O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Silosbop ekinlar. Silosbop ekinlarga makkajo’xori, jo’xori, kungaboqar
sudan o’ti, xashaki karam, perko, topinambur, xashaki lavlagi kabi o’simliklarni 
kiritiladi, quyida bularning ayrimlariga qisqacha tahrif beramiz. 
Topinambur murakkabguldoshlar oilasiga mansub, ildizi o’q ildiz yaxshi 
rivojlangan, 1000 dona urug’ning vazni 7-9 g bo’ladi. Topinambur vegetativ usulda 
ko’payadi. 
Topinambur muhim silosbop ekin. Tuganakmevaning tarkibida 16-18 % 
inulin, 0,76 mg.% V
1
, 0,66 mg % C, kulida 6% bo’ladi. Mollarga ozuqa sifatida 
tuganak mevasi va ko’kati ishlatiladi. Tuganakmevani tarkibida 77,3 % suv, 2,3% 
oqsil, 0,2% yog’, 1 % to’qima, 17,9 % AEM, 1,3% kul bo’ladi. 100 kg 
tuganakmevani tarkibida 1,5 kg oqsil va 27 ozuqa birligi, 100 kg ko’katida 1,8 kg 
oqsil va 22,5 ozuqa birligi bo’ladi. Tuganak yeva va ko’katidan silos tayyorlanadi, 
bu silosni qo’y, ot, chopchqi va qoramol yaxshi yeydi. Bahorda o’sib chiqadigan 
ekinzorda chorva mollarni yaylovlatish mumkin. Tuganak mevaning hosili 20-25 
t\ga, ko’katning hosili 35-50 t\ga. Topinambur o’simligi 5-6°C sovuqqa, 
tuganakmevasi 20°C sovuqqa chidaydi. 
Xashaki karam. Brassica aleracea var ace’hata - ikki yillik o’simlik. Birinchi 
yili bargi yaxshi rivojlanadi, ikkinchi yili urug’ beradi. Ko’katni tarkibida 12-14% 
quruq modda bo’ladi, gektardan 500-600 s. ko’kat yetishtirish mumkin. 100 kg 
silosni tarkibida 16 ozuqa birligi mavjud. Xashaki karam issiqlikga talabchan emas, 
5-6°C da unib chiqadi, o’simlik 8-10°C sovuqga chidaydi. 
Xashaki karam har xil tuproqlarda yetishtiriladi, ozuqa unsurlariga talabchan. 
Xashaki karam don va don-dukkakli ekinlar o’rniga ekiladi.
Xashaki karam ikki usulda yetishtiriladi - urug’idan va ko’chat qilib. Urug’i 
bilan ekilganda erta bahorda gektariga 2,5-4,0 kg, qator orasi 60-70 sm, ekish 
chuqurligi 1,5-2,0 sm qilib ekiladi. Ko’chat isitilgan yoki sovuq ko’chat xonalarda 
yetishtiriladi. Ko’chat tayyorlash uchun gektariga 500-600 g urug’ ekiladi. Ko’chat 


159 
keng qatorlab 60-70sm, ko’chat orasi 30-40sm qilib ekiladi. O’suv davrida qator 
orasiga 2-3ta ishlov beriladi, o’toq qilinadi, sug’oriladi. Hosil kech kuzda 
yig’ishtiriladi. 
Xashaki karam takroriy ekin sifatida ham ekiladi, bunda ko’chat ekiladi. 
Ko’chat tayyorlash ekishga 3-4 hafta qolganda boshlanadi. Ko’chat balandligi 10-
15 sm bo’lganda ekiladi. Bahorda va takroriy ekilganda ekinlari bir xil 
parvarishlanadi. Hosil mashinalar yordamida o’riladi. 
Xashaki ildizmevali ekinlardan xashaki lavlagi ildizmevalilar orasida eng 
ko’p ekiladiganidir. Bir kg ildizmevaning tarkibida 9 g oqsil va 0,12 g ozuqa birligi 
bo’ladi va bir kg bargida 7 g oqsil va 0,09 ozuqa birligi mavjud. Birinchi yili 50 
tagacha barg rivojlanadi, hosilning 20-30% ini tashkil qiladi, ikkinchi yili gul va 
meva rivojlanadi. Birinchi yilining o’suv davri 3 ta davrga bo’linadi: birinchi davrda 
vegetativ organlar rivojlanadi - bu bir oy davom etadi, ikkinchi davrda ildizmeva 
shakllanadi va rivojlanadi, sutkalik o’sishi 20-30 g bo’ladi. Bu 1,5-2 oy davom etadi. 
Uchinchi davrida ildizmeva o’sishdan to’xtaydi tarkibida quruq modda miqdori 
ko’payadi, qand miqdori ko’payib boradi - bu bir oy davom etadi. Urug’ 2-5°C una 
boshlaydi, maysa 4-5°C sovuqga chidaydi. Muqobil harorat 18-20°C. Namsevar, 
yorug’sevar, uzun kun o’simligi. 1t ildizmeva va barg hosil qilish uchun sarflanadi: 
azot 2,5-3 kg, fosfor 1 kg, kaliy 5 kg. Yer tanlaydigan ekin, unumdor, yumshoq 
yerlarga ‘H - 6,2 - 7,5. 
O’g’itlash meyori 30-40 t go’ng, 30-45 kg dan azot, fosfor, kaliy. Ekish bilan 
bir vaqtda 8-10 kg azot, 15-20 kg fosfor va 10-12 kg kaliy sarflanadi.
O’zbekistonda mart oyida ekiladi, keng qatorlab, qator orasi 45-60 sm, ekish 
meyori 16-20 kg\ga, ekish chuqurligi 3-4 sm. Qatqaloqga qarshi borona yurgiziladi, 
qator orasi 2-3 marta kultivasiya qilinadi, yagona qilib gektariga 80 ming tup 
o’simlik qoldiriladi. 3-6 martagacha sug’oriladi, bargi sarg’ayganda hosil yig’iladi. 
Ildizmeva maxsus tayyorlangan joylarda saqlanadi. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling