O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’p yillik manzarali o’simliklar.
Gailardiya grandiflora - murakkabguldoshlar oilasiga mansub bo’lib, o’z
ichiga 20ga yaqin bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’tsimon o’simliklarni birlashtiradi. Vatani – SHimoliy Amerika. poyalari tik, oddiy yoki shoxlangan, uzunligi o’rtacha 60 smgacha, barglari mo’l. Barglari butun yoki patsimon qirqilgan, oval yoki tuxumsimon, 5 sm dan 25 sm gacha, pastki barglari uzun bandli, tepadagilari o’troq (bandsiz). To’pguli – savatcha. Savatchaning diametri 13 sm gacha. Gulo’rni bo’rtib chiqqan, keyinchalik tsilindr shakliga kiradi. Savatcha chetidagi gullar pushtsiz, tilsimon, qizil, zarg’aldoq yoki malla rangda. Savatcha o’rtasidagi gullar — naysimon, ikki jinsli, sariq, qizg’ish-qora yoki malla rangda. Mevasi — uzaygan pistacha. pistachaning rangi oqish kulrang bo’lib, boyi 3-5 mm, pastki qismi uchli, tepa qismi tojga o’xshab kengaygan, yengil, shamol yordamida tarqalishga moslashgan. 1 g ida 450-520 dona urug’ bo’ladi. Urug’lar 2 yilgacha unuvchanligini saqlaydi. Gulchilikda G.aristata, G.pulchella turlari va ularni chatishtirish orqali olingan duragaylar keng qo’llaniladi. CHatishtirish orqali yaratilgan navlar umumiy nom bilan Gaillardia X hybrida deb ataladi. Ular istalgan gulzorni bezay oladi. Ko’p yillik manzarali o’simliklar. Ko’p yillik manzarali o’simliklar gulli manzara hosil qilishda muhim ahamiyatga egadir. O’simliklarning yer usti qismi har yili qishda nobud bo’ladi, ildizi yoki ildiz poyasi saqlanib qoladi. Bahorda esa undan yangi poyalar o’sib chiqadi. Ko’p yilliklar bir joyda bir necha yil o’sib gulzor barpo etish xarajatlari ham ancha kamayadi. 142 Bu gruppadagi o’simliklar urug’idan, ildiz va ildizpoyasidan, shuningdek, qalamcha qilib ko’paytiriladi. Ularga mansub bo’lgan shoyigulning ildizpoyasi, kartoshka gulning ildiz tugunagi ko’paytirish uchun qishda kavlab olinadi. piyozli (piyozgul, nargis, lola va boshqa), tugunakpiyozli (ilongul, zafar va boshqa) o’simliklar ham shu gruppaga mansubdir. Ko’p yillik manzarali o’simliklar juda ko’p bo’lib O’zbekiston shaharlarini ko’kalamzorlashtirishda muhim rol o’ynaydi. Ko’p yillik manzarali o’simliklari gruppasiga gulbaxmal yoki tugmachagul, akvilog, qo’qongul, xrizantemalar, moychechak, kartoshkagul, xrizantema, delg’finium, gaylardiya, gulsafsar, shoyigul, deklitra, nashagul va boshqalar kiradi. Umuman barcha ko’p yillik manzarali o’simliklar ikki gruppaga bo’linadi. SHu jumladan birinchi gruppaga mansublari qishni ochiq yerda o’tkazishi, ba’zilari usti yupqa narsa bilan berkitilganda bemalol qishdan chiqishi mumkin. Ikkinchi gruppaga mansub subtropik bo’lgan o’simliklar O’zbekiston sharoitida sovuq urib butunlay nobud bo’ladi. Ularga kartoshkagul, shoyigul va boshqa bir qancha nozik gullar kiradi. Bu xildagi o’simliklarning tugunak va ildizpoyasi qishda sovuq urmaydigan joyda saqlanishi kerak. Ko’p yillik manzarali o’simliklarning bir yillik o’simliklarga qaraganda afzalligi shundaki, ularning ko’pchiligi intensiv va uzoq vaqt ochilib turadi, ko’pda mehnat talab qilmaydi. Bir yillik o’simliklar parvarishi uchun esa har yili juda ko’p vaqt va mehnat sarflashga to’g’ri keladi. Ko’p yillik o’simliklar yaxshi parvarish qilinsa bir joyda bir necha yil ochilib turishi mumkin. SHunda ular sekin-asta bo’yiga o’sadi, ko’p ochiladi. Ko’p yillik manzarali o’tsimon o’simliklardan ma’lum bir rangda ochiladigan xillarini tanlash bir yillik o’simliklarga qaraganda ancha oson. Chunki, ko’p yillik o’simliklarni vegetativ yo’l bilan qalamchasidan, tupining bo’linishidan va parxish qilib ko’paytirish mumkin. Ko’p yillik o’simliklarning birinchi yilgi parvarish ishlari bir yillik o’simliklarning parvarishidan kam farq qiladi. Bunda asosiy farq shundaki, ko’p yillik o’simliklar urug’ini faqat bahorda emas, hatto avgustda ham ekish mumkin. Kuzda ochiladigan ko’p yillik o’simlik urug’lari esa, bahorda ekiladi. Bulardan ko’pchiligi ekilgan yiliyoq ochiladi. Bahorda yoki yozning birinchi yarmida ochiladigan ko’p yillik o’simliklar avgustda ekilishi mumkin. Yozda bevosita urug’idan o’stiriladigan o’simliklar tez avj olib, o’sib nihoyatda ko’p ochiladi. Bahorda ochiladigan o’simliklar kuzda ko’paytiriladi, yoz va kuzda ochiladiganlarini esa 6ahorda o’tqazish mumkin. Ko’p yillik o’simliklarni o’tqazishga mo’ljallangan yer parnik chirindisi, chiritilgan kom’ost bilan o’g’itlanishi kerak. CHunki bu xildagi o’simliklarni bir joyda 3—4 yil o’stiriladi. O’simliklarning keyingi parvarishi o’z vaqtida sug’orish, tagini yumshatib turish, begona o’tlardan toza tutish, o’simlik atrofini chopib yumshatishdan iborat. Kartoshkagul, xrizantema singari ba’zi bir ko’p yillik o’simliklarga tayanch-qoziq 143 kerak bo’ladi. Ma’lum uzunlikdagi tayanch-qoziq kartoshkasidan o’sib chiqqandan keyin qoqiladi. O’simlikning poyasi o’sishiga qarab qoziqqa boylab boriladi. Ba’zi bir ko’p yillik o’simliklar (korepsis, sentrantus, moychechak) poyasi gullab bo’lgandan keyin qirqib tashlanadi, CHunki bu xildagi o’simliklarning poyasi qirqilganda ularning gullash davri tezlashadi va anchaga uzayadi. Sovuqqa chidamsiz ko’p yillik o’simliklarni qishki sovuqdan saqlash uchun ularni kartoshkasi, ildizpoyasi va butun o’simlik tupi kavlab olinib, issiq binolarda saqlanadi. O’simlik kartoshkasi, ildizpoyasi (kartoshkagul, shoyigul) yerto’lada, quruq yerga ko’mib saqlanadi. Yerto’la temperaturasi + 3—5°S dan kam bo’lmasligi kerak. Butun yoz bo’yi bir joyda o’sadigan ko’p yillik o’simliklar tez-tez sug’orib turilishi kerak. Erta bahor yoki kuzda (ikki yilda bir marta) yaxshi chirigan mol go’ngi bilan qo’shimcha ravishda oziqlantiriladi. O’g’it yer yuzasidagi tuproqqa aralashtiriladi va o’simlik ildiziga xalal yetkazilmaydi. Turli xil ko’p yillik o’simliklarning bir joyda o’sib turish vaqti ham har xil. Ulardan ba’zi birlari bir joyda to’rt-besh yil o’stirilishi mumkin, sallagul singari ko’p yillik o’simliklar o’tqazilgandan 3—4 yil keyingina gulga kirib tez o’sishi, gullashi va o’sha yerda o’n yillab o’stirilishi mumkin. Ko’p yillik manzarali o’simliklar ko’proq yo’l yoqalarini, imoratlar oldini ko’kalamzorlashtirish uchun juda qo’l keladi. Ko’p yillik o’simliklar gulxonalarda, gulzorlarda, maysazor (gazon) da, istirohat bog’larida daraxtlar oralig’idagi ochiq yerlarni ko’kalamzorlashtirish uchun ham juda muhimdir. Istirohat bog’larida yorug’ tushadigan joylarda ular butalarga qaraganda ancha yaxshi manzara beradilar. Ko’p yillik o’simliklardan gulzor barpo qilishda shunga ehtibor berish kerakki, tanlangan gullar oldinma-ketin, bir tekisda to’xtovsiz ochilib tursin. Manzarali bog’dorchilikda ko’pincha chiroyli ochiladigan ko’p yillik o’tsimon suv o’tlaridan foydalaniladi. Suv o’tlariga lotus, oq nilufar, nimfoidus singarilar kiradi. Suv o’tlaridan gulsafsar ancha keng tarqalgan. Bu o’simliklar uncha chuqur bo’lmagan hovuzlarda bemalol o’sa oladi. CHunki, ildiz sistemasi hovuz tubiga tegib turishi kerak. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling