O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Davlat boshqaruviga AKTni joriy etilishi Davlat boshqaruviga qanday foyda
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
4.
Davlat boshqaruviga AKTni joriy etilishi Davlat boshqaruviga qanday foyda beradi? Shunday qilib, jamiyatga ko’rinmaydigan, biroq AKT tizimlarini joriy etish samaradorligi ularga ko’p jihatdan bog’liq bo’lgan, o’z navbatida umuman Davlat boshqaruv samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydigan masalalarni ko’rib chiqsak. Bu Davlat apparatining ichida G2G nimtizimida sifat jihatidan yangi munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirish haqida bormoqda. Ushbu bug’in butun tizim uchun zarur bo’lgan asos hisoblanadi, bu bug’insiz Davlat boshqaruvida AKTni joriy etish printsip jihatidan mumkin emas. Davlat boshqaruvi organlarining korportiv tormog’i uning moddiy texnik va axborot kommunikatsiya asosi sifatida ish ko’radi. Munosabatlar va aloqalarning ushbu nimtizimida hal etiladigan asosiy vazifalar: ➢ Davlat boshqaruvi organlari va Davlat muassasalarining axborot massivlari, banklari va ma’lumotlar bazasini yagona tizimga integratsiyalash; ➢ hujjatlar aylanishini optimallashtirish; 115 ➢ Davlat qarorlarini ishlab chiqishini, kelishishni, qabul qilishni va ijrosini nazorat qilishni optimallashtirish. Yuqorida keltirilgan vazifalar fuqarolar va biznes sub’ektlarining Davlat xizmatlariga bo’lgan kundalik extiyojlaridan nisbatan ajralib qolgandek bo’lib tuyulishiga qaramay, Davlat boshqaruviga AKT joriy etilishining butun jamiyat uchun asosiy afzalligi xuddi shu bug’inda ta’minlanadi: ➢ hukumat resurslaridan foydalanish tezligi: tegishli portallar orqali u yoki bu muassasaga hujjat almashish elektron shaklda bir zumda amalga oshiriladi va navbatda turishlarini talab qilmaydi; ➢ shaxsan hozir bo’lish va “idorama-idora” yurishning hojati bo’lmaydi: Davlat organlariga hujjatlar berish va tegishli Davlat xizmatlaridan foydalanish fuqarolar va biznes sub’ektlariga Internet resurslariga kirish mumkin bo’lgan har qanday joydan masofadan turib ta’minlanadi; ➢ “bir darcha” printsipi: Davlat boshqaruvi korporativ tormog’ining istalgan bug’iniga kiritilgan axborot elektron pochta vositalari va tarqatmalar orqali barcha manfaatdor Davlat organlariga yuboriladi. Ularning javoblari va rezolyutsiyalari ilk marta murojaat qilingan nuqtada jamlanadi; ➢ bir hil ma’lumotnomalar, guvohnomalar va xokazolarni Davlat organlariga ko’p martalab taqdim etish zaruriyatining yo’qligi: axborot Davlat boshqaruvining korporativ tormog’iga bir marta kiritiladi va ko’p martalab foydalaniladi. Davlat boshqaruviga AKTni joriy etish va undan foydalanish aholining imkoni boricha keng qatlamlari tegishli texnologiyalardan foydalanishlariga bevosita bog’liq bo’ladi. Chunki kompyuter texnologiyasi va infratuzilma nisbatan qimmat turishi tufayli aholi asosiy qismining daromadi darajasi past ekanligi axborot texnologiyalari ommaviy yoyilishiga jiddiy tusiq hisoblanadi. Bu degani Davlat boshqaruviga AKTni joriy etishning muayyan darajasida Davlat va fuqarolar axborot notengligining fundamental muammosiga duch kelishi mumkin. Bunday sharoitlarda Internetdan yalpi foydalanilishini ta’minlash infratuzilmasini tashkil etishga maqsadli investitsiyalar kiritish printsipial ahamiyat kasb etadi. Turli mamlakatlarda rivojlanishning har hil darajalarida ushbu vazifalar hal etiladi. Biroq shunga qaramay, bir qancha umumiy yondashuvlarni ajratib ko’rsatish mumkin: ➢ Internetdan foydalanishning ommabop muassasalari va punktlarini tashkil etish; ➢ maktablar, kutubxonalar, boshqa ommaviy muassasalarni Internetga ulash; ➢ aholining ijtimoiy nochor qatlamlari uchun Davlat boshqaruvining korporativ tarmoqlari resurslari va Internetga kirishning Davlat tomonidan kafolatlanishi - bepul yoki imtiyozli tariflari bo’yicha. Bo’lardan tashqari fuqarolarni va biznes sub’ektlarini Davlatning elektron xizmatlari mavjudligi haqida aytib o’tish joiz. Shu maqsadlarda o’zining kundalik vazifalarini amalga oshirish uchun Internetdan foydalanishning foydali ekanligini jamiyatga maqsadga yo’naltirilgan tarzda targ’ib qilish muhim ahamiyatga egadir. Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling