O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


  Davlat boshqaruviga AKTni joriy etilishi biznes sub’ektlariga qanday foyda


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   152
Bog'liq
SATQ

3. 
Davlat boshqaruviga AKTni joriy etilishi biznes sub’ektlariga qanday foyda 
beradi? 
Biznes raqobat sharoitida yashab qolish uchun o’zining doimiy ravishda takomillashuvga 
intilishi tufayli zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va faol joriy 
etishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida maydonga chiqdi. AKT tizimlarining Davlat 
boshqaruviga joriy etilishi ham sog’lom tadbirkorlikni va xususiy tashabbusni rivojlantirish va 
biznes to’zilmalarining samarali innovatsiya boshlanmalari uchun qo’lay muhit yaratish 
extiyojlariga javob berishi jihatidan istisno emas.


114 
Umumiy ma’noda gap G2V nimtizimida munosabatlarning o’ziga xos “reinjnitiringi” ni 
amalga oshirish haqida bormoqda, ya’ni G2C nimtizimi birinchi navbatda iqtisodiyot sohasidagi 
Davlat boshqaruvining amaldagi tizimini Davlat va biznes to’zilmalarining umumiy ishi yulida – 
biznes sub’ektlaridan har birining ravnak topishi, binobarin, butun mamlakatning ravnak topishi 
uchun ularning tadrijiy o’zaro hamkorligining samarali mexanizmiga aylantirishdir.
Munosabatlarning bu nimtizimida quyidagi reinjiniring asosiy sub’ektlari hisoblanadi: 
byudjet va soliqlarni tartibga solish, Davlat organlari va tijorat to’zilmalarining o’zaro iqtisodiy 
hamkorligi, kreditlar, investitsiyalar va boshqa moliyaviy resurslarni boshqarish, tijorat 
faoliyatini litsenziyalash va x.k. Bunda bu va boshqa masalalar bo’yicha Davlatning biznes 
sektor bilan mavjud direktiv hamda nazorat qiluvchi munosabatlarini madaniyatli o’zaro 
sheriklik munosabatlari oqimlariga ko’chirish.
Bu esa quyidagi ishlarni amalga oshiradi: 
➢ 
Davlat boshqaruvining ortiqcha bug’inlarini qisqartirish, tartibga solish, soliq yukini 
kamaytirish, shuningdek hujjatlar aylanishining raqamli texnologiyalarini keng joriy etish yuli 
bilan biznes jarayonlarini va tranzaktsiyalarini tezlashtirish, soddalashtirish hamda 
arzonlashtirish; 
➢ 
biznes to’zilmalari oldida turgan qog’ozbozlik va ma’muriy to’siqlarni bartaraf etish; 
➢ 
qonunlardan va bozor talablaridan kelib chiqqan holda mavjud resurslarni maqsadga 
yo’naltirilgan erkin boshqarish
➢ 
rivojlanish dasturlarini rag’batlantiruvchi qo’llab-quvvatlash.
Ushbu vazifalarni hal etish quyidagi masalalar bo’yicha biznes sub’ektlariga elektron 
Davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini dadillik bilan rivojlantirish yuli bilan erishiladi: 
➢ 
vakolatli tashkilotlardan loyiha hujjatlariga ruxsatnomalar olish va ular bilan kelishish; 
➢ 
litsenziyalar olish va ularni o’zaytirish; 
➢ 
kompaniyalarni Davlat ruyxatidan o’tkazish va qayta ruyxatdan o’tkazish; 
➢ 
byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy korporativ to’lovlarni amalga 
oshirish; 
➢ 
yuridik maslahatlar, qonun hujjatlariga o’zgartirishlar to’g’risida o’z vaqtida va to’liq 
axborot olish; 
➢ 
eksport-import operatsiyalar bo’yicha tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni va bojxona 
to’lovlarini rasmiylashtirish
➢ 
buxgalteriya, soliq va statistika hisobotini rasmiylashtirish va x.k.
Bunda elektron tijoratni rivojlantirish G2C nimtizimi xizmatlarining muhim sektori 
hisoblanadi.

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling