O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


  Davlat boshqaruvida AKTdan foydalanishda axborot xavfsizligini ta’minlash


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   152
Bog'liq
SATQ

5. 
Davlat boshqaruvida AKTdan foydalanishda axborot xavfsizligini ta’minlash 
masalasi 
Davlat boshqaruvida AKT infratuzilmasiga qo’yiladigan maxsus talablar axborot 
oqimining ochiq-oshkoraligi va mahfiyligi printsiplari balansini ta’minlash zaruriyatidan kelib 
chiqadi. Boshqacha aytganda ushbu tizimlarining, birinchi navbatda Davlat boshqaruvi 
korporativ tormog’i faoliyat ko’rsatishining birinchi darajali talabi uning axborot xavfsizligi 
hisoblanadi.
Modomiki, interaktiv muhitlar axborot havfsizligi nuqtai nazaridan nochor bo’lib qolar 
ekan, axborot aloqalarining globallashuvi, bir tomondan, xuquqka zid xatti-harakatlarning yangi 


116 
shakllari va usullarini, ikkinchi tomondan – ma’lumotlarning etarlicha havfsizligini 
ta’minlashning yangi usullarini keltirib chiqaradi. Boshqacha aytganda, barcha bug’inlarda – 
axborotni saqlash, uni qayta ishlash va kirish muxofazalangan aloqa kanallari orqali o’zatishda, 
ochiq rasmiy axborot infratuzilmasining alohida muhim segmentlarida axborot resurslarining 
havfsizligi, ularning yahlitligi, ularga kirish mumkinligi va ularning mahfiyligi hamda elektron 
hujjatlar mualliflarini bir hilda aniqlash mumkinligini ishonchli ta’minlanishi zarurdir.
Davlat boshqaruvida AKT xavfsizligini ta’minlash zaruriyati axborotni aloqaning ochiq 
tarmoqlariga, shu jumladan Internetga kirishda yoki boshqa kanallar bo’yicha kirishda ruxsat 
berilmagan kirishlardan yoki o’zgartirishlardan, shuningdek kompyuter xurujlari va viruslar 
ta’siridan himoya qilishning yagona talablarini qo’llash asosida kompleks yondashishni talab 
etadi.
Rivojlangan 
mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, axborot xavfsizligini 
ta’minlashning kontseptsiyasini ishlab chiqish hamma vaqt tegishli loyihalarning tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Bunga quyidagilar kiradi: 
➢ 
elektron hujjatlar aylanishi xavfsizligini ta’minlash; 
➢ 
mahfiy ma’lumotlar va axborot jarayonlarini ham xodimlarning qasddan sodir etilgan
ham malakasiz xatti-harakatlaridan, shuningdek tabiiy yoki texnogen tusdagi haloqatlar 
holatlaridan himoya qilish bo’yicha komplekc oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
➢ 
axborotni himoya qilish vositalarini takomillashtirish, umumiy ahamiyatli qayta 
ishlashning himoyalangan vositalarini qo’llash; 
➢ 
identifikator kalitlar, elektron raqamli imzolar, kriptografiya, nutqni, barmoq izlarini 
aniqlash dasturlari va xokazo har hil texnik, dasturiy yoki jismoniy himoya vositalari va 
boshqalar mahfiy axborotga kirish xuquqiga ega bo’lgan shaxslarni ishonchli 
identifikatsiyalashni ta’minlash; 
➢ 
xodimlar, menejerlar va texnik xizmatchilar uchun aniq lavozim yo’riqnomalarini 
yaratish.
Davlat axborot tizimlari va resurslaridan foydalanishni nazorat qilish va ularning davlat 
xizmatchilari tomonidan suiste’mol qilinishidan himoya qilish davlat axborot tizimlari, resurslari 
va texnologiyalari bilan ishlashda ular ishi monitoringini olib borish va operatsiyalarni hisobga 
olishning kompleks tizimini tashkil etish asosida ta’minlanadi.
Axborot havfsizligini ta’minlash umumiy harajatning salmoqli qismini tashkil etadi va 
o’zatilayotgan, saqlanayotgan yoki qayta ishlanayotgan axborotning muhimligi va mahfiyligi 
bilan bevosita bog’liqdir. Shu sababli himoyaning ishonchli tizimini qurish uchun axborotning 
mahfiylik darajasini, uning himoyalanganlik darajasini va axborot tizimi resurslariga kirish 
xuquqini to’g’ri belgilash zarurdir. 

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling