysalanish davrida 
1,5-3 kg bazagran ishlatiladi. Kechpishar navlarida tez quritish uchun desikatsiya 
qilinadi, buning uchun 20 kg xlorat magniy ishlatiladi. Desikatsiya 45-55% dukak 
pishganda o’tkaziladi. Hosil don kombaynida yig’ib olinadi. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling