O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
Sholg’om (Brassica campestres) - karamdoshlar yoki butgullilar oilasiga
mansub ikki yillik o’simlik. Birinchi yilgi to’pbargi kichik, barglari yer bag’irlab o’sadi, patsimon, ildizmevasi yassi yoki yumaloq-yassi, rangi oq, qizil, sariq, binafsha, eti oq yoki sariq bo’ladi. Ikkinchi yili gulpoya chiqaradi. Guli to’rt tojbargli, chetdan changlanadi, gultuplami – shingil. SHolg’om turneps, bryukva va surepka bilan oson chatishadi. Mevasi quzoq. Urug’i urug’lik sholg’om o’tqazilgandan keyin 60-70 kunda yetiladi. Urug’i mayda, yumaloq, och yoki to’q qo’ng’ir rangda. Urug’ining 1000 tasi 1-2 gramm. Unuvchanligi birinchi klass urug’larida 95 % dan yuqori va 4-5 yilgacha saqlaydi. O’zbekistonda sholg’omning mahalliy Namanganskaya mestnaya va Samarkandskaya mestnaya navlari rayonlashtirilgan va keng tarqalgan. Namanganskaya mestnaya – ertapishar nav. Ildizmevasi katta emas, yassi shaklda, sersuv, shirin. po’sti ko’ndalang, taram-taram, silliq emas. Rangi asosan oq, lekin sariqlari ham uchraydi. Hosildorligi o’rtacha (70-80 s/ga). Samarkandskaya mestnaya – o’rtapishar nav. Ildizmevasi yirik, yassi yoki yumaloq-yassi, eti oq, juda zich-qattiq, o’sib ketganda yog’ochlanib qoladi, po’sti ko’ndalang, taram-taram. Hosildorligi o’rtacha (70-85 s.ga). Petrushka (Petroselinum hortense Hoffm) - soyabongullilar yoki seldereysimonlar oilasiga mansub, ikki yillik o’simlik bo’lib, bargi yoki ildizmevasi iste’mol qilinadi. Ildizli petrushka navlarining ildizi yo’g’onlashib, konussimon ildizmeva hosil qiladi. Bargli petrushkaning ildizi yo’g’onlashmaydi, ovqatga faqat bargi ishlatiladi. Bargida 240 mg % gacha C vitamin bo’ladi. Urug’idan ekilgan petrushka birinchi yili uchtalik patsimon tup¬barg, chetlari tishli barg hamda ildizmeva hosil qiladi. petrushka ekilgach, 120-150 kunda pishadi. Ildizmevalari yerda qishlaydi yoki kovlanib, omborxonalarda saqlanib, bahorda qayta dalaga 54 o’tqaziladi. Tuproqqa o’tqazilgan ildizmevalar gulpoya, gul, meva va urug’lar hosil qiladi. Gulto’plami – soyabon. Gullari ikki jinsli, mayda, beshta sariq gultojbargli. O’simlik chetdan hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi qo’sh urug’dan iborat. Urug’i oval, mayda, qirrali, kulrang-yashil, 1000 tasi 1,2-1,8 gramm, unuvchanligi 1-klass urug’laridan 70 % dan ziyod bo’lib, 3-4 yil saqlanadi. Petrushkaning quyidagi Saxarnaya, Bordovikskaya, Listovaya obiknovennaya navlari ko’p tarqalgan. Ildizli petrushkaning Saxarnaya navi – tezpishar, hosildorligi yuqori (160-200 s.ga). ildizmevasi uzunchoq – konussimon, uchi o’tkir, kulrang oq, vazni 150 gramm. Uzoq saqlanmaydi. Bordovikskaya navi – kechpishar, uzun-tsilindrsimon, oq rangda bo’lib, yaxshi saqlanadi. Bargli petrushkaning Listovaya obiknovennaya navi tezpishar, yuqori hosilli bo’lib, juda ko’p (50 ta va undan ortiq) yirik bargli to’pbarg hamda yeb bo’lmaydigan shoxlangan, yog’ochsimon ildizmeva hosil qiladi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling