O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Suli - bir yillik yem-xashak uchun ekiladigan donli ekin. Doni tarkibida 12-
13 % oqsil, 40-45% kraxmal va 4-5% yog’ bo’ladi. Sulidan tayyorlangan ozuqalarni 
to’yimliligi quyidagicha: 100 kg donida 6,2 kg oqsil va 100 kg ozuqa birligi, 100 kg 
unida 7,2 va 95,5 kg, 100 kg pichanida 3 kg oqsil, 83,7 ozuqa birligi bo’ladi. 
Suli yer yuzida keng tarqalgan ekin. O’sish davri 98-110 kun, sovuqqa 
chidamli, issiqlikni ko’p talab qilmaydi, tuproq tanlamaydi 1t don yetishtirish uchun 
2,4-2,8 kg azot, 0, 9-1,0 kg fosfor va 2-5 kg kaliy sarflanadi. 
Suli biologiyasi bo’yicha bahorgi ekin, ammo qishlab chiqadigan shakllari 
bor, shuning uchun O’zbekistonda suli bahorda va kuzda ekiladi. Lalmi yerlarda 
bahorda 90-100 kg, kuzda 110-130 kg, suvli yerlarda 150-200 kg urug’ ekiladi. 
Kuzda ekilgan suli ko’pincha vika o’simligi bilan qo’shib ekiladi, bu xolda vikaning 
ekish meyori 120 kg suliniki 60 kg bo’ladi. 
Suli navlaridan Do’stlik-85, Tashkent-1, Uspex, Uzbekskiy shirokolistniy 
ekilmoqda. 
Don-dukkakli ekinlar. Dukkakli don ekinlari dukkakdoshlar oilasiga 
mansub bo’lib, bu guruhga no’xat, yasmiq, ko’k no’xat, soya, loviya, mosh, vika, 
oddiy no’xat va lyupin o’simliklari kiradi. Dukkakli don ekinlarining eng avvalo, 
doni, poyasi va barglari tarkibidagi oqsil miqdori ko’pligi bilan belgilanadi. Bu 
ekinlarni ko’pchiligini doni tarkibida 20-30% oqsil bor. Bu gpalla ekinlari donidagi 
oqsilga qaraganda 2-3 marta ko’pdir. Soya doni tarkibida 35-52% oqsil va -17-27% 
moy ham bo’ladi. Bu ekinlarning doni tarkibida A, B, B
2
, C, D, E, PP va boshqa 
vitaminlar bor. Bu ularning oziq-ovqatlik va yem-xashaklik qimmatini yanada 
oshiradi. Bu dukkakli ekin donidan tashqari, poyasidan to’yimli pichan, silos, 
xashaki un tayyorlanadi. poxoli tarkibida 8-15% oqsil bo’lib, bu gpalla ekinlar 
poxolidan 3-5 marta ortiq. 
Ko’pchilik dukkakli ekinlarnig doni yem sifatida ishlatiladi. Dukkakli don 
ekinlari azot to’plovchi o’simliklardir, tuganak bakteriyalari orqali dukkakli don 
o’simliklari har gektar yerga 50-100 kg havodan azot to’plashi aniqlangan. No’xat, 
mosh va lyupinning ildizi qiyin yeriydigan fosforli birikmalarni o’zlashtira oladi. 
Don dukkakli ekinlarining ko’pi: kuzgi no’xat, mosh, vika, soya, lyupin, 
ko’kat o’g’it sifatida ishlatiladi. Bularni ko’pincha tuproqga qo’shib xaydab 
yuborilsa, yerni organik moddalar va azotga boyitadi. Bu esa keyingi ekinlarni 
hosilini ancha oshiradi. Mustaqil Respublikamizni sug’oriladigan yerlarida har 
gektar yerga 20-30 tonna ko’katni tuproqqa aralashtirib haydab yuborilganda, azot 
miqdori gektariga 140-200 kg/ga etgan, hosil esa 30-50% ortgan. SHunday qilib
dukkakli don ekinlar tuproqning unumdorligini oshirishga, sug’oriladigan yerlardan 


156 
unumli foydalanilgan va o’simliklarni umumiy mahsuldorligini oshirishga yordam 
beradi. 
Dukkakli - don ekinlari Hindiston, Xitoy va Amerikada keng tarqalgan. 
Respublikamizda dukkakli - don ekinlari 1998 yili 22,2 ming/ga atrofida ekildi. 
O’zbekistonda ko’proq mosh, jaydari no’xat, soya, oddiy no’xat, loviya ekiladi. 
No’xat qimmatli oziq-ovqat va xashaki o’simlikdir.Uning doni tarkibida 
o’rtacha 19-30% oqsil, 4-7% moy, 46-60% kraxmal, vitamin, turli mineral tuzlar va 
ovqat hazm qilishga yordam beradigan eng muhim aminokislotalar bor. 
No’xat chorva mollari uchun ham to’yimli ozuqadir. U mollarga yorma holda 
yoki maydalab beriladi. Odatda mollarga qoramtir, tarkibida oqsil ko’p bo’lgan 
navlar doni beriladi. No’xatni ko’kati va poxoli mollarga berib bo’lmaydi, chunki 
uni tarkibida (barglarida) juda ko’p organik kislotalar bor, poxoli esa juda dag’al 
bo’ladi. No’xat qurg’oqchilikka chidamli o’simlik, shuning uchun ko’proq lalmikor 
yerlarga ekiladi. No’xat azot to’plovchi ekin sifatida tuproqni azotga boyitadi, don 
ekinlaridan oldin ekilganda yerni begona o’tlardan tozalash yaxshi natija beradi. 
Qo’ng’izdan zararlanmaydi. No’xat qadimgi ekin hisoblanadi.
No’xat O’rta va Kichik Osiyodan kelib chiqqan. Hindiston va Pokistonda 
ko’p ekiladi. 
No’xat dunyo bo’yicha 10 mln/ga ortiqroq yerga ekiladi. O’zbekistonda 2 
ming/ga ortiqroq yerga ekiladi, hosildorligi o’rtacha lalmi yerlarda 8-10 t/ga ni, 
sug’oriladigan yerlarda 30-32 t/ga ni tashkil etadi. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling