O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
Ikkinchi bosqichda ma’lumotlarni to’liq jamlagan Davlat organlarini qidirish
imkoniyatini beradigan ma’lumotlar bazasi to’zilib, qilingan murojaatlarga elektron pochta orqali javob berilishini ta’minlaydi. Ular fuqarolarni Davlat portaliga kirib, bir qator “interaktiv xizmatlar” orqali turli shakllarni to’ldirish imkonini ko’rsatadi. Keyingi uchinchi bosqichda moliyaviy va huquqiy xizmatlar ko’rsatish, fuqarolar va xususiy korxonalar litsenziya hamda ruxsatnoma sotib olishi, soliq deklaratsiyasini taqdim etishi, jarima to’lashi va ijtimoiy imtiyozlar so’rab murojaat qilishlari mumkin bo’ladi. Bugungi kunda Elektron hukumat mavzusi juda ommalashib ketdi. Biroq so’nggi vaqtlarda e’lon qilinayotgan materiallarda mazkur mavzuga yondashishda tizimlilik va kontseptual kat’iylik yo’qligi bizni tashvishga soladi. Davlat boshqaruvida AKT haqida gapirilganda, odatda platformalar, portallar, hujjatlar aylanishi, u yoki bu firmalarning texnologiyasidan foydalanish to’g’risida so’z yuritishadi yoki bo’lmasa elektron hukumat deb atalish xuquqiga talabgorlik qilayotgan, aslida esa bunday bo’lmagan axborot-kommunikatsiya tizimlarining amalga oshirilganligi va muvaffaqiyatli joriy etilganligi haqida misollar keltiriladi. Axborot texnologiyalarining ijtimoiy hayotga joriy etilishi jarayonidan soxta ko’tarinkilik holatiga tushish bizning davrimizning harakterli belgisi hisoblanadi. Tegishli Davlat dasturlari qabul qilinishi bilan mustahkamlangan ushbu jarayon Davlat boshqaruvi organlarining yalpi axborotlashtirilishi darajasiga chiqqanidan keyin ko’pchilik AKTning Davlat boshqaruviga joriy etilishi mana shundan boshlanadi deb hisoblamoqdalar. 1. Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish muammolari va ularni echish yo’nalishlari AKTning joriy etilishi Davlat boshqaruvi tizimi faoliyatining jamiyat uchun ko’prok ochiqligini ta’minlaydi. Davlat boshqaruvi organlarining kompyuterlashtirilishi va ularning “onlayn” interfeysi bilan jihozlanishi muhim qadam hisoblanadi, biroq AKTni joriy etish bilan bog’liq vazifalarni butun kompleksi bu bilan tamom bo’lmaydi. AKT tizimi Davlat bilan jamiyat o’rtasidagi aloqalar tartibotini ancha soddalashtiradi, biroq bu – ularning yakkayu yagona va asosiy afzalligi emas. AKTning Davlat boshqaruvida amalda joriy etilishining asosiy maqsadi va 112 kutilayotgan natijasi keng kulamda Davlat boshqaruvining printsipial jihatdan yangi sifatga utganligi deb hisoblash mumkin. Davlat boshqaruvida AKT - bu nafaqat Davlat boshqaruvining tegishli sifat darajasida axborot-texnik tashkil etilishi, shu jumladan istalgan mamlakatning jamiyatida mavjud bo’lgan munosabatlar va aloqani sifat jihatidan boshqacha tashkil etish va boshqarish hamdir. Soddalashtirilgan shaklda har qanday mamlakatning ijtimoiy hayotini uch muhim Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling