O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


  Davlat boshqaruviga AKTni joriy etilishi Davlat boshqaruviga qanday foyda


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   152
Bog'liq
SATQ

4. 
Davlat boshqaruviga AKTni joriy etilishi Davlat boshqaruviga qanday foyda 
beradi? 
Shunday qilib, jamiyatga ko’rinmaydigan, biroq AKT tizimlarini joriy etish 
samaradorligi ularga ko’p jihatdan bog’liq bo’lgan, o’z navbatida umuman Davlat boshqaruv 
samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydigan masalalarni ko’rib chiqsak. Bu Davlat apparatining 
ichida G2G nimtizimida sifat jihatidan yangi munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirish 
haqida bormoqda. Ushbu bug’in butun tizim uchun zarur bo’lgan asos hisoblanadi, bu bug’insiz 
Davlat boshqaruvida AKTni joriy etish printsip jihatidan mumkin emas. Davlat boshqaruvi 
organlarining korportiv tormog’i uning moddiy texnik va axborot kommunikatsiya asosi sifatida 
ish ko’radi.
Munosabatlar va aloqalarning ushbu nimtizimida hal etiladigan asosiy vazifalar: 
➢ 
Davlat boshqaruvi organlari va Davlat muassasalarining axborot massivlari, banklari va 
ma’lumotlar bazasini yagona tizimga integratsiyalash; 
➢ 
hujjatlar aylanishini optimallashtirish; 


115 
➢ 
Davlat qarorlarini ishlab chiqishini, kelishishni, qabul qilishni va ijrosini nazorat qilishni 
optimallashtirish. 
Yuqorida keltirilgan vazifalar fuqarolar va biznes sub’ektlarining Davlat xizmatlariga 
bo’lgan kundalik extiyojlaridan nisbatan ajralib qolgandek bo’lib tuyulishiga qaramay, Davlat 
boshqaruviga AKT joriy etilishining butun jamiyat uchun asosiy afzalligi xuddi shu bug’inda 
ta’minlanadi: 
➢ 
hukumat resurslaridan foydalanish tezligi: tegishli portallar orqali u yoki bu muassasaga 
hujjat almashish elektron shaklda bir zumda amalga oshiriladi va navbatda turishlarini talab 
qilmaydi; 
➢ 
shaxsan hozir bo’lish va “idorama-idora” yurishning hojati bo’lmaydi: Davlat organlariga 
hujjatlar berish va tegishli Davlat xizmatlaridan foydalanish fuqarolar va biznes sub’ektlariga 
Internet resurslariga kirish mumkin bo’lgan har qanday joydan masofadan turib ta’minlanadi; 
➢ 
“bir darcha” printsipi: Davlat boshqaruvi korporativ tormog’ining istalgan bug’iniga 
kiritilgan axborot elektron pochta vositalari va tarqatmalar orqali barcha manfaatdor Davlat 
organlariga yuboriladi. Ularning javoblari va rezolyutsiyalari ilk marta murojaat qilingan 
nuqtada jamlanadi; 
➢ 
bir hil ma’lumotnomalar, guvohnomalar va xokazolarni Davlat organlariga ko’p martalab 
taqdim etish zaruriyatining yo’qligi: axborot Davlat boshqaruvining korporativ tormog’iga bir 
marta kiritiladi va ko’p martalab foydalaniladi.
Davlat boshqaruviga AKTni joriy etish va undan foydalanish aholining imkoni boricha 
keng qatlamlari tegishli texnologiyalardan foydalanishlariga bevosita bog’liq bo’ladi. Chunki 
kompyuter texnologiyasi va infratuzilma nisbatan qimmat turishi tufayli aholi asosiy qismining 
daromadi darajasi past ekanligi axborot texnologiyalari ommaviy yoyilishiga jiddiy tusiq 
hisoblanadi.
Bu degani Davlat boshqaruviga AKTni joriy etishning muayyan darajasida Davlat va 
fuqarolar axborot notengligining fundamental muammosiga duch kelishi mumkin. Bunday 
sharoitlarda Internetdan yalpi foydalanilishini ta’minlash infratuzilmasini tashkil etishga 
maqsadli investitsiyalar kiritish printsipial ahamiyat kasb etadi.
Turli mamlakatlarda rivojlanishning har hil darajalarida ushbu vazifalar hal etiladi. Biroq 
shunga qaramay, bir qancha umumiy yondashuvlarni ajratib ko’rsatish mumkin: 
➢ 
Internetdan foydalanishning ommabop muassasalari va punktlarini tashkil etish; 
➢ 
maktablar, kutubxonalar, boshqa ommaviy muassasalarni Internetga ulash; 
➢ 
aholining ijtimoiy nochor qatlamlari uchun Davlat boshqaruvining korporativ tarmoqlari 
resurslari va Internetga kirishning Davlat tomonidan kafolatlanishi - bepul yoki imtiyozli tariflari 
bo’yicha.
Bo’lardan tashqari fuqarolarni va biznes sub’ektlarini Davlatning elektron xizmatlari 
mavjudligi haqida aytib o’tish joiz. Shu maqsadlarda o’zining kundalik vazifalarini amalga 
oshirish uchun Internetdan foydalanishning foydali ekanligini jamiyatga maqsadga yo’naltirilgan 
tarzda targ’ib qilish muhim ahamiyatga egadir.

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling