O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


  Davlat boshqaruviga AKTni joriy etilishi fuqarolarga nima foyda beradi?


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   152
Bog'liq
SATQ

2. 
Davlat boshqaruviga AKTni joriy etilishi fuqarolarga nima foyda beradi? 
Jamiyatning Davlat boshqaruviga AKT joriy etilishi munosabati bilan sarflanadigan 
kapital harajatlari fuqarolarning asabi, vaqti va Davlat apparatining har hil to’zilmalari bilan 
bevosita muomalada bo’lish munosabati bilan sarflanadigan boshqa chiqimlar tejab qolinishi 
evaziga qisqa vaqt ichida o’zini qoplaydi.
Misol uchun, hayotimizda kommunal xizmatlarga hak to’lash va pasport stolidan 
ma’lumotnoma olish uchun toliqtiradigan navbatda turishlar, pensiya ishlarini rasmiylashtirish 


113 
bilan bog’liq barchamizning joniga tegadigan tartib-qoidalar, soliq deklaratsiyasini to’ldirish 
uchun tuman yoki shahar markazlariga doimiy qatnash bilan bog’liq vaziyat o’zluksiz 
takrorlanib turadi. Fuqaroning Davlat boshqaruvining “klassik” to’zilmalari bilan muomalasida 
yuzaga keladigan bu tashvishlarining oxiri yo’q okimi har birimizdan jismoniy hozir bo’lishini, 
xonama-xona yurishini va ayni bir masala yuzasidan ko’p sonli amaldorlar bilan bevosita 
muloqotda bo’lishni talab etadi. Buning ustiga to’zilmalarning turli qog’ozbozlik qiliqlariga 
toqat qilish zarurligini aytib o’tirish shart emas.
Davlat boshqaruviga, ayniqsa G2C nimtizimiga AKT tizimi joriy etilishining birinchi va 
asosiy yutug’i ushbu barcha harajatlardan halos bo’lishdadir. Bunda yuqorida keltirilgan 
xizmatlarni kim ko’rsatishi – markaziy yoki mahalliy Davlat organlarimi yoki ularning 
topshirigiga ko’ra har hil muassasalar va xususiy tijorat to’zilmalari ko’rsatishimi – buning farqi 
yo’q. Asosiysi ushbu holatlarning har birida fuqarolarning idorama-idora sarson bo’lishlarini 
hech bo’lmaganda qisqartirishdan iborat. Fuqarolarga ularning kundalik zarur Davlat 
axborotidan elektron foydalanishlari imkonini berish va onlayn elektron xizmatlar ko’rsatishga 
doir ishlarni tashqil etish yuli bilan ushbu muammoni samarali hal etish mumkin.
Davlat boshqaruvining axborot-kommunikatsiya tizimlari bugungi kunda ko’plab 
mamlakatlar aholisining kundalik hayotiga tobora kengroq joriy etilmokda. Rivojlangan 
mamlakatlarda haqiqatda ko’rsatilayotgan ushbu tizim xizmatlaridan ayrimlari quyidagilardir: 
➢ soliq deklaratsiyalarini taqdim etish va shaxsiy to’lovlarni: daromad solig’i, mol-mulk 
solig’i va x.k. 
➢ ijtimoiy ta’minot xizmatlaridan foydalanish, grantlar va qarzlar olish
➢ so’rov va etkazib berish funktsiyalari bilan birgalikda fuqarolik holatining ko’plab 
dalolatnomalarini rasmiylashtirish; 
➢ fuqarolarni doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo’yicha ruyxatdan o’tkazish, manzil 
o’zgarganligi to’g’risida bildirishnoma; 
➢ shaxsiy hujjatlarni – pasportlar, xaydovchilik xuquqini va xokazolarni rasmiylashtirish; 
➢ shikoyat va arizalarni qabul qilish, yuridik maslahat berish xizmatlari
➢ sog’likni saklash tizimi xizmatlari; 
➢ oliy o’quv yurtlariga kirish test sinovlari, xaydovchilik xuquqini olishga imtihonlar 
topshirish, masofadan turib o’qitish usuli bilan Davlat ta’lim muassasalarida malaka oshirish va 
boshqalar; 
➢ ish izlash va mutaxassislarning kasb darajasini elektron test sinovidan o’tkazish bo’yicha 
mehnat birjalari xizmatlari
➢ kreditlar, imtiyozlar va litsenziyalarni onlayn rejimida rasmiylashtirish; 
➢ daromadlar, dividendlar to’g’risida axborot va maslahatlar olish
➢ har hil badallarni, kommunal xizmatlar xaqini to’lash va ko’plab boshqa narsalar. 
Tarmoq resurslari orqali ko’rsatilayotgan ko’plab Davlat xizmatlarining o’ziga xos 
moliyaviy asosini tashkil etuvchi elektron pullar aholiga ko’rsatilayotgan tez sur’atlarda 
rivojlanayotgan zamonaviy onlayn xizmatlaridan biridir. Elektron pullar axborot tarmoqlarida 
pul aylanishini tashkil qilish shaklidir.

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling