O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Tarvuz – keng tarqalgan poliz ekinidir. Uning bir qancha turlari bo’lib, eng 
ahamiyatlisi xo’raki (Citrullis edulus ‘ang.) va xashaki tarvuzdir. Bundan tashqari, 
taxir mazali kolotsint – (C. colocynthis), gajjaksiz (C.ecirrhosus) va Nozena (C. 
naudinianus) yovvoyi turlari bo’lib, ular selektsiya maqsadlarida, issiqqa, 
qurg’oqchilikka va kasalliklarga chidamli navlar yaratishda foydalaniladi. 
O’zbekistonda ekiladigan tarvuz navlari O’rta Osiyo ekologo-geografik 
guruhiga mansub bo’lib, ular morfologik belgilari, biologik va xo’jalik xususiyatlari 
bilan bir-biridan farq qiladi. 
Qovun – poliz ekinlari ichida eng keng tarqalgan bo’lib, Cucumis avlodiga 
mansub. Bu avlodga 40 ga yaqin tur kirib, ular ichida madaniylashgani ekiladigan 
qovun (Cucumis melo L.) va bodringdir (Cucumis sativus L.). A.I. Filov Cucumis 
melo qovun turini 7 ta ekologo-geografik guruhga yoki kenja turga bo’ladi: shundan 
madaniy qovunlar 3 ta – Yevropa O’rta Osiyo va kichik Osiyo qovunlari; yarim 
madaniy qovunlar 3 ta – ilonsimon, xitoy va hidli qovunlar va yovvoyi bitta kenja 
tur – begona o’t holida o’suvchi qovunlar. 
O’zbekistonda ekiladigan qovun navlari O’rta Osiyo kenja turiga mansub 
bo’lib, ular ham o’z navbatida 5 xilga bo’linadi. 


59 
1. Handalaklar. 2. Yozgi eti yumshoq qovunlar.
3. 
Yozgi eti qattiq qovunlar. 
4. Kuzgi qovunlar. 5. Qishki qovunlar. 
Qovoqning – Cucurbita avlodiga kiruvchi 27 turi bo’lib, shundan faqat 6 turi 
madaniylashgan, qolganlari esa yovvoiy holda uchraydi. 
O’zbekistonda ekiladigan qovoq navlari quyidagi uchta turga mansub: qattiq 
po’stli yoki oddiy qovoq – Cucurbita pepo; yirik mevali – Cucurbita maxima va 
muskat qovoq – Cucurbita moschata.

Qattiq po’stli qovoq turi 3 ta kenja turga bo’linadi: palak yoza-digan; palak 
yozmaydigan va mayda mevali. Yirik mevali qovoq turi 4 ta kenja turga bo’linadi: 
Yevropa-Osiyo, Janubiy Amerika, Xitoy va yovvoiy holda o’suvchi xillari. Muskat 
qovoq turi esa 6 ta kenja turga bo’linadi: Turkiston, Yapon, Hindiston, Meksika, 
Kolumbiya va Gvatemala qovoqlari. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling