110
Savol va topshiriqlar:
1. Axborot tizimlarida qanday jarayonlar ro’y beradi?
2. Axborot ta'minoti nimalarni uz ichiga oladi?
3. Dasturiy ta'minot tarkibiga qanday dasturiy maxsulotlar kiradi?
4. Amaliy dasturiy vositalarning vazifalarini aytib bering.
5. Texnik ta'minot deganda nimani tushunasiz?
6. Xuquqiy va lingvistik ta'minotlar haqida nimalarni bilasiz?
7. Tizim tushunchasiga ta'rif bering.
8. Axborot tizimiga ta'rif bering.
9. Axborot tizimiga misollar keltiring.
11-mavzu: Elektron xukumat (2 soat)
REJA:
1. Elektron xukumat tushunchasi va vazifalari.
2. Elektron xukumatni
joriy etish jaxon tajribasi
3. Interaktiv xizmatlar va ularda ishlash usullari
Tayanch so’zlar: elektron axborot, elektron xukumat, axborotlashtirish, davlat
boshqaruvi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
Axborotlashtirish
sohasidagi
islohotlar
izchil
olib
borilayotgani
natijasida
Respublikamizning barcha tarmoqlari va Davlat boshqaruvi organlari oldiga qo’yilgan
vazifalardan
kelib chiqib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va
telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish va ularni hayotga keng joriy qilinishiga
erishilmoqda.
Mamlakatimizda o’tish davrini boshidan kechirayotgan bozor
iqtisodiyotining ijtimoiy
yo’naltirilgan, ko’p tarmoqli axborot industriyasini tashkil etish,
AKTni iqtisodiyotning turli
sohalarida keng joriy qilish orqali jamiyatimizning ichki mustahkamligi va ijtimoiy birligini
tashkil etish, rivojlangan davlatlar hayoti standartlariga chiqish maqsadida O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan bir qancha farmonlari va hukumat qarorlari
qabul qilinib, ular
amalda tadbiq qilinmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: