O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Xashaki sabzi - muhim, yuqori to’yimli ildizmevali o’simlik. Ildizmevaning 
tarkibida 13% quruq modda va 9,1% karbon suvlari bo’ladi. 1kg ildizmevaning 
tarkibida 7 g oqsil, 0,14 ozuqa birligi, 0,6 g kalsiy va 0,5 g fosfor va 40-250 mg 
karotin bo’ladi. 1 kg bargining tarkibida 23 g oqsil va 0,17 ozuqa birligi mavjud. 
Qurg’oqchilikka chidamli, namni maysalanish davrida ko’proq talab qiladi. 
Urug’i 3-4°C unib chiqadi, maysasi 6-8°C chidaydi. Muqobil harorat 18-20°C. 
Yorug’sevar uzun kun o’simligi. Bir tonna ildizmeva hosil qilish uchun 3,5 kg azot, 
1,5 kg fosfor va 7 kg kaliy sarflanadi. Sabzi unumdor tuproqlarni talab qiladi. 
Xashaki sabzi kuzgi don, don-dukkakli, kartoshka va karamdan bo’shagan 
yerlarga ekiladi. O’g’itlash meyori 20-40 t\ga go’ng, 45-60 kg azot, 30-45 kg fosfor 
va 60-90 kg kaliy solinadi. Erta bahorda ekiladi, ekish tizimi 45x15, 50x50x20, ekish 
meyori 5-6 kg\ga, ekish chuqurligi 5-6 sm bo’ladi. Ekilgandan keyin qatqaloqqa 
qarshi borona qilinadi. Begona o’tlarga qarshi ‘rometrin -1,5 kg, ‘ro’azin -2,5 kg, 
maysalanishdan oldin yoki 2 – 3 ta barg rivojlanganda ishlatiladi. Mexanizatsiya 


160 
yordamida yagona qilinib gektaridan 250-350 ming tup o’simlik qoldiriladi. Bargi 
sarg’ayganda ildizmeva SNU-3M mashina yordamida kovlab olinadi va maxsus 
tayyorlangan joylarda saqlanadi.
Silos va uning ahamiyati. Silos germetik usulda tayyorlanadigan shirali 
ozuqadir. Silos tayyorlashda ro’y beradigan biologik hodisa - bu sut – bijg’ish 
jarayoni. Bu jarayon o’tish uchun o’simlik tarkibida qand moddasi etarli bo’lishi 
kerak. Sut- bijg’ish jarayonida sut kislotasi hosil bo’ladi, bu silosni mag’orlab va 
chirib ketmasligidan saqlaydi. 
Silos silosbop ekinlardan tayyorlanadi - makkajo’xori, jo’xori, kungaboqar, 
sudan o’ti, xashaki karam, perko, topinambur kabi ekinlardir. 
Silosni sifati yuqori bo’lishi uchun eng muqobil muddatda o’rish lozim. 
Ko’pchilik silosbop ekinlar gullash-sut-dumbul pishish davrida o’riladi. Yem-
xashak o’tlar boshoqlanish davrida, don-dondukkakli ekinlar pastki dukkaklar 
yetilganda o’riladi. O’rish muddati (yoki rivojlanish davri) silosning sifatiga ta’sir 
qiladi. 
Silosbop ko’kat 2 - 12 sm maydalanadi. Bu ko’katning namligiga bog’liq. 
Silosbop ko’katning namligi 70-75% namlik meyoridan ortiq bo’lsa somon 
yoki pichan qo’shiladi, namlik meyoridan kam bo’lsa shirali ozuqalar qo’shiladi 
(tuganakmevalilar, xashaki poliz ekinlar, ildizmevalilar). 
Silos maxsus qurilmalarda saqlanadi - bu zavodda ishlab chiqiladigan maxsus 
BS-16, BS-24 minoralar (bashni) yoki qazilmalar (transheya). Silos tarkibida ko’kat 
miqdori kam bo’lsa transheyada, ko’p bo’lsa minoralarda saqlanadi. 
Silosni va senajni sifati yuqori bo’lishida oradagi havo chiqib ketishi uchun 
ko’kat zichlashtiriladi. Usti havo, suv o’tmaydigan qilib germetik usulda yopiladi. 
Silos uchun ma’lum darajada issiqlik talab qilinadi. Silosni harorati 37 °C bo’lishi 
kerak. 
Silos sut ko’paytiradigan ozuqa.
Silosni bir yil saqlash mumkin. Silosni sifatini tuz, organik moddalar
vitaminli un, oqsilli moddalar solinib oshiriladi.Silos sifatiga Davlat andozalari 
mavjud. Bu ozuqalar sifati buzilganda qorayib va hidi noxush bo’lib qoladi, bu 
holatda mollarga berish mumkin yemas.
Qish oylarida chorva mollarini to’yimli, shirali ozuqa bilan tahminlash uchun 
senaj tayyorlanadi. Senaj tayyorlashda ro’y beradigan biologik hodisa - fiziologik 
quruqlik, senajining namligi, o’rtacha 50% buladi, bu namlikda mog’or zamburugi 
va chirish bakteriyalari rivojlanmaydi. 
Senaj - o’rib so’litilgan ko’p va bir yillik o’tlardan germetik usulda namligi 
50-55% bo’lgan yuqori sifatli oziqadir. Senajning sifati o’tlarni o’rish muddatiga 
bog’liqdir. Umuman dukkakli o’tlar shonalash davrida, qo’ng’irboshli o’tlar gullash 
davrida o’riladi. 
Senaj ham silos saqlanadigan inshootlarda tayyorlanadi va saqlanadi. Senaj 
uchun minoralar qulaydir. Senaj tayyorlash tartibi - o’tlar muqobil davrda o’riladi, 


161 
maydalanadi, inshootlarda traktor yordamida zichlashtiriladi. Minoralarda maxsus 
zichlashtiradigan moslamalar bor. Transheyalarning usti germetik usulda yopiladi. 
Senajni suv va havodan saqlash kerak. Senaj qish oylarida ko’katning o’rnida 
qo’llanadi. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling