O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Davlat boshqaruviga AKTni joriy etilishi biznes sub’ektlariga qanday foyda
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
3.
Davlat boshqaruviga AKTni joriy etilishi biznes sub’ektlariga qanday foyda beradi? Biznes raqobat sharoitida yashab qolish uchun o’zining doimiy ravishda takomillashuvga intilishi tufayli zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va faol joriy etishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida maydonga chiqdi. AKT tizimlarining Davlat boshqaruviga joriy etilishi ham sog’lom tadbirkorlikni va xususiy tashabbusni rivojlantirish va biznes to’zilmalarining samarali innovatsiya boshlanmalari uchun qo’lay muhit yaratish extiyojlariga javob berishi jihatidan istisno emas. 114 Umumiy ma’noda gap G2V nimtizimida munosabatlarning o’ziga xos “reinjnitiringi” ni amalga oshirish haqida bormoqda, ya’ni G2C nimtizimi birinchi navbatda iqtisodiyot sohasidagi Davlat boshqaruvining amaldagi tizimini Davlat va biznes to’zilmalarining umumiy ishi yulida – biznes sub’ektlaridan har birining ravnak topishi, binobarin, butun mamlakatning ravnak topishi uchun ularning tadrijiy o’zaro hamkorligining samarali mexanizmiga aylantirishdir. Munosabatlarning bu nimtizimida quyidagi reinjiniring asosiy sub’ektlari hisoblanadi: byudjet va soliqlarni tartibga solish, Davlat organlari va tijorat to’zilmalarining o’zaro iqtisodiy hamkorligi, kreditlar, investitsiyalar va boshqa moliyaviy resurslarni boshqarish, tijorat faoliyatini litsenziyalash va x.k. Bunda bu va boshqa masalalar bo’yicha Davlatning biznes sektor bilan mavjud direktiv hamda nazorat qiluvchi munosabatlarini madaniyatli o’zaro sheriklik munosabatlari oqimlariga ko’chirish. Bu esa quyidagi ishlarni amalga oshiradi: ➢ Davlat boshqaruvining ortiqcha bug’inlarini qisqartirish, tartibga solish, soliq yukini kamaytirish, shuningdek hujjatlar aylanishining raqamli texnologiyalarini keng joriy etish yuli bilan biznes jarayonlarini va tranzaktsiyalarini tezlashtirish, soddalashtirish hamda arzonlashtirish; ➢ biznes to’zilmalari oldida turgan qog’ozbozlik va ma’muriy to’siqlarni bartaraf etish; ➢ qonunlardan va bozor talablaridan kelib chiqqan holda mavjud resurslarni maqsadga yo’naltirilgan erkin boshqarish; ➢ rivojlanish dasturlarini rag’batlantiruvchi qo’llab-quvvatlash. Ushbu vazifalarni hal etish quyidagi masalalar bo’yicha biznes sub’ektlariga elektron Davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini dadillik bilan rivojlantirish yuli bilan erishiladi: ➢ vakolatli tashkilotlardan loyiha hujjatlariga ruxsatnomalar olish va ular bilan kelishish; ➢ litsenziyalar olish va ularni o’zaytirish; ➢ kompaniyalarni Davlat ruyxatidan o’tkazish va qayta ruyxatdan o’tkazish; ➢ byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy korporativ to’lovlarni amalga oshirish; ➢ yuridik maslahatlar, qonun hujjatlariga o’zgartirishlar to’g’risida o’z vaqtida va to’liq axborot olish; ➢ eksport-import operatsiyalar bo’yicha tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni va bojxona to’lovlarini rasmiylashtirish; ➢ buxgalteriya, soliq va statistika hisobotini rasmiylashtirish va x.k. Bunda elektron tijoratni rivojlantirish G2C nimtizimi xizmatlarining muhim sektori hisoblanadi. Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling