O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tomatdosh sabzavot ekinlar vakillari va ularning ahamiyati.
Selderey (A’ium graveolens) - soyabongullilar yoki selderey-simonlar
oilasiga kiradi. Seldereyning 3 ta: ildizmevali, bandli va bargli xillari mavjud. Ildizmevali selderey birinchi yil is¬tehmolga yaroqli yumaloq ildizmeva va to’pbarg hosil qiladi. Bandli selderey o’simligining yo’g’on barg bandi ovqatga ishlatiladi. Bargli selderey barra hosil qiladi. Bizda asosan ildizmevali selderey o’stiriladi. O’suv davri uzun bo’lib 150-200 kunni tashkil etadi. Selderey urug’i juda mayda bo’lib, sekin bo’rtadi, unib chiqadi (15-20 kunda), hamda maysalari ham sekin o’sadi. SHuning uchun uni odatda, parniklarda o’stirilgan ko’chatlardan ko’paytiradilar. Selderey hayotining ikkinchi yili gulpoya hosil qiladi. Gulto’plami murakkab soyabon. Guli ikki jinsli bo’lib, chetdan hasharotlar yordamida changlanadi. 1000 ta urug’ vazni 0,35-0,5 garmm. Unuvchanligi 1 klass urug’larida 75 %. Selderey sovuqqa chidamli o’simlik, tuproq unumdorligiga talabchan. CHunki unumdor, oziq elementlarga boy tuproqlarda yaxshi o’sadi. O’zbekistonda ildizmevali seldereyning Yablochniy navi ekiladi. Bu nav tezpishar, hosildor (200 s.ga va ziyod). Ildizmevasi yumaloq va yumaloq-yassi, yirik vazni 200-300 gramm. To’pbargi katta emas, yarim tarqoq. U 15-26 ta uzunligi 24- 45 sm gacha to’q-yashil bargdan iborat. Ildizmeva tarkibida 14,4-18,7 % quruq modda, 1,1-3,9 % shakar, 11,0-16,8 mg% C vitamin, bargida esa 11,4-14,1 % quruq modda, 1,6-2,5 % shakar, 25-51 mg% C vitamini hamda 2,9-3,0 mg % karotin bor. Tomatdosh sabzavot ekinlar vakillari va ularning ahamiyati. Sabzavot- poliz ekinlarining tomatdosh sabzavot ekinlar vakillariga tomatdoshlar oilasiga mansub – pomidor, qalampir, boyimjon va fizalis kiradi. Bular issiqqa, namlikka va tuproqdagi oziq moddalarga talabchanligi, o’suv davrining uzoq davom etishi bilan xarakterlanadi. SHuning uchun asosan janub ekini bo’lib, bizda keng ekiladi. Pomidor - eng muhim va qimmatli sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. Uning pishgan mevasi nihoyatda lazzatliligi, parxezliligi bilan ajralib, tarkibida turli vitaminlar, mineral tuzlar, organik kislotalar va uglevodlar saqlaydi. pomidor qizil mevasining biokimyoviy tarkibi quyidagicha (ho’l vazniga nisbatan, %): quruq 55 modda – 0,6-6,6; oqsil – 0,95-1,0; shakar – 4,0-5,0; moylar – 0,2-0,3; sellyuloza – 0,8-0,9; kul – 0,6; organik (olma, limon) kislotalar – 0,5; vitamin S askorbin kislota) – 19-35 mg.%; karotin (provitamin A) – 0,2-2 mg.%; tiamin (B1) – 0,3-1,6 mg.%; riboflavin (B2)- 1,5-6 mg.%; Lekin, pomidor mevasining tarkibi o’zgaruvchan bo’lib, u ekin naviga, mevalarning pishish darajasiga, hosilni yig’ish muddatiga, o’stirish sharoiti va texnologiyasi kabi omillarga bog’liq. Eng shirin, sifatli, lazzatli, shifobaxsh hamda kaloriyali (215 kaloriya 1 kg mevada) hosil bizda yetishtiriladi. Pomidor yangiligicha, tuzlangan va marinovkalangan holda iste’mol qilinadi. U konserva (qayta ishlash) sanoati uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. pomidor mevalari terib olingach, yetilish xususiyati va uzoq saqlashga chidamli. SHuning uchun uni iste’mol qilish muddatini hosil yig’ib olingach yana 1,0-1,5 oyga uzaytirish mumkin. Pomidor shirasini qaynatib tayyorlangan tomat-’yure, tomat-pasta, tomat sharbati (soki) qimmatli oziq-ovqat mahsulotlaridan hisoblanadi. CHunki, bunday pomidor mevasi mahsulotlarida vitaminlar to’liq saqlanib qoladi. Bizda pomidor pishgan mevalari oftobda quritilib, qoqi ham olinadi. pomidor qayta ishlangach, undan qolgan chiqindilar, tarkibida 17-29% gacha moyi bo’lgan urug’lari iste’mol qilishga yaroqli pomidor moyi olishga, kunjarasi esa chorva mollari uchun oziqa va o’g’it sifatida foydalaniladi. Poyasi naviga qarab, yotib yoki tik o’sadigan bo’lishi mumkin. poyasi tik o’sadigan navlar oziqlanish maydonining katta bo’lishini talab qilmay, ularni mexanizatsiya yordamida parvarishlash oson. Naviga qarab, poyasining balandligi ham o’zgarishi mumkin. Baland bo’yli pomidor navlari ko’pincha kechpishar bo’ladi va meva shoxlarining siyrak – 2-3 ta bargdan keyin joylanishi bilan farq qiladi. SHu sababli baland bo’yli navlarning hosil berish davri chopzilib ketadi. past bo’yli navlar 1-2 ta bargdan keyin, to’pgulining g’uj joylashganligi, tezpisharligi va ommaviy meva tugishi, bir vaqtda pishishi bilan xarakterlidir; Bargi o’simlikning naviga qarab, turlicha kesimli, shakli va sathining tuzilishi ham har xil (silliq yoki g’adir-budur) bo’lishi mumkin; Mevasining yirikligi. Mevasining og’irligi 70 g gacha bo’lganlari mayda mevali, 70-100 g gacha bo’lganlari o’rtacha, 100 g dan yuqorilari yirik mevali navlar hisoblanadi. Faqat yangiligida is-tehmol qilinadigan navlarining mevalari ancha yirik bo’lgani yaxshi. Konserva qilinadigan navlar mevasi yirik bo’lishining ahamiyati yo’q. Tuzlash va konservalash uchun esa mevasi mayda pomidor navlari maqsadga muvofiq; Mevaning shakli o’simlikning naviga qarab yumaloq-yassi, yumaloq, olxo’risimon yoki noksimon bo’lishi mumkin; mevaning rangi po’stining va u orqali ko’rinib turadigan etining rangiga bog’liq. Rangi qizil, pushti yoki ana shu ranglarning turlicha tuslari aralashgan sarg’ish bo’lishi mumkin. Qizil mevali navlar 56 vitamin A (karotin) ga boy bo’ladi. pushti va ayniqsa sariq mevali navlarida bu vitamin deyarli bo’lmaydi; Respublikamizda pomidorning ertapishar Talalixin-186, Temnokrasniy 2077; o’rtatezpishar Peremoga-165, Vostok-36, Progressivniy, Raketa, O’zbekiston-178, Surxon-142; o’rtapishar Volgogradskiy 5/95, TMK-22, Novinka ‘ridnestrovya, Bohodir, Ronko, Riogrande, Riofuego navlari hamda Briksi F1, Sulton F1, Kaltlrok, So’rano F1, Superstreyn duragaylari, o’rtakechpishar Oktabr 60, Yusupovskiy navlarini ekish maqsadga muvofiqdir. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling