O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


sub’ektning (Davlat, mamlakat fuqarolari, biznes sub’ektlari)


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   152
Bog'liq
SATQ

sub’ektning (Davlat, mamlakat fuqarolari, biznes sub’ektlari) munosabatlari dinamik tengligi 
shaklida tasavvur qilish mumkin. Fuqarolar bir bo’lib, fuqarolik jamiyatini ifodalaydi, biznes 
sub’ektlarining jami esa mamlakat iqtisodiyotini ifodalasa, Davlat integratsiyalovchi tizim 
hisoblanadi.
Davlatning integratsiyalovchi roli bunda uchta nimtizimli munosabatlarda namoyon 
bo’ladi: 
➢ 
Hukumat muassasalarining o’zaro va mahalliy Davlat boshqaruv organlari bilan o’zaro 
hamkorlik qilishi (G2G); 
➢ 
Hukumat muassasalari bilan mamlakat fuqarolari o’rtasidagi o’zaro aloqa (G2C); 
➢ 
Hukumat muassasalari bilan biznes sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro aloqa (G2B); 
Mulkchilik, mansublilik munosabatlari va xokazolar emas, balki fuqaroviy-huquqiy
ijtimoiy munosabatlar tegishli o’zaro hamkorliknin ustuvor mazmunini tashkil etadi. 
AKTni joriy etish jarayonida Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish vazifasi 
quyidagi muammolarni hal etishga yunaltiradi: 
➢ 
umumiy vazifalarni hal etish maqsadida har hil hukumat to’zilmalarining samaraliroq 
o’zaro hamkorligini qay tarzda tashkil etish mumkin (G2G); 
➢ 
fuqarolarning manfaatlarini qanday qilib eng ko’p darajada hisobga olish va tegishli 
Davlat muassasalarida ularga xizmat ko’rsatish sifatini qanday qilib oshirish mumkin (G2C); 
➢ 
Davlatning biznes sub’ektlari bilan o’zaro foydali munosabatlarini qanday qilib tashkil 
etish mumkin (G2B). 
Davlat integratsiyalovchi funktsiyasini bajaradigan jamiyatning har hil sub’ektlari (G2G, 
G2C, G2B) o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sxemasi yirik biznesda, ayniqsa zamonaviy 
gorizontal-integratsiyalashgan korporatsiyada o’zaro hamkorlik tashkil etilishi sxemasida 
printsipial jihatdan hech bir farq qilmaydi.
Davlat boshqaruvida AKT – bu Davlat boshqaruv organlarida jami ichki va tashqi
aloqalarni tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ko’llab-quvvatlash va 
ta’minlash tizimidir.
Bunga quyidagilar kiritiladi: 
➢ 
kommunikatsiya tarmoqlari orqali axborotni qayta ishlash, o’zatish va tarqatishning 
elektron vositalari (shu jumladan Internet) asosida Davlat boshqaruvini axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari bilan ta’minlash; 
➢ 
Davlat hokimiyat i barcha tarmoqlari organlarining fuqarolarning barcha toifalariga 
elektron vositalar orqali xizmat ko’rsatishi; 
➢ 
Davlat organlarining ishi to’g’risida fuqarolarga elektron vositalar orqali xabar berish. 

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling