O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Kanop o’simligi biologiyasi va xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
Kanop o’simligi biologiyasi va xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Kanop
qimmatli lub tolali ekin. Uning poyasida 18-24 % tola saqlanadi. Tolasi egiluvchan, mustahkam, mayin, gigrosko’ik. Bu tola qop-qanor, arqon, brezent, uy jihozlari uchun gazmollar, o’rash uchun iplar, turli arqonlar, qanorlar, mebelg’ materiallari, iplar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Kanop urug’i tarkibida 18-20% moy bo’ladi, moy, lak-bo’yoq sanoatida, sovun tayyorlashda ishlatiladi. Hindistonda lampa moyi sifatida ishlatiladi. Kanop yovvoyi holda Janubiy Afrikada uchraydi. Uning vatani Hindiston va Janubiy Afrika hisoblanadi. Kanop ko’proq Hindiston, Eron, Xitoy, Yava va Sumatra orollarida, Afrikada, Amerikada (AQSH, Braziliya, Kuba va boshqalar) ekiladi. Kanop 1915-1916 yillarda SHimoliy Kavkaz va Turkiston sinash stantsiyasida tajriba sifatida ekila boshladi. O’zbekistonda kanop sug’oriladigan yerlarda ekiladi. O’zbekistonda 1927 yildan boshlab ekib kelinadi. Kanop hozirgi vaqtda O’zbekistonda, Qirg’izistonda, SHimoliy Kavkazda ekiladi. Hozirda mamlakatimizda kanop ekiladigan maydonlar ancha qisqardi. 1999 yilda 2,5 ming gektar ekilgan, 1990 yilda kanop 15 ming gektarga ekilgan. 63 Kanop o’rtacha bir gektar yerdan 100-120 s poya va 4-5 s urug’ beradi. Lekin, yuqori agrotexnikani qo’llash natijasida, kanopdan 150-180 s ko’k poya, 8-9 s urug’ olish mumkin. Tola va urug’lik uchun ekilgan maydonlarda kanop poyasi hosili 180 s/ga va undan ortiq. Toshkent viloyatining O’rta CHirchiq tumanidagi Oxunboboev xo’jaligida har yili kanopdan 200-250 s/ga hosil olingan. Botanik tavsifi. Kanop qimmatli lub tolali ekin. Uning poyasida 18-24 % tola saqlanadi. Tolasi egiluvchan, mustahkam, mayin, gigrosko’ik. Bu tola qop-qanor, arqon, brezent, uy jihozlari uchun gazmollar, o’rash uchun iplar, turli arqonlar, qanorlar, mebelg’ materiallari, iplar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Kanop urug’i tarkibida 18-20% moy bo’ladi, moy, lak-bo’yoq sanoatida, sovun tayyorlashda ishlatiladi. Hindistonda lampa moyi sifatida ishlatiladi. Kanop yovvoyi holda Janubiy Afrikada uchraydi. Uning vatani Hindiston va Janubiy Afrika hisoblanadi. Kanop ko’proq Hindiston, Eron, Xitoy, Yava va Sumatra orollarida, Afrikada, Amerikada (AQSH, Braziliya, Kuba va boshqalar) ekiladi. Kanop 1915-1916 yillarda SHimoliy Kavkaz va Turkiston sinash stantsiyasida tajriba sifatida ekila boshladi. O’zbekistonda kanop sug’oriladigan yerlarda 1927 yildan boshlab ekib kelinadi. Kanop hozirgi vaqtda O’zbekiston, Qirg’iziston, SHimoliy Kavkazda ekiladi. Hozirda mamlakatimizda kanop ekiladigan maydonlar ancha qisqardi. 1990 yilda kanop 15 ming gektar, 1999 yilda 2,5 ming gektarga ekilgan. Haroratga talabi. Kanop issiqsevar o’simlik. Urug’lari 10-12 0 S haroratda ko’karib boshlaydi. 13-15 0 S hayotchan maysalar hosil bo’ladi. Maysalarning qiyg’os unib chiqishi harorat 20-22 0 S kuzatiladi. Sovuq 1-1,5 0 S bo’lganda maysalari, shuningdek, voyaga yetgan o’simliklar ham nobud bo’ladi. Kanopning o’sishi, yuqori hosil shakllantirishi uchun eng maqbul harorat 23-25 0 S. O’suv davrining oxirida issiqqa talabchanligi kamayadi. Urug’larni yetilishi 14-16 0 S issiqda ham o’tadi, bu davrga kelib havo nisbatan quruq bo’ladi. Yorug’likka talabi. Kanop yorug’sevar o’simlik. Tup qalinligi juda yuqori bo’lsa, yorug’lik yetishmaydi, o’simlik past bo’yli, kuchsiz bo’lib sekin o’sadi. U qisqa kunli o’simliklar guruhiga mansub – yorug’lik kuni 12 soatga qisqartirilsa, kanop tez rivojlanadi, ammo poyasi past bo’lib qoladi. Namlikka talabi. Kanop tuproq namligiga talabchan. Uning meyorida o’sib rivojlanishi, yuqori hosil to’plashi uchun eng maqbul tuproq namligi eng kam dala nam sig’imining 75-80 %. SHuning uchun kanop O’zbekistonda faqat sug’oriladigan yerlarda ekiladi. Namga eng talabchan davri uch bo’lakli barglarni hosil bo’lishigacha, poyani jadal o’sishiga to’g’ri keladi. Tuproqqa talabi. O’zbekistonda kanop unumdor tuproqlarda, daryo sohillarida bo’z, o’tloq, o’tloq-bo’z tuproqlarda ekiladi. SHo’r, qumoq, botqoqlashgan, toshloq tuproqlarda u yaxshi o’smaydi. SHo’rtob tuproqlar kanop 64 uchun yaroqsiz. O’suv davri 120-160 kun. O’zbekistonda Uzbekskiy – 1574, Uzbekskiy – 1503 navlari Davlat reestriga kiritilgan. Ozuqa moddalarga talabi. Kanop gektaridan 180-200 s poya berishi uchun tuproqdan ko’p ozuqa elementlarini o’zlashtiradi. Kanop fosforni azotga nisbatan besh barobar kam o’zlashtiradi. 1 t poya va shunga muvofiq barglar hosil qilish uchun kanop tuproqdan14 kg azot, 2,5 kg fosfor o’zlashtiradi. Kanop mahdanli va organik o’g’itlarni solishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mahdanli va organik o’g’itlarni bir vaqtda qo’llash eng yuqori natija beradi. Kanopning o’sish xususiyatlari. Kanop o’sish davrining dastlabki 30-45 kunida juda sekin o’sadi. Bu davrda uning ildiz tizimi yaxshi rivojlanadi. Keyin uning yer ustki massasi tez, bir kunda 6-10 sm o’sadi. Ensiz, lansetsimon bargining hosil bo’lishi bilan poyaning o’sishi deyarli to’xtaydi. Dastlabki rivojlanish davrida poyalar sekin o’sganda uni begona o’tlardan himoya qilish muhim ahamiyatga ega. Kanopning gullash davri davomli 6 haftagacha davom etadi. Har kuni 1-2 gul ochiladi. O’zbekiston sharoitida barg qo’ltiqlaridan ikkilamchi, uchlamchi gullar ham hosil bo’ladi va bunday holda bir kunda 5-7 gul ochiladi. Kanop o’zidan changlanadi, kam miqdorda chetdan changlanish kuzatilishi mumkin. Gullar odatda ertalab ochiladi. Havo bulutli bo’lsa gullarni ochilishi kechikadi. Gullar ochiq havoda kam bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida so’liydi va yopiladi. Gullash davri chopzilganligi uchun ko’saklar va urug’larning pishishi uzoq davom etadi. pastda joylashgan ko’saklarda urug’ pishganda poyaning yuqori qismida gullash davom etadi. Odatda gullash 80-100 kun o’tgach boshlanadi. Texnikaviy yetilishi 110-130 kunda biologik yetilish (urug’ni pishishi) 130-150 kunda kuzatiladi. Kanopni yetishtirish texnologiyasi. Kanop almashlab ekishda kuzgi bug’doy, don dukkakli ekinlardan va bedadan keyin ekiladi. Uni g’o’zadan keyin ham mumkin, chunki qator oralari ishlanadigan o’simliklardan keyin ekilganda, tuproqda begona o’t kam bo’ladi. Kanop boshlang’ich o’sish davrida sekin o’sganligi uchun begona o’tlardan toza tuproqlarni hohlaydi. Erni ekishga tayyorlash. Kanop ekish uchun yer kuzda chuqur 28-30 sm shudgor qilinadi. Erta bahorda tuproqda namni saqlab qolish va begona o’tlarni yo’qotish maqsadida kuzgi shudgorni ko’ndalangiga yoki diognaliga qarab borona qilinadi. SHudgor zichlashib ketgan yoki begona o’tlar ko’p bo’lgan maydonlarda ekishdan oldin kultivasiya yoki diskali kulg’tivatorlar yordamida ishlanadi. So’ngra borona va mola bosiladi. Kanop o’simligi kechki ekin urug’lari mayda bo’lganligi uchun ekishgacha shudgor yaxshi ishlanishi kerak. SHundagina urug’ tekis ko’miladi va maysalar yaxshi unib chiqadi. O’g’itlash. Kanop oziq moddalarga talabchan o’simlik. Gektaridan 110 s dan poya hosili olinganda u vegetatsiya davri davomida tuproqdan 120-150 kg azot, 60- 80 kg fosfor, 120-160 kg kaliy oladi. SHuning uchun kanop ekilganida mayda 65 o’g’itlar bilan bir qatorda organik o’g’it gektariga 10-15 t. Hisobida kuzgi shudgor o’tkazish davrida berish kerak. Umuman o’rtacha kanop ekiniga 90-150 kg azot, 90- 150 kg. fosfor, 50-70 kg kaliy o’g’itlari berish kerak. Mineral o’g’itlarni asosiy qismi, yahni 50-60% fosforli va 50% kaliyli o’g’itlar organik o’g’itlar bilan birga kuzgi shudgorda beriladi. Birinchi oziqlantirish maysalar paydo bo’lgandan so’ng 25-30 kun o’tgach, ikkinchi oziqlantirish esa birinchidan 20-25 kun o’tgach o’tkaziladi. O’g’it egatlar o’rtasida 5-8 sm chuqurlikda ko’miladi. Urug’ni ekishga tayyorlash. Ekish uchun saralangan zarpechak urug’laridan tozalangan I, II va III sinf urug’lar ishlatilishi kerak. Urug’ni unib chiqish darajasini oshirish maqsadida ekishdan oldin 5-8 kun oftobda qizdirish kerak. Ekish muddatlari. Kanop haroratga talabchan o’simlik. SHuning uchun tuproq temperaturasi 14-19 0 C ga yetganda ekiladi. Kanop ekish uchun qulay muddat aprel oyi hisoblanib, bunda tabiiy namda maysalar unib chiqadi. Lekin urug’lik maydonlarda kanop tola uchun ekilganida nisbatan ertaroq ekilishi kerak. Urug’lik kanop ekish uchun eng qulay muddat aprel oyining 1 chi o’n kunligi, tola olish uchun esa shu oyning ikkinchi yarim o’n kunligi hisoblanadi. Ekish usullari. Kanop keng qatorlab, qator orasi 50-60 sm qilib ekiladi. Tola olish uchun qator orasi 50 sm, lenta orasi 15 sm , yahni 50x15 sm shaklda ekiladi. Urug’ olish uchun qator orasi 60 sm qilib yakka qatorlab ekiladi. Ekish meyori. Urug’ni ekish meyori tuproq xususiyati, shuningdek ekishdan ko’zda tutilgan maqsad, poya yoki urug’ olish uchun ekilishiga qarab belgilanadi. Kanop poya olish uchun gektariga 50-55 kg urug’ sarflanadi. Bunda 1 ga yerda 1,2- 1,4 mln dona o’simlik bo’lishi kerak. Tuproqni unumdorligi pastroq, o’g’itlar kamroq beriladigan bo’lsa, urug’ni ekish meyori ham 35-40 kg kamaytiriladi va bu holda bir gektarda 0,8-1,2 mln o’simlik bo’ladi. Ekinni parvarish qilish. Kanop ekinini parvarish qilish, qatqaloqqa qarshi kurash, qator oralarini ishlash, oziqlantirish va sug’orishdan iborat. Maysa paydo bo’lguncha tuproq betida hosil bo’lgan qatqaloqni ekinlarni ko’ndalangiga qarab borona qilish bilan yo’qotiladi. Qatqaloq esa o’simlik qator orasiga ishlov berish usuli bilan yo’qotiladi. Vegetatsiya davrida hammasi bo’lib 4-5 marta kultivasiya qilinadi. Kanop suvga talabchan o’simlik. Yer ostki suvlari 1,0-1,5 m pastda joylashgan o’tloqi- botqoq tuproqlarda kanop 5-7 marta sug’oriladi. Sug’orish meyori 800-1000 m 3 /ga. Hosilni yig’ish. Kanop poyasi tola uchun texnik jihatdan yetilganda yetishtiriladi. Bunda poyaning uchki qismida lansetsimon barg paydo bo’ladi. Kanop poyasi JK-2,1 A markali o’rish mashinasida 7-8 sm balandlikda o’riladi. So’ngra po’stloqni shilish uchun LS markali mashina ishlatiladi. po’stloq (lub) poyadan shilib olingandan so’ng, 2-3 kun davomida yerga yupqa qilib yoyib quritiladi va uchlari tekislanib, har biri 8-10 kg dan bog’ qilib bog’lab, lub zavodiga to’shiriladi. Bu usulda poya ko’k bo’ladi va po’stloqni shilish qulay bo’ladi. 66 Ikkinchi kanop poyasi to’la yetilib, sariq rangga kirganida o’riladi. Bu muddatda o’rilgan poyalar poya holicha zavodga to’shiriladi va zavodda uni ivitib, so’ngra po’stloq olinadi. Urug’lik kanop pastdagi 3-4 ta ko’sakchalari qoraya boshlashi bilan yig’ib olinadi va poyalar bog’-bog’ qilib bog’lanib, yaxshi qurishi uchun bog’lar tik qilib taxlanadi. SHu holda 4-5 kun quritilgandan keyin MK-6 markali mashinada yanchiladi. Olingan urug’lar quritilib, don tozalagich mashinalarida tozalanib qo’larga solib omborlarda saqlanadi. Urug’ olingan poyalar esa zavodlarga to’shiriladi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling