sub’ektning (Davlat, mamlakat fuqarolari, biznes sub’ektlari) munosabatlari dinamik tengligi
shaklida tasavvur qilish mumkin. Fuqarolar bir bo’lib, fuqarolik jamiyatini ifodalaydi, biznes
sub’ektlarining jami esa mamlakat iqtisodiyotini ifodalasa, Davlat integratsiyalovchi tizim
hisoblanadi.
Davlatning integratsiyalovchi roli bunda uchta nimtizimli munosabatlarda namoyon
bo’ladi:
➢
Hukumat muassasalarining o’zaro va mahalliy Davlat boshqaruv organlari bilan o’zaro
hamkorlik qilishi (G2G);
➢
Hukumat muassasalari bilan mamlakat fuqarolari o’rtasidagi o’zaro aloqa (G2C);
➢
Hukumat muassasalari bilan biznes sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro aloqa (G2B);
Mulkchilik, mansublilik munosabatlari va xokazolar emas, balki fuqaroviy-huquqiy,
ijtimoiy munosabatlar tegishli o’zaro hamkorliknin ustuvor mazmunini tashkil etadi.
AKTni joriy etish jarayonida Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish vazifasi
quyidagi muammolarni hal etishga yunaltiradi:
➢
umumiy vazifalarni hal etish maqsadida har hil hukumat to’zilmalarining samaraliroq
o’zaro hamkorligini qay tarzda tashkil etish mumkin (G2G);
➢
fuqarolarning manfaatlarini qanday qilib eng ko’p darajada hisobga olish va tegishli
Davlat muassasalarida ularga xizmat ko’rsatish sifatini qanday qilib oshirish mumkin (G2C);
➢
Davlatning biznes sub’ektlari bilan o’zaro foydali munosabatlarini qanday qilib tashkil
etish mumkin (G2B).
Davlat integratsiyalovchi funktsiyasini bajaradigan jamiyatning har hil sub’ektlari (G2G,
G2C, G2B) o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sxemasi yirik biznesda, ayniqsa zamonaviy
gorizontal-integratsiyalashgan korporatsiyada o’zaro hamkorlik tashkil etilishi sxemasida
printsipial jihatdan hech bir farq qilmaydi.
Davlat boshqaruvida AKT – bu Davlat boshqaruv organlarida jami ichki va tashqi
aloqalarni tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ko’llab-quvvatlash va
ta’minlash tizimidir.
Bunga quyidagilar kiritiladi:
➢
kommunikatsiya tarmoqlari orqali axborotni qayta ishlash, o’zatish va tarqatishning
elektron vositalari (shu jumladan Internet) asosida Davlat boshqaruvini axborot kommunikatsiya
texnologiyalari bilan ta’minlash;
➢
Davlat hokimiyat i barcha tarmoqlari organlarining fuqarolarning barcha toifalariga
elektron vositalar orqali xizmat ko’rsatishi;
➢
Davlat organlarining ishi to’g’risida fuqarolarga elektron vositalar orqali xabar berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |