O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Davlat boshqaruvida AKTdan foydalanishda axborot xavfsizligini ta’minlash
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
5.
Davlat boshqaruvida AKTdan foydalanishda axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi Davlat boshqaruvida AKT infratuzilmasiga qo’yiladigan maxsus talablar axborot oqimining ochiq-oshkoraligi va mahfiyligi printsiplari balansini ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqadi. Boshqacha aytganda ushbu tizimlarining, birinchi navbatda Davlat boshqaruvi korporativ tormog’i faoliyat ko’rsatishining birinchi darajali talabi uning axborot xavfsizligi hisoblanadi. Modomiki, interaktiv muhitlar axborot havfsizligi nuqtai nazaridan nochor bo’lib qolar ekan, axborot aloqalarining globallashuvi, bir tomondan, xuquqka zid xatti-harakatlarning yangi 116 shakllari va usullarini, ikkinchi tomondan – ma’lumotlarning etarlicha havfsizligini ta’minlashning yangi usullarini keltirib chiqaradi. Boshqacha aytganda, barcha bug’inlarda – axborotni saqlash, uni qayta ishlash va kirish muxofazalangan aloqa kanallari orqali o’zatishda, ochiq rasmiy axborot infratuzilmasining alohida muhim segmentlarida axborot resurslarining havfsizligi, ularning yahlitligi, ularga kirish mumkinligi va ularning mahfiyligi hamda elektron hujjatlar mualliflarini bir hilda aniqlash mumkinligini ishonchli ta’minlanishi zarurdir. Davlat boshqaruvida AKT xavfsizligini ta’minlash zaruriyati axborotni aloqaning ochiq tarmoqlariga, shu jumladan Internetga kirishda yoki boshqa kanallar bo’yicha kirishda ruxsat berilmagan kirishlardan yoki o’zgartirishlardan, shuningdek kompyuter xurujlari va viruslar ta’siridan himoya qilishning yagona talablarini qo’llash asosida kompleks yondashishni talab etadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, axborot xavfsizligini ta’minlashning kontseptsiyasini ishlab chiqish hamma vaqt tegishli loyihalarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bunga quyidagilar kiradi: ➢ elektron hujjatlar aylanishi xavfsizligini ta’minlash; ➢ mahfiy ma’lumotlar va axborot jarayonlarini ham xodimlarning qasddan sodir etilgan, ham malakasiz xatti-harakatlaridan, shuningdek tabiiy yoki texnogen tusdagi haloqatlar holatlaridan himoya qilish bo’yicha komplekc oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish; ➢ axborotni himoya qilish vositalarini takomillashtirish, umumiy ahamiyatli qayta ishlashning himoyalangan vositalarini qo’llash; ➢ identifikator kalitlar, elektron raqamli imzolar, kriptografiya, nutqni, barmoq izlarini aniqlash dasturlari va xokazo har hil texnik, dasturiy yoki jismoniy himoya vositalari va boshqalar mahfiy axborotga kirish xuquqiga ega bo’lgan shaxslarni ishonchli identifikatsiyalashni ta’minlash; ➢ xodimlar, menejerlar va texnik xizmatchilar uchun aniq lavozim yo’riqnomalarini yaratish. Davlat axborot tizimlari va resurslaridan foydalanishni nazorat qilish va ularning davlat xizmatchilari tomonidan suiste’mol qilinishidan himoya qilish davlat axborot tizimlari, resurslari va texnologiyalari bilan ishlashda ular ishi monitoringini olib borish va operatsiyalarni hisobga olishning kompleks tizimini tashkil etish asosida ta’minlanadi. Axborot havfsizligini ta’minlash umumiy harajatning salmoqli qismini tashkil etadi va o’zatilayotgan, saqlanayotgan yoki qayta ishlanayotgan axborotning muhimligi va mahfiyligi bilan bevosita bog’liqdir. Shu sababli himoyaning ishonchli tizimini qurish uchun axborotning mahfiylik darajasini, uning himoyalanganlik darajasini va axborot tizimi resurslariga kirish xuquqini to’g’ri belgilash zarurdir. Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling