O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
-mavzu: Ma’lumotlar bazalari va katta xajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Katta xajmdagi ma’lumotlar (Big Data) qayta ishlash texnologiyalari Tayanch so’zlar
7-mavzu: Ma’lumotlar bazalari va katta xajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash
texnologiyalari (2 soat) Reja: 1. Ma’lumotlar bazalari va ularni yaratish modellari. 2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosiy vazifalari va xususiyatlari. 3. Katta xajmdagi ma’lumotlar (Big Data) qayta ishlash texnologiyalari Tayanch so’zlar: ma’lumot, ombor, maydon, yozuv, jadval, so’rov, forma, hisobot, maydon tipi, kata hajmdagi ma’lumot. Ma'lumotlar omborini tashkil etuvchi elementlar turli ko'rinishda bo'lishi mumkin. Eng ko'p tarqalgan va amaliyotda qo'llaniladigan ma'lumotlar matnli fayllar hisoblanadi. Chunki matnli fayllar orqali turli axborotlarni ifodalash va kompyuter xotirasida saqlash mumkin. Kompyuterlar asosidagi axborot texnologiyalarining ko'rinishlaridan biri ma'lumotlar ombori hisoblanadi. Oddiy fayllardan farqli ravishda ma'lumotlar ombori kompyuter xotirasida joylashgan axborotlarni izlash va saralashni amalga oshirish imkoniyati bor. Ma'lumotlar ombori deb, kompyuterning uzoq muddatli xotirasida saqlanayotgan axborotlar va ular ustida aniq bir ishlash usullariga imkon beradigan ma'lumotlar yig'indisiga aytiladi. Ma'lumotlar omborida turli ma'lumotlar saqlanishi mumkin. Masalan, poyezd, samolyot, avtobuslarning harakatlanish jadvali, do'kon yoki ombordagi mahsulotlarning mavjudligi haqidagi ma'lumotlar, talaba, o'qituvchi va xodimlar, shuningdek, kitoblar haqidagi ma'lumot va boshqa ma'lumotlar omboriga misol bo'la oladi. Ma'lumotlar omborini yaratish va uni ishlatish uchun shaxsiy kompyuterdan foydalanish shart emas. Masalan, shifokorning qabulxonasidagi bemorlar kartotekasini ma'lumotlar ombori 84 deb hisoblash mumkin (kartotekalar qog'ozdan yoki kartonlardan foydalanib bajarilgan bo'lishi mumkin). Masalan, shifokor kompyuterda matn fayllarni yaratishni o'rganib, bemorlar kartotekalarini bir nechta fayllarda yozib «kompyuterli» ma'lumotlar omborini hosil qilishi mumkin. Albatta, bunday ma'lumotlar omboridan foydalanilganda bemorlarni hisobga olish va kerakli huijatlarni tayyorlash (bemorga ma'lumotnoma berish, retsept yozish va h.k.) ancha tez bajariladi. Ma'lumotlar omborini axborotlarni kompyuterlashgan shakldagi alohida yig'indisi deb tushunish mumkin. Biror kutubxonadagi barcha kitoblar yoki butun dunyoda chiqayotgan jurnallardagi matematik tadqiqotlar haqidagi barcha maqolalar ro'yxatining jamlanishi ma'lumotlar omboriga misol bo'lishi mumkin. Yer yuzida keng foydalanilayotgan mavjud 3000 ma'lumotlar omborlaridan ko'p qismini xususiy kompyuterlarda yaratilgan. Ular omborlarda qanday ma'lumotlarni saqlash, axborotni qanday yig'ish, qanday yangilash va rasmiylashtirish kerakligi masalalarini hal etishgan. Ma'lumotlar omborlari ham ular joylashgan davlatlar kabi turli-tumandir. Ba'zi axborot tizimlari katta emas. Masalan, Avstraliyadagi «Ausinet» tizimi 17 omborga, Amerikaning «DAYALOG» tizimi 150 dan ortiq omborga ega. Ko'pchilik tizimlar o'rtacha o'lchamlarga ega. Shvetsariyaning «Data—Star» tizimi 46, G'arbiy Germaniyaning «INKA» tizimi 42, Fransiyaning «Kestel» tizimi 45, Buyuk Britaniyaning «Pergamon Infolayn» tizimi 35 omborga ega. Ma'lumotlar omboridagi axborotlar bir necha usullar bilan tashkil etilishi mumkin. Ma'lumotlar omborlarining eng sodda va keng tarqalgan shakli jadval ko'rinishidir. Ma'lumotlar omborining bunday ko'rinishi relyatsion omborlar deb ataladi. Relyatsion omborlar aniq sondagi ustunlarga ega bo'lib, ularning hammasi nomlarga ega bo'ladi. Masalan, guruhdagi o'quvchilar haqidagi ba'zi ma'lumotlarni quyidagicha tasvirlash mumkin: 2-jadval Familiyasi Ismi Bo'yi (sm) Og'irligi (kg) Ko'zining rangi Saidova Shahlo 168 74 Jigar rang Qodirov Dilshod 185 79 Ko'k Hamidova Mashraboy 170 70 Qora Iskandarov Rustam 186 80 Yashil Kompyuterdan aksariyat hollarda matnli fayllar (turli xat, referat, she'r va h.k.) ni yaratishda foydalaniladi. Foydalanuvchining tajribasi oshib borgan sari u matnli fayllar o'rnida turli shakldagi va berilgan vazifaiarni bajaruvchi fayllardan foydalana boshlaydi. Masalan, matn fayl ichida turli xil sonli, belgili ma'lumotlarni kiritish orqali jadvalli, kartotekali, videotekali, tashkilotlar manzili, kasallik varaqalari, telefon nomerlari va boshqa ma'lumotlarni jamlovchi ombor sifatida foydalanishi mumkin. Bunday omborlarda axborotni tasvirlash va joylashtirishni foydalanuvchining o'zi belgilaydi. Matnli fayllarda axborotni joylashtirishning bir variantini aniq misol tariqasida ko'rib chiqaylik. Masalan, O'zbekistonda tug'ilgan va fundamental fanlar (fizika, matematika, biologiya, kimyo va h.k.) sohasida faoliyat ko'rsatayotgan yirik mutaxassislarning «Fanlar ekspertlari ombori» deb nomlanadigan kartotekasini (matnli fayllarda) yaratish mumkin. Bunday kartotekalardan foydalanish ancha qulay. Har bir olim (ombor atamasida — ekspert) 30 ta banddan iborat maxsus anketani to'ldiradi. Har bir bandga shartli ravishda ikkilik kodi beriladi. Masalan, NA— ekspertning familiyasi, ismi va sharifi, DA—uy manzili, ED— ma'lumoti, FT— chet elga xizmat safariga borganligi va boshqa kodlashlar ma'lum ma'lumotlarni bildirsin. Operator har bir anketani matnli faylga kiritadi. Masalan: NA — Sahobov Anvar To'ychiyevich. 85 DA - 700019, Toshkent sh., G'.G'ulom ko'chasi, 34, 26- uy. ED - oliy. FT — 1998- yilda Angliyaga borgan. Ba'zi bandlar matnli faylning bir necha satrida yoziladi va butun anketadagi satrlar soni o'zgaruvchan bo'ladi. Egallagan lavozimi, unvonlari, faoliyat ko'rsatgan institutlari «ochiq» matnga kiritiladi va ularning nomlarini yozish ixtiyoriy ko'rinishda bo'ladi. Masalan: «Amaliy mud» yoki «lab mud». Tushunarliki, bunga o'xshash ma'lumotlar omborlari ish jarayonida juda asqotadi: ularni o'qish, nusxalash, o'zgartirish, qog'ozga chiqarish, biror bo'lagini ajratib olish, hattoki oddiy axborotni izlash (NA, ED kabi) osongina bajarilishi mumkin. Ammo bunday omborlarning afzalliklari shu bilan tugaydi. So'ngra uning kamchiliklari ketma-ket sanab o'tiladi. Bir tomondan, yuqorida qayd qilingan ko'rinishda axborotni kiritish juda murakkab va qiyin ish. Bir xil bandlarni ko'p marotaba kiritishga to'g'ri keladi. Boshqa tomondan esa, fayllarga kirish oson bo'lganligi sababli fayllarni saqiash paytida undagi ma'lumotlarning buzilishi (qisman uchib ketishi, o'zgarishi)ga olib kelishi mumkin. Eng asosiysi shundaki, ma'lumotlar omborini yaratishdan maqsad hosil qilingan ma'lumotlardan foydalanish qulayligidir. Birinchidan, turli alomatlariga ko'ra axborotlarni tartiblash, ikkinchidan, ixtiyoriy belgilariga ko'ra ajratib olish oson. Matnli fayllar esa ma'lumotlarni bunday tashkillashtirishni amalga oshira olmaydi. Axborotlar tizimi vositasida qayta ishlash uchun jadval ko'rinishidagi ma'lumotlar qulay hisoblanadi. Kompyuterning dasturiy ta'minotiga kiradigan dasturlar xotiradagi jadvallarni «taniydi». Kompyuter xotirasida jadval sifatida saqlanadigan fayllar, asosan, kengaytmasi dbf (Data Base File) bo'lgan fayllardir. Biz yuqorida ko'rib o'tgan olimlar haqidagi ma'lumotlarni saqlovchi fayl ham dbf kengaytmali faylga misol bo'ladi. Obyekt va kattalik Har qanday ma'lumotlar omborining vazifasi haqiqiy dunyoning obyektlari haqidagi ma'lumotlarni qayta ishlashidir. Umuman olganda, «obyekt» va «kattalik» degan iboralarni rasman ajratish mushkul. Lekin muayyan vaziyatda bu iboralarni ishlatish uchun ularni ta'riflashimiz mumkin. Obyekt — mavjud bo'lgan va o'ziga o'xshash narsalardan ajralib turadigan alohida olingan predmet. Masalan, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji obyekt hisoblanadi. Shuningdek, kimyoviy modda, biror qotishma, firma, zavod, inson ham obyekt bo'la oladi. Obyekt sifatida nafaqat moddiy predmetlar, balki haqiqiy dunyoni aks ettiruvchi abstrakt tushunchalar ham qaralishi mumkin. Masalan, san'at asarlari, kitoblar, teatrlardagi sahna ko'rinishlari, kinofilmlar, huquqiy normalar, falsafiy nazariyalar va boshqalar. Bunga o'xshash obyektlar guruhi obyektlar to 'plamini hosil qiladi. Masalan, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlaridagi guruhlar, j firmalar, ombordagi mahsulotlar, korxonada ishlovchi odamlar i obyektlar to'plamini hosil qiladi. Bunday guruhdagi muayyan obyektnij obyekt nusxasi deb atash mumkin. Kattalik — biror-bir obyektni ifodalovchi va uning muayyan biri nusxasi uchun berilgan sonli yoki matnli qiymatni belgilovchi] ko'rsatkich. Masalan, obyektlar to'plami sifatida biror akademik litsey yoki kasb-hunar kollejidagi guruhlarni olaylik. Berilgan guruhdagi! o'quvchilar soni va hokazolar kattaliklar hisoblanadi. Yuqorida ko'rsatilganlarni hisobga olgan holda shuni aytisri mumkinki, axborot tizimini loyihalovchining eng muhim vazifasigal obyektlar va ularni tavsiflovchi ma'lumotlarni tanlash, ma'lumotlar orasidagi bogianishni o'matish kiradi. Axborot tizimi o'lchami va vazifasiga ko'ra obyektlar u yoki bu darajadagi o'zgaradiganj ma'lumotlar bilan xarakterlanishi mumkin. Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasi vositalarining yang sinfini tashkil etadi. Ular axborotlami qayta ishlashning yuqo kafolatlanishi, arzonligi, ixchamligi, turli amallarni bajara 86 olis kam elektr quwatini sarflashi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatl kompyuterlar asosida keng vazifalarga mo'ljallangan avtomatlashga ishchi joylari (AIJ)ni yaratish imkonini beradi. Kompyuterda ma'lumotlar omborini hosil qilish va ular bilail ishlash uchun maxsus dasturlar yaratiladi. Keyingi yillarda chiqarilayotgan kompyuterlarda amal bajarish tezligining juda kattaligi (100 mlrd/s) va uning xotirasi kengayganligi (40—60 Gb) katta imkoniyatlarga ega bo'lgan ma'lumotlar omborini yaratish imkonini bermoqda. Kompyuterda ma'lumotlar omborini yaratish va uni ishlatishni belgilovchi ikkita omil mavjud: birinchi omil — qanday mazmunga ega bo'lgan ma'lumotlar (ya'ni ularni tashkillashtirish) va ikkinchisi ___ yig'ilgan ma'lumotlardan qanday foydalanish kerakligidir. Masalan, xodimlar ro'yxatini qayta ishlovchi turli xildagi dasturlar mavjud. Lekin bunday dasturlar biror kishining familiyasini izlash yoki u haqda biror ma'lumotni topishga (ajratishga) qarab bir-biridan jiddiy farq qiladi. Bundan tashqari, har bir berilgan soha uchun o'zining dasturi ishlab chiqilishi kerak. Masalan, kimyoviy moddalar haqidagi ma'lumotlar ombori uchun mo'ljallangan dasturlar aviapassajirlar ro'yxatini qayta ishlash uchun umuman yaroqsizdir. Ma'lumotlar omboridan foydalanishni tahlil qilish uchun quyidagi misolni ko'rib chiqamiz. Siz uchun kerak bo'lgan biror ma'lumot (hodisa yoki holat tahlili) berilgan darslikda yo'q deylik. O'qituvchining ko'rsatmasiga ko'ra, u falon muallifning kitobida mavjud va bu kitob siz o'qiyotgan ta'lim muassasasining kutubxonasida bor bo'lsin deylik. Kitobni izlab kutubxonaga borasiz (bu yerda kitob ma'lumotlar ombori sifatida namoyon bo'ladi). Lekin siz borgan paytdanoq kutubxona ma'muriyati kitobni (agar u kitob kutubxonada mavjud bo'lsa) sizga bermaydi. Siz awal ana shu kutubxonadagi kitoblardan erkin foydalana olish imkoniyatiga ega bo'lishingiz kerak. Buning uchun esa, ma'muriyatda belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tishingiz kerak. Ro'yxatdan o'tganingizdan keyin sizga kutubxonadagi kitoblardan foydalanish imkoniyati beriladi. Xuddi shuningdek, kompyuterdagi ma'lumotlar omboridan foydalanish uchun ham maxsus dasturiy vositalarning majmui — ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi yaratiladi. Ma'lumotlar omboridan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va bunday dasturlar ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi deb ataladi. Ma'lumotlar omborida axborotlar asosan matn va raqam ko'rinishida saqlanadi. Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi vazifasiga ma'lumotlar omborini boshqarishning quyidagi xususiyatlari kirishi mumkin: Ma’lumotlar omboriga kirish: foydalanuvchining talabiga javoban axborot turidan qat’I nazar unga qulay ko’rinishda javob berish. Ma’lumotlarni modigikatsiyalash: berilgan axborotni foydalanuvchi talabiga mos holda (texnik imkoniyatlari hisobga olingan holda) o’zgartirish. Ishonchlilik darajasi: qurilmalar tasodifan to'xtatilganda ma'lumotlar omborining qayta tiklanish qobiliyati. Ma'lumotlarni himoyalash: ma'lumotlar omboridan ruxsatsiz (sanksiyasiz) foydalanishning cheklanganligi. Ma'lumotlar omboridan tarmoqda foydalanish: ma'lumotlardan bir vaqtda bir necha kishining (bir-biriga xalaqit bermasdan) foydalanishi. Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi o'zining ma'lum ko'rinishdagi ichki tuzilishiga, amalga oshiruvchi amaliy dasturlarga ega bo'lishi kerak. Bunday dasturlar ikki turga: integrallashgan (umumlashtirilgan) va paketli dasturlarga ajratiladi. Integrallashgan dasturlar avtomatlashgan ishchi joylari yaratishning asosini tashkil etadi. Bunday tizimlar quyidagilarni amalga oshirishni ta'minlaydi: muammoli — yo'naltirilgan axborotlarni kiritishning qulayligi; oldin kiritilgan axborotlardan foydalanishning yengilligi; murakkab strukturali hujjatlarni qayta ishlash va shakli ant irish; shaxsiy kartotekalar, ishchi kalendarlar, yozuv daftarlari va boshqa vositalarni yaratishning mumkinligi. 87 Hozirgi kunda integrallashgan dasturlarga nisbatan paketli dasturlardan ko'proq foydalaniladi. Keng tarqalgan paketli dasturlarga matnli axborotlarni qayta ishlash (Word), «Elektron jadvallar» va ma'lumotlar omborini qayta ishlash tizimlari misol bo'ladi. Keng tarqalganligi bo'yicha «Ishchi grafiklar» tizimi va kommunikatsiya tizimlari keyingi o'rinda turadi. Muayyan yo'nalishdagi ma'lumotlar omborini boshqarish uchun mutaxassislar tomonidan dasturlar yaratiladi. Ularda foydalanuvchining tizim bilan muloqoti asosida ma'lum hujjatlarni yaratish yoki uni qayta ishlashdako'riladigan tipik vazifalar (imkoniyatlar majmui) yoritib beriladi. Ma'lumotlarning turlari va tuzilishi Kompyuterda qayta ishlanadigan ma'lumotlar o'z ichiga kundalik turmushda ishlatiladigan barcha axborotlarni oladi. Albatta, turli kasb egalari o'zlariga kerakli bo'lgan ma'lumotlar bilan ish yuritadi. Bunday ma'lumotlarning eng asosiylari sonli (raqamli) va belgili (matnli) axborotlar hisoblanadi. Odatda, har qanday axborot tizimini yaratish uchun bu ikki turdagi ma'lumot shakli yetarlidir, chunki foydalanuvchiga yetkazilmoqchi bo'lgan barcha axborot raqamlar yoki so'zlardan iborat bo'ladi. Shunday bo'lsa-da, axborotlar tizimini yaratuvchilar yana ikkita ma'lumot turi — sanalar va mantiqiy o'zgaruvchilardan xabardor bo'lishi lozim. Ma'lumotlarning turlarini ko'rib chiqamiz. Belgili ma'lumotlar. Har qanday belgili ma'lumotning qiymati ixtiyoriy uzunlikdagi alifbo — raqamli belgilar majmuidan iborat (masalan, «5», «Vatan», «10+15», ...). Ma'lumotlarni bunday ifodalash eng ko'p tarqalgan. Belgili ma'lumotning qiymati «.5» ga teng bo'lsa, mashina bu qiymatni osongina songa aylantirib olishi ham mumkin. Ko'pgina tizimlarda belgili ma'lumotning uzunligi 155 belgi bilan chegaralangan. Lekin ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi axborotlar tizimi yaratuvchilariga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi paytda ikki o'lchamli jadvallardan, ba'zi tizimlarda belgili ma'lumot qiymati sifatida uzunligi 30 yoki 40 belgi bo'lgan biror turdagi fayl nomini yozish imkoniyatlari mavjud. Bu nom orqali ixtiyoriy uzunlikdagi obyektning biografiyasini o'z ichiga olgan matnli fayl yoki obyektning fotosuratini ko'rsatuvchi grafik fayl ochish mumkin. Bundan tashqari hozirgi zamon tizimlarida belgili ma'lumot sifatida ixtiyoriy tuzilish va uzunlikdagi (shu jumladan, tasvir va ovoz) oby.ekt.lar saqlanishi mumkin. Sonli ma'lumotlar. Bunday turdagi ma'lumotlarga faqat sonlar misol bo'ladi. Axborotlar tizimi foydalanuvchilari uchun bunday ma'lumotlar faqat oichami (raqamlar soni) va uning aniqligi (nuqtadan keyingi raqamlar soni)ning ahamiyati katta. Mantiqiy ma`lumotlar. Bu turdagi ma'lumotlar (ba'zida bunday ma'lumotlar Bui qiymatlari deyiladi) bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) «1» yoki FALSE (yolg'on) «0» qiymatlarini qabul qiladi. Ulardan tizimda ko'zda tutilgan maqsadni amalga oshirish uchun biror obyektning holatini ko'rsatishda foydalanish mumkin. Masalan, «lampa yoniq» (TRUE) yoki «lampa o'chirilgan» (FALSE). Mantiqiy ma'lumotlarning informatikadagi ahamiyati beqiyos ekanligini informatika kursidan yaxshi bilasiz. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosiy vazifalari va xususiyatlari. MS Access dasturida jadvallar tashkil etishning 3 xil usuli bor. Конструктор buyrug’i yordamida jadval tashkil etish oynasi: 88 Birinchi ustunga maydon nomi, ikkinchisiga maydon tipi va uchunchisiga sharh (talab etilsa) kiritladi. Maydon tiplari kiritiladigan ma’lumot turiga qarab aniqlanadi. 1-jadval ustunlari nomini jadval konstrukturining Имя поля maydoniga yozamiz Birinchi maydon nomi bu masalan, fuqarolar tartib raqami, uni ”Id ” deb nomlaymiz. Tab tugmasini bosib, Тип данных maydoniga o’tamiz. Access dasturi текстовый (matnli) ma’lumot turini taklif etadi. Ammo tartib raqam uchun ma’lumotning bu turi to’g’ri kelmaydi, Счетчик (hisoblagich)ni turini tanlaymiz va Tab tugmasini bosamiz keyingi maydon Описание maydiniga ixtiyoriy matn masalan, “Fuqorolar Id raqami” ni yozib qo’yish mumkin. Yana Tab tugmasini bosib, keyingi maydon nomiga o’tamiz. Bu rasmga e'tibor bersangiz конструктор oynasining quyi qismida XI bo'limdan tashkil topgan maydonning xossalarini aniqlovchi bo'limlar ochiladi. Bu bo'limlar maydonning turiga qarab doim o'zgarib turadi. Har bir bo'limning mazmuni keyinchalik o'z-o'zidan tushunarli bo'lib boraveradi. Hozir biz uchun Размер поля qismidagi 50 soni muhimdir. Access bizga shu maydonda yoziladigan matnning uzunligini har doim 50 tadan oshmasin deb taklif etadi. Bizga ma'lumki, bu maydonga yozish mumkin bo'lgan matnning uzunligi 255 tadan oshmasligi kerak edi. Bizning misolimizda (F_I_O) Familya va Ismi va Otasining ismi nomi uchun 50 ta joy juda ko'p. Uni 20 ga o'zgartirib qo'ysak ham bo'laveradi. Har qanaqa ortiqcha joy kompyuter xotirasidan qo'shimcha joy talab etadi. Imkoni boricha ajratiladigan joylarni minimumga keltirish kerak. Ortiqcha joy ortiqcha sarf-xarajat deganidir. Tug’ulgan vaqti uchun maydon hosil qilamiz bu maydonning nomi “Tug’ilgan kun” deb nomlab uning tipini Дата и время bo’ladi. Endi ma`lumoti nomli maydon hosil qilamiz, buning uchun uning tipini Мастер подстоновкa deb tanlanadi. 89 Tel_raqam uchun maydon hosil qilamiz. Uning tipini Числавой tipi va uni Маска Ввода bo’limiga quydagicha yozamiz “+998(”00”)”000,00,00 Biror maydonni kalitli maydon deb belgilash uchun konstruktor holatida shu maydon belgilanadi va asboblar panelidan kalit yorlig'i sichqonchaning chap tugmasi bilan bosiladi. Natijada, mos maydon nomi oldida kalit belgisi paydo bo'ladi. Bu shu maydonning kalitli maydonligini bildiradi. Konstruktor holatida jadval hosil qilingandan so'ng, uni saqlash lozim. Agar jadval birinchi marta saqlanayotgan bo'lsa, Файл-Сахранить yoki asboblar panelidan yorliqni bosish yoki Ctrl+S tugmalarini birgalikda bosish yetarli. U holda ekranda jadval nomini so'rovchi oyna paydo). Access sizga jadvalning nomi sifatida «Таблица1» ni taklif etadi. Yaxshisi, bu nomni 1. Bu joyni belgilang 2. bu joyni bosing 90 o'zgartirish va masalaning mohiyatiga moslab nom berish maqsadga muvofiqdir. Bizning misolimizda bu nom «Fermer » bo'lsin va OK tugmasini bosib, saqlaymiz. Tayyor bo’lgan jadvalimizni Открыть yordamida ochamiz: Jadvalimizni saqlab qo’yamiz. Master yordamida oddiy so’rovlar loyihalash. Jadvalimiz uchun so’rov hosil qilamiz. Buning uchun ma’lumotlar bazasi oynasidan Запросы obyektini tanlaymiz. Hosil bo’lgan oynadan Создать bo’limini tanlaymiz yoki Создать запроса с помищью мастера bo’limini tanlaganimizda birdaniga bu muloqot oynasi paydo bo’ladi. Bu oynaning Таблицы и Запроса bo’limidan Asosiy jadvalini tanlaymiz: Bu yerni bosing Bu yerni bosing 91 natijada Доступние поля darchasida tanlangan jadvalga (so’rovga) mos maydonlarni ro’yhati hosil bo’ladi. > tugmasini yoki >> tugmasini bosib, kerakli yoki barchasini Выбранные поля bo’limiga o’tkazib Готово tugmasini bosamiz. Natijada quyidagi so’rov oynasi hosil bo’ladi: Ushbu oynani >> bandidan barchasini o`tkazamiz. Далeе > tugmasini bosamiz va quyidagi oyna hosil bo`ladi Xuddi shuningdek, mavjud ma'lumotlardan keraklilarini so'rovlar yordamida ajratib olish va ularni chop etishni ham ko'rdik. Ammo jadvallarga to'g'ridan-to'g'ri ma'lumot kiritish va so'rovlar yordamda ularni tahlil qilish foydalanuvchi uchun har doim ham qulay emas, ayniqsa, Access bilan tanish bo'lmagan foydalanuvchilar uchun ma'lum noqulaychiliklar paydo bo'ladi. Ma'lumotlar bazasidan foydalanishda formaning roli beqiyosdir. Umuman, formalar ma'lumotlarni kiritish va ularni foydalanuvchiga qulay ko'rinishda tasvirlash uchun ishlatiladi. Formaning boshqa qulayliklari bilan sizni uni o'rganish jarayonida tanishtirib boramiz. Formalarni siz hayotda ko'p uchratamiz. O'qish jarayonida biror bir so'rovnomani (anketani) to'ldirishga to'g'ri kelgan, o'qishga yoki ishga kirish jarayonida shaxsiy varaqalar to'ldirgansiz. Shularning o'zi formadir. Misoldan ko'rinib turibdiki, formaning har bir elementi ikki qismdan iborat ekan. Uning birinchi qismida nimani yozish kerakligi ko'rsatilsa (masalan, QVP bemorlari), ikkinchi qismida esa muallifning o'zi yoziladi. Forma shu ko'rinishdagi elementlardan tashkil topgan bo'ladi. Elementlarning soni nechta bo'lishi odatda, qo'yilgan masalaga va formani tuzuvchisiga bog'liq. Muhimi, sizga kerakli barcha elementlar aks etsa, bas. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, formani jadval yoki so'rov uchun qurish mumkin. Formani qurish uchun ma'lumotlar bazasi oynasidan forma bo'limini tanlaymiz. Bu oynadan Создать bo'limini tanlaymiz. Natijada quyidagi muloqot oynasi paydo bo'ladi. Mazkur oyna ikki qismdan iborat bo'lib, uning yuqori qismida formani nima yordamida qurish tanlansa, pastki qismida esa nimaga (jadval yoki so'rov) qurish tanlanadi. Bu qismdagi ochiluvchi menyuda ma'lumotlar bazasidagi barcha jadval va so'rovlarning ro'yxati keltiriladi. Mazkur oynaning yuqori qismida keltirilgan bo'Iimlarning mazmuni quyidagicha: 92 Konstruktor - formani konstruktor yordamida qurish. Master form - formani forma ustasi yordamida qurish. Bu holda maxsus programma ishlaydi va avtomatik holatda siz tanlagan jadval yoki so'rovga forma qurib beradi. Master bilan siz jadvallarni va so'rovlarni loyihalashda ham tanishgansiz. Avtoforma: в столбец, Avtoforma: ленточная, Avtoforma: табличная - hollari bir xil bo'lib, ular formaning elementlarini qaysi ko'rinishda tasvirlash bilan farqlanadi (ustun, tasma va jad- val). Bu holda ham formani qurish uchun maxsus programma (usta) ishlaydi. Diagramma - bu holda tanlangan jadval yoki so'rovga diagramma (gistogramma, grafik va h.k.) quriladi. Bu hoi Excel programmasi kabidir. Сводная таблица - bu hol ham Excel kabidir. Excel pro-grammasi bilan tanish foydalanuvchilar uchun bu hoi ham qiy-inchilik tug'dirmaydi. Shuning uchun ham bu ikki holga kitobda alohida to'xtab o'tilmaydi. Создание формы в режиме конструктора va Создание формы с помощью мастера bo'limlari mos ravishda 18-rasmdagi Konstruktor va Master form bo'limlari bilan bir xildir. Agar sizga shulardan birortasini tanlash kerak bo'lsa, 18-rasmdagi muloqot oynasini ochishga ehtiyoj tug'ilmaydi. Windows sistemasida bir ishni bir necha xil usulda bajarish mumkinligini bilamiz. Forma qurishning eng oson yo'li bu Master formdir. Bu usul forma qurishda hali tajribasi bo'lmagan foydalanuvchilar uchun juda qulaydir. Forma qurishni shu usulni o'rganishdan boshlaymiz. Endi Asosiy oynani tashkil etamiz Buning uchun Buning uchun Создание >> Форма >> Пустая Форма bandini tanlaymiz va rejim holatiga o`tib Фоновий рисунок bandidan kerakli rasmni tanlaymiz Ok tugmasini bosib rasmni kerakli holda ekranga moslashtiramiz konstruktor bandidan Aa tugmasini tashlab kerakli ma`lumotlarni yozamiz XXXX tugmasini qo`yib Asosiy Menyu deb yozamiz Unga konstruktor>> Страница Свойства>> Все>> Дополнителное адрес bandini tanlab Quyidagi formani hosil qilib bog`laymiz Ok tugmasini bossak ekranda Asosiy oynani bosgandan so`ng Fermer Ho`jaligiga ma`lumotlar kiritish ularni qidirish va chop etishga berish mumkin. Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling