O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anonim (nomsiz) FTP server
- nic.merit.edu.
Mijoz/server texnologiyasi turli platformalarda ishlaydigan operatsion sistemalarda ham
keng qo`llanilib kelmokda. 4. Turli tipdagi fayllar bilan ishlash. Tarmoqda ma`lumotlarni uzatish sistemalari (FTP, Gopher) FTP FTP (File Transfer Protocol-fayllarni uzatish qaydnomasi) qaydnoma ma`lumotlar almashish xizmatidir. Bu xizmat orqali xar bir foydalanuvchi o`z komp’yuterida mavjud FTP programmadan foydalanib, uzoqdagi FTP server komp’yuteriga ulanishi, fayllarni uzatishi yoki o`z komp’yuteriga fayllarni qabul kilib olishi mumkin. FTP orqali fakat matnli emas, balki ikkili fayllarni (matnli bulmagan ixtiyoriy faylni) ham jo`natish va qabul kilib olish mumkin. Xatto uzoqdagi komp’yuterga anonymous (nomsiz) foydalanuvchi nomi bilan kirib, FTP serveriga (ruxsat berilgan fayllarga) yozib quyish imkoniyati mavjud. Bunday fayllar FTP-serverning maxsus incoming katalogiga yoziladi. o`z navbatida FTP server mijoz/server texnologiyasida ishlaydigan sistemadir. Ilgari FTP programmalari fakat UNIX da tuzilgan bo`lsa, xozirda FTP programmalari IBM PC komp’yuterlarining MS Windows muxitida ham bemalol ishlay oladi. Bu esa uning kulay interfeysidan foydalanishi mumkin deganidir. Xost komp’yuter katalog va fayllari bilan grafik interfeysida foydalanganda guyoki o`z katalog va fayllari bilan ishlayotgandek xis kilinadi va mijoz komp’yuteridan odatdagidek fayllar yozib olinadi. FTP mijoz programmalardan foydalanib uzoqdagi komp’yuter bilan bog`lanayotganda, avvalo, unda ro`yhatdan utish lozim. Agar sistema administratori foydalanuvchi sifatida sizni ro`yhatdan o`tkazgan bo`lsa, bunda xech qanday muammo bulmaydi va sizga berilgan xukuk (administrator urnatgan) doirasida undan bemalol, xatto lozim bo`lsa, server resurslaridan ham foydalanaverasiz. Anonim (nomsiz) FTP server. Anonim FTP server tarmoq resurslarining ko`p tarqalgan ko`rinishlaridandir. Bunday serverlar ixtiyoriy foydalanuvchini xost komp’yuteri, xatto u unda ro`yhatdan o`tmagan bo`lsa ham kirishga ruxsat beradi. Bunda foydalanuvchi nomi sifatida anonymous so`zi va sungra ixtiyoriy parol’ kiritiladi. ko`p xollarda foydalanuvchi paroli sifatida uning elektron pochta adresi kiritiladi. Anonim FTP serverlar Internet alokalarida programma mahsulotlari va boshqa ma`lumotlarni ayirboshlashda muxim rol’ uynaydi. Bunday serverlar dunyo bo`yicha joylashgan bo`lib, unda sizni amalda qiziqtirgan barcha programmalar va fayllarni topishingiz mumkin. Bunda ularning aksariyati tekinga beriladi (programma va ma`lumotlarning bepul turmasligini eslang). FTP serverlarda fayllarni, resurslarni aniqlash masalasi (albatta, siz uni manzilini avvaldan bilmasangiz) ancha murakkab. Bunga bir qancha sabablar bor. Ulardan biri FTP serverlardagi fayllar nomlari turli operatsion sistemalarda xar xil belgilanishi, FTP serverlarda tashqaridan kirishi lozim bo`lgan fayllar ro`yhati mavjud emasligi va boshqalardir. 82 Dunyo bo`yicha domenlar ro`yhatini FTP va Gopher serverlar orqali olish mumkin. Ularning manzillari nic.merit.edu. Internet connecetivity (Internet xamjamiyati) fayllari esa Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling