O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
Davlat boshqaruvga AKTni joriy etishning o’ziga xos jihatlari va bosqichlari
Axborot texnologiyalarini Davlat boshqaruviga kiritilishi shu sohada ko’zatishlar olib borgan mutaxassislar tomonidan 60 dan ortiq mamlakatda olib borilgan tadqiqotlar aynan rivojlangan davlatlardagina AKT iqtisodiy o’sish bilan o’zviy bog’liqligini ko’rsatadi. Ya’ni, rivojlanayotgan mamlakatlarda AKTning ta’siri kam bo’lib, uning rivojlanishi faqat ma’lum bir darajaga etganidan keyingina yalpi ichki mahsulotning jon boshiga o’sishini ta’minlash mumkinligi qayd etilgan. Respublikamiz iqtisodiy sektoriga AKTga jalb etilgan investitsiyalar hajmi oxirgi yillar mobaynida tahlil qilingan Davlat boshqaruvi organlari va korxonalari bo’yicha sof foyda miqdori ortganligi fikrimizning isboti bo’la oladi. Halqaro tajriba shuni ko’rsatadiki, Davlat boshqaruvida AKTni ko’rsatadiki uning natijaviy samaradorligini xususan axborotning o’zaro ta’siri, qayta ishlanishi va izlanishini amalga oshirish uchun vaqt qisqarishi hisobiga unumdorlikni o’rtacha 20 foizga ko’paytirish imkonini yaratadi. 111 Davlat islohotlarini amalga oshirilishida xujalik boshqaruvi hamda hokimiyat organlarida axborot texnologiyalarini faol o’zlashtirish va keng joriy etish ishlari amalga oshirilmokda. Mustaqillik yillari mobaynida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar negizida AKTning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi tufayli O’zbekiston Respublikasining global axborot hamjamiyatida munosib o’rin egallashiga sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. O’tkazilgan ko’zatuvlar shu ko’rsatadiki, Davlat AKTni rivojlantirish uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bir vaqtning o’zida AKTni Davlat boshqaruviga kiritish boshlandi. Davlat tashkilotlarini real vaqt - Onlayn tizimiga ulash Davlat sektori va fuqarolar o’rtasidagi yagona elektron vosita bilan ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi zamonaviy axborot asriga kirishga jiddiy maqsadlar qo’yayotganligini ko’rsatadi. AKTni Davlat boshqaruviga kiritishga katta e’tibor qaratilganligini hisobga olib, Davlat hukumati tomonidan 2003-2010 yillarda Davlat boshqaruvida elektron texnologiyalarni joriy etish dasturi tayyorlangan edi. Ushbu dastur Davlat boshqaruvida elektron hujjatlar aylanishini keng targ’ib qilish, fuqarolarga ko’rsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilash va hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qaror va qonunlarni oshkoraligini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risidadir. Dastur asosida birinchi bosqichda Davlat boshqaruv organlarida Davlat xizmatlari haqidagi ma’lumotlar (jumladan mansabdor shaxslarning qabul vaqti, xizmat telefonlari) joylashtirilgan veb sahifalari ochiladi. Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling