O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   152
Bog'liq
SATQ

Ba`zi 
bir 
foydali 
programmalar.WINIPCFG 

komp’yuterda IP-manzillar 
sozlanganligini kursatuvchi programma. PING - uzoqlashgan komp’yuterdan javob olish 
imkoniyatini beruvchi programma. PINGni chakirib (Windowsdan yuklab) eng yakin provayder 
adresi tanlansa, unda komp’yuter bilan bog`lanish vaktini kursatadi. 
TRACCERT. Bu programma foydalanuvchi komp’yuteridan uzoqlashgan 
komp’yutergacha utgan yullarni kursatadi. Uni ishlatish uchun uzoqdagi komp’yuter nomidan 
foydalanish kerak. Bunda xat yuborilgan manzilga etib borish uchun o`tgan yullarni ko`rish 
mumkin. 
TCP/IP tipidagi qaydnomalar.TCP/IP terminidagi qaydnomalar turli xil darajada 
tushuniladi. Quyidagi turlar bo`yicha sanab o`tamiz.
_IP(internet protokol)-o`zaro aloqadagi qaydnoma hisoblanadi. U o`z ichidagi barcha 
qaydnomalarni nomlaydi.
_TCP-transport bazali qaydnoma.
_VOP-ikkinchi qaydnomali qaydnoma (TCPdan farqlanadi).
_ARP_IP-adresdagi va ethernet adresiga muvofiq keluvchi adreslarni aniqlashda 
foydalaniladi.
_SLIP-ma’lumotlarni telefon simlari orqali uzatuvchi qaydnoma.
_PPP-ma’lumotlarni o`zaro almashinish qaydnomasi.
_FTP-fayllarni o`zaro almashinish qaydnomasi.
_RPC-yo`qolgan yoki o`chirilgan protsessorlarni boshqarish qaydnomasi.
_TFTP-uch tomonlama fayllarni uzatish qaydnomasi. 
_DNS-manzilli nomlarni shakllantirish tizimi.
_RIP-yo`naltiruvchi qaydnoma.
_SNMP-setni boshqarishni sodda qaydnomasi. 
3. Zamonaviy Mijoz-server texnologiyalari.
Mijozlar va serverlar. Internetda uzoqlashgan komp’yuterlar bilan ishlash uchun 
mijoz/server texnologiyasi qo`llaniladi. Bunda foydalanuvchi bevosita ishlayotgan komp’yuter 
(ishchi stantsiya) mijoz, asosiy ma`lumotlar va resurslar joylashgan uzoqlashgan komp’yuter esa 
server deb karaladi. Bu texnologiyaga tayanib, Internet resurslariga bemalol kirib, ulardan 
foydalanish imkoniyati paydo buldi. Bunday texnologiyani qo`llash juda oddiy. Kerak bo`lgan 
ma`lumot yoki resursga kirish uchun klient programma ishga tushiriladi va u kerakli ma`lumot 
va resurslarni aniqlashtiradi. Sungra bu programma komp’yuter tarmog`i orqali resurs va 


81 
ma`lumotlarni boshqaruvchi server programma bilan bog`lanadi. Mijoz va server orasidagi 
mulokotni qaydnomalar amalga oshiradi. Mijoz programma mijoz va server uchun bir xil 
bo`lgan amaliy programma qaydnomasiga o`tkazadi va uni uzatishni ta`minlovchi qaydnomalar 
orqali serverga uzatadi. Server esa mijoz surovini qabul kilib, mos qaydnoma orqali tegishli 
ma`lumot va resurslarni topib, tarmoq qaydnomasi asosida ularni mijoz komp’yuterga jo`natadi. 
WWW bilan bog`lik bo`lgan savollar tahlilida ham ko`pincha ikkita so`z - mijoz va server ko`p 
ishlatiladi. Mijozserver texnologiyasi WWW da ham keng foydalaniladi. Server programmasi 
Internetning xar bir xost komp’yuterlaridan olingan hujjatlarni boshqarish uchun xizmat qiladi.
WWW serverlari Internet xost komp’yuterlaridan (uzoqdagi komp’yuter) olingan WWW 
hujjatlariga kirish imkonini beradi. Mijoz programmasi WWW hujjatlarini ko`rish uchun, server 
programmasi esa Internetning xar bir xost komp’yuterlaridan olingan hujjatlarni boshqarish 
uchun xizmat qiladi. WWW mijozlari unda ishlash uchun interfeysdan foydalanadi, ya`ni 
talabnomalar yuboradi, ma`lumotlar qabul qiladi va hujjatlarni qarab chiqadi. WWW serverlari 
Internet xost komp’yuterlaridan (uzoqdagi komp’yuterlar) olingan WWW hujjatlariga kirish 
imkonini beradi.

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling