O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Tolali zig’irning biologiyasi va ahamiyati
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Botanik tahrifi.
Tolali zig’irning biologiyasi va ahamiyati. Tolali zig’ir – tolasi va urug’i
uchun ekiladi. Uning tolasidan xaltalar, texnik, qoplama materiallar, brezent (las) va boshqa to’qimachilik mahsulotlari tayyorlanadi. Zig’ir tolasi paxta tolasidan ikki barobar chirishga chidamli. Uni kimyoviy tolalar bilan qo’shib ishlatish juda qulay. Tolali zig’ir poyasida 20-30 % lub tolalari saqlanadi. Urug’larida 35-42 % yaxshi quriydigan moy saqlanadi. Zig’ir moyi bo’yoq, qog’oz, elektrotexnika, meditsina, parfyumeriya, oziq-ovqat sanoatida foydalaniladi. Kunjarasida 30-35 % oqsil, 32 % gacha hazmlanadigan azotsiz ekstraktlanadigan moddalar saqlanadi va u chorva mollari, ayniqsa, bo’rdoqiga boqilayotgan qoramollar uchun yaxshi kontsentratlangan ozuqa hisoblanadi. Uning kunjarasida 1,2 o.b. va 280 g hazmlanadigan protein saqlanadi. Zig’ir urug’i meditsinada, veterinariyada keng qo’llaniladi. Tolali zig’ir hosilining 70-80 % ni zig’ir poxoli, 10-20 % urug’ (urug’lik ekinzorlarda 30 %) va 10-15 % to’pon tashkil qiladi. Tolali zig’ir Hindiston va Xitoy, Misr, Kavkaz ortining tog’li viloyatlarida eramizdan 4-5 ming yil muqaddam ekib boshlangan. Madaniy zig’ir Janubiy- G’arbiy, SHarqiy Osiyodan kelib chiqqan degan taxminlar ham bor. Jahon dehqonchiligida tolali zig’ir 1,5 mln. gektar maydonga ekiladi. U Rossiya, Qirg’iziston, Gollandiya, Frantsiya, Angliya, Germaniya, Yaponiya, AQSH, Qozog’iston, Ukraina davlatlarida ko’p ekiladi. O’zbekistonda asosan moyli zig’ir ekiladi. Tolali zig’irning o’rtacha hosildorligi 3,8 s/ga. Zig’ir tolasi yetishtirish bo’yicha Rossiya Federatsiyasi dunyoda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Botanik tahrifi. Zig’irning 2000 turi ma’lum, shundan 45 turi hamdo’stlik mamlakatlari hududida uchraydi. Ulardan ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgani bitta Linum usitatissium L - oddiy, madaniy zig’ir. Oilasi Linaceae (zig’irdoshlar). Oddiy zig’ir 5 kenja turga bo’linadi, ulardan uchtasi ahamiyatga ega. 1) O’rta yer dengizi kenja turi – Subs’. meditirranium vav. et. Ell. O’simlik past bo’yli (50 sm gacha). Gullari, ko’saklari va urug’lari yirik. 1000 urug’ vazni 10-13 g. O’rta yer dengizi mamlakatlarida ekiladi. 67 2) Oraliq kenja tur – Subs’. transitorium Ell. O’simlik bo’yi o’rtacha 50-60 sm. Gullari, ko’saklari va urug’lari o’rtacha kattalikda, 1000 urug’ vazni 6-9 g. Moyli ekin sifatida Ukraina, Qirim, Kavkazorti, Qozog’istonda tarqalgan. 3) Yevrosiyo kenja turi – Subsp.eurasiaticum vav. et. Ell. O’simlikni shoxlanishi va balandligi turlicha. Gul, ko’sak va urug’lari mayda. 1000 dona urug’ vazni 3-5 g. Eng keng tarqalgan madaniy kenja tur. Yevropa va Osiyoda ko’p ekiladi. Evrosiyo kenja turi, 4 guruhdagi tur xillarga bo’linadi. Ulardan quyidagilar ahamiyatli: 1. Tolali zig’ir (L.elongata), asosan tolasi uchun ekilgan. poyasining bo’yi 60- 175 sm, faqat yuqori qismidan shoxlanadi. Ko’saklari 2-3 ta, o’rtacha 8-10. poyasining maxhsuldor qismi, urug’ palla joylashgan joydan to’pgul hosil qiladigan birinchi shoxgacha. poyaning bu qismidan eng qimmatli tola (26-31 %) olinadi. Rangi och yashil yoki ko’k yashil. Barglari lansetsimon, bandsiz. Gullari to’g’ri, beshtalik tipda ko’k, pushti yoki oq rangli tojbarglari bor. CHangchilari to’q sariq yoki sariq, urug’chisi beshta uyali tuguncha, beshta ustunchasi bor. Mevasi besh uyali ko’sak, har bir uya yana ikkiga bo’linadi, har bir uyada bittadan urug’ joylashgan. Urug’liklar yassi, tuxumsimon shaklda, qo’ng’ir yoki jigarrang. Ildiz tizimi kuchsiz va mayda yon ildizlardan iborat, tuproqni haydalma qatlamida asosiy massasi joylashgan. Tolali zig’ir mo’tadil, sernam, yumshoq iqlimga ega mintaqalarda ekiladi. 1000 urug’i 3-6 g. Urug’lar ko’karayotganda o’z vazniga nisbatan 100-180 % suvni yutadi. 2. Oraliq zig’ir (L.intermedia) – asosan urug’i va moyi uchun ekiladi. Moyli zig’ir va tolali zig’ir o’rtasida oraliq holatga ega. poyasining bo’yi 55-65 sm, 1-2 poya hosil qiladi. Ko’saklar soni 15-25. Tola uzunligi va sifati bo’yicha tolali zig’irdan keyin turadi. Tolani chiqishi 16-18 %. 3. Moyli zig’ir (L.brevimultcaula). past bo’yli (30-50 sm), Markaziy Osiyo va Kavkazortida, xususan O’zbekistonda ko’p ekiladi. poyasining balandligi 30-45 sm, shoxlanuvchan, bitta o’simlikda 35-50 ko’sak hosil qiladi. Urug’i uchun ekiladi. Urug’ida moy miqdori 35-45 %. Tolalari qisqa, sifati past. Serquyosh, quruq issiq sharoitda yaxshi o’sadi. 4. Yotib o’suvchi zig’ir (L.’rostrata). poyalari yotib o’sadi. Gullashni boshlanishi bilan poyalar ko’tarila boshlaydi va 100 sm gacha yetadi. Kavkazortida kichik maydonlarda ekiladi. Haroratga talabi. Tolali zig’ir urug’lari 2-5 0 C da ko’karib boshlaydi, maysalari 3-5 0 C sovuqqa chidaydi. Harorat 18-22 0 S yuqori bo’lsa va kun davomida keskin o’zgarib tursa tolali zig’ir yomon o’sadi. Faol harorat yig’indisi, o’suv davrida 1000-1300 0 S talab qilinadi. O’suv davri 70-100 kun. Namlikka talabi. Tolali zig’ir – namsevar o’simlik, transpiratsiya koeffitsienti 400-450. Urug’ – g’unchalash – gullash davrida namga juda talabchan. Bu davrda tuproqdagi namlik CHDNS 70 % atrofida bo’lishi lozim. Gullash davrida tez-tez 68 yomg’ir yog’sa o’simlik yotib qolishi hamda zamburug’ kasalliklari bilan zararlanishi mumkin. Sizot suvlar yaqin joylashgan maydonlarda tolali zig’ir yaxshi o’smaydi. Yetilish davrida quruq, iliq va quyoshli ob-havo qulay. Yorug’likka talabi. Tolali zig’ir uzun kun o’simligi. Quyosh yorug’ligi kuchli bo’lganda o’simlik kuchli shoxlanadi, tolaning hosildorligini hamda sifatini pasaytiradi. Tuproqqa talabi. Zig’ir unumdor qumloq, soz mexanik tarkibli tuproqlarda yaxshi o’sadi. Eng maqbul tuproq reaktsiyasi ‘H 5,9-6,5. Tuproq chirindiga hamda o’zlashtirilishi oson bo’lgan azot, fosfor, kaliy birikmalariga boy bo’lsa, tolali zig’irning o’sishi, rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Qumli, qumoq tuproqlar zig’ir o’stirish uchun yaroqsiz. SHuningdek, og’ir loy, botqoq tuproqlar ham zig’ir yetishtirishga yaramaydi. Tolali zig’irning rivojlanishida quyidagi fazalar farqlanadi: unib chiqish, «archa», shonalash (g’unchalash), gullash va pishish. Dastlabki bir oy mobaynida tolali zig’ir sekin o’sadi. SHonalashni boshlanishi va shonalashda jadal o’sishi kuzatiladi va bir sutkada 4-5 sm o’sadi. Bu davrda oziqlanish va suv rejimi o’timal bo’lishi talab etiladi. SHonalashning oxiri va gullashning boshlanishida zig’irni o’sishi va hamda gullashni oxirida o’sishdan to’xtaydi. SHuning uchun gullashni kechiktiradigan agrotexnik usullar (suv rejimi, o’g’itlash va h.k.) tola sifatini yaxshilaydi. Qisqa, yahni 2 hafta davomida zig’ir o’suv davrida o’zlashtiradigan ozuqa moddalarni yarmini o’zlashtiradi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling