Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 115.5 Kb.
bet7/8
Sana24.12.2022
Hajmi115.5 Kb.
#1053263
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi. Mahliyo Omonova.psixolingvistika

A.R.Luriya ta’limoti. L.S.Vigotskiy nutq yaratilishining shakllangan modelini taklif qilmagandi, u faqat umumiy psixologik tamoyillarnigina ko‘rsatib bergandi. L.S.Vigotskiyning g‘oyalari keyinchalik neyrolingvistika yo‘nalishiga asos solgan rus psixologi Aleksandr Romanovich Luriya (1902-1977) tomonidan rivojlantirildi. Olim ifodaning dinamik sxemasi haqidagi ta’limotni ishlab chiqadi. Unga ko‘ra, mazkur dinamik sxema ifoda fikr bosqichining qismi hisoblanadi.
A.R. Luriya modelida ifoda shakllanishining markaziy muammosi fikrning ma’noga aylanishidir. Nutqiy ifodaning yaratilishi bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Jarayonning boshida motiv turadi. Undan so‘ng fikr paydo bo‘ladi va u keyinroq ifodaga aylanadi. So‘ng jarayonga ichki nutq qo‘shiladi va u botiniy sintaktik strukturalarning shakllanishiga olib keladi. Vanihoyat, zohiriy sintaktik strukturalarga asoslangan tashqi yoyiq nutqiy ifodalar yuzaga keladi3.
A.R. Luriya modelidagi bosqichlarning batafsil izohini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
1. Birinchi bosqich Semantik qayd “keyinchalik bir-biri bilan uzviy bog‘langan so‘zlar tizimiga aylanishi lozim bo‘lgan yig‘iq nutqiy ifoda xususiyatiga ega bo‘ladi”. Ifodaning chiqish sxemasi yoki “semantik qaydi” ikki qism: tema va remadan tarkib topadi. Nutqiy ifodaning chiqish sxemasiga aylanishi ichki nutq vositasida amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, nutq yaratilishining dastlabki jarayonida sxema o‘ta yig‘iq va bo‘laklarga ajralmagan bo‘lib, uning birliklar majmuyiga aylanishi keyinroq sodir bo‘ladi.
2. Ichki nutq. Nutqiy ifoda shakllanishining ushbu bosqichida ichki fikr “nutqiy ma’nolarning yoyiq sintaktik tizimiga” o‘tadi. “Semantik qayd”ning “semantik qayd” yoki chiqish sxemasidir. birgalik sxemasi bo‘lajak yoyiq sintaktik ifodaning tarkibiy strukturasida qayta kodlashadi.
3. Yoyiq nutqiy ifodaning shakllanishi. A.R.Luriyaning fikricha, yoyiq nutqiy ifoda bir tomondan, muloqot va xabarni uzatish jarayoniga kiritilgan bo‘lsa, boshqa tomondan, “uning tarkibiga bir emas, balki o‘zaro aloqadagi bir necha gaplar silsilasi kiradi”. Olimning ta’kidlashicha, yoyiq nutqiy ifoda tarkibiga kiradigan ibora yoki gaplarni kontekstdan tashqarida o‘rganish mumkin emas. Bundan tashqari, yoyiq ifoda tarkibiga kiruvchi gaplar referent ma’no (til birligi ifodalaydigan tushuncha – Sh.Usmanova) bilan birga, muloqot jarayonida yuzaga chiqadigan ijtimoiy-kontekst ma’nolariga ham ega bo‘ladi. Aynan shuning uchun ham “ifoda shakllanish jarayonini lingvistik tahlil qilishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Bu jarayonni muloqot vaziyati, so‘zlovchining motivi, xabarning mazmuni va bu xabarga tinglovchining munosabati va h.k. hisobga olgan holda keng qamrovli psixologik (hatto ijtimoiy-psixologik) tahlil qilish lozim bo‘ladi”4.
Qayd qilingan barcha xususiyatlar A.R.Luriyaga nutqiy ifodani boshqa psixik faoliyatlar kabi psixologik strukturaga ega bo‘lgan nutqiy faoliyatning alohida turi sifatida tadqiq qilishiga asos berdi.
Shunday qilib, A.R.Luriyaga ko‘ra, nutqiy ifoda o‘zining motivlari, chiqish vazifalari ega bo‘lgan muayyan faoliyat turidir.

Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling