O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik –texnologiya instituti


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1021484
  1   2
Bog'liq
QURG\'ONOV.F 6666



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK –TEXNOLOGIYA 
INSTITUTI
 
 
 
 
“Iqtisod” fakulteti 
 “Falsafa” fanidan 
 
 
 

Bajardi: 23 E-22 guruh talabasi 
Qurg’onov. Furqat

Qabul qildi: Abdurashid. A.M
 
NAMANGAN – 2022 yil 



Jamiyatning ijtimoiy,siyosiy va ma'naviy tizimi 
 
REJA: 
1. Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi hamda Sharq mutafakkirlarining jamiyat 
to‘g‘risidagi qarashlari. 
2. G‘arb sotsiologiyasida ijtimoiylik atamasi va Maks Veber konsepsiyasida ijtimoiy 
tiplar nazariyasi. 
3. Jamiyat va davlat, jamiyatning mexanistik, organik va boshqa tarzlarda 
ta’riflanishi. 
4. An’anaviy va industrial jamiyat hamda ularning belgilari. 
 
Tayanch so‘z va iboralar:Murojaatnoma, HarakatlarStrategiyasi, Jamiyat, ijtimoiylik, 
sektorlar, davlatbelgilari, T.Parsons nazariyasi, Harakatning umumiy nazariyasi, Davlat 
mexanizmi, sotsiologiyadajamiyatyo‘nalishlari, Davlat funksiyalari, zamonaviy jamiyat 
turlari, industrial (sanoat)va postindustrial jamiyat, fuqarolikjamiyati. 
Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi va sharq mutafakkirlarining jamiyat to‘g‘risidagi 
qarashlari 
Jamiyat (arab. umumiy) – tabiatning bir qismi, borliqning alohida shaklini ifodalaydigan 
falsafiy tushuncha, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o‘rtasida amal qiladigan 
ko‘plab munosabatlar majmuasi, o‘zida moddiylik va ma’naviylikni, ob’ektivlik va 
sub’ektivlikni, tabiiylik va ijtimoiylikni mujassamlashtiradigan tushuncha.
1
Yoki boshqacha 
aytganda, jamiyat – insonlarning barcha o‘zaro harakatlari uslublari va bir-biridan har 
tomonlama bog‘liqligi ifodalanadigan birlashmalarning yig‘indisi. 
Ijtimoiylik atamasi – jamiyat hayotining turli tomonlarini belgilash uchun xizmat qiluvchi 
tushunchadir. 
Aksariyat sotsiologik lug‘atlarda jamiyat deyilganida, “Tarixiy rivojlanish jarayoni 
davomida tashkil topgan inson o‘rtasidagi moddiy boyliklarni ishlab chiqarish va o‘z 
ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o‘zaro faoliyati natijasida yuzaga kelgan sotsial 
aloqalar va munosabatlarning mustahkam tizimi
2
” tushunilad. 
1
Маънавият: асосий ту шу нчалар изоҳл и лу ғати. – Т.: Ғо фу р Ғу лом номида ги нашриёт – матбаа ижодий у йи, 2 009. – 1 56-бет.
2Социологический энциклопедический словарь: На русском, английском, немецком, французском и чешском языках / Ред.-координатор Г.В.Осипов ; Ин-т соци-ально-политич. исслед. РАН: И н-т социологии РАН. — М.: Издательская группа ИНФРА*М-НОРМА, 1998. – С.212. 


N.I.Kareev o‘zining «Sotsiologiyani o‘rganishga kirish» (1897) asarida shunday yozadi: 
«Davlat, huquq va qishloq xo‘jaligidan tashqari jamiyat hayotida shunday voqyea va 
hodisalar bor ediki, ularni bu uchta soha nuqtai nazaridan tadqiq qilishning iloji yo‘q edi. 
Bu jamiyatning diniy madaniyati, tili, ahloqi va an'analari, e'tiqodi, dunyoqarashi, san'ati va 
adabiyoti. Biz jamiyatni yuqorida aytib o‘tilgan uchta soha nuqtai nazaridangina ko‘rib 
chiqsak, jamiyat to‘g‘risidagi tasavvurimiz juda tor bo‘lib qoladi. Jamiyatning siyosiy, 
huquqiy va iqtisodiy sohalarini birgalikda ko‘rib chiqish orqali ham jamiyat hayoti nima 
ekanligi to‘g‘risida to‘laqonli tasavvur olib bo‘lmaydi
3
”. 
Jamiyat — tabiatning bir qismi, ya`ni ijtimoiy borliq bo’lib, odamlar uyushmasining 
mahsus shakli, kishilar o’rtasida amal qiladigan juda ko’plab munosabatlar 
yig`indisi, degan turlicha ta`riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, 
takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini 
bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha 
idrok etish ehtiyoji paydo bo’ldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida 
jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi. 
Jamiyat moddiy va ma`naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy 
va ma`naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. Moddiy hayot tadqiqiga ko’proq e`tibor 
berilar. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy 
bog’liq. Huddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani singari, jamiyatning moddiy 
va ma`naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun 
qo’yish mantiqqa ziddir. Prezident Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va 
ma`naviy manfaatlarini uyg`unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi ekani ta`kidlangan. Inson 
ma`naviyatini yuksaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning 
uchun ham hozirgi davrda aholi ma`naviyatini yuksaltirishga, milliy G’oya va mafkura 
asoslarini shakllantirishga katta e`tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jihatdan 
qashshoq bo’lgani uchun ilmsiz bo’lmaydi, balki, aksincha — ilmsiz bo’lgani uchun 
qashshoq bo’ladi. Shuning uchun yurtimizda halq ma`naviyatini yuksaltirish orqali 
iqtisodiy farovonlikni ta`minlashga katta e`tibor berilyapti. 
Jamiyatning vujudga kelishi. Kishilarni oila bo’lib, jamoa bo’lib uyushishga nima majbur 
qilgan, degan masala qadim zamonlardanoq ulug`mutafakkirlar e`tiborini jalb etgan. Bu 
masalani diniy tushunish — uni ilohiy kuch, hudo bilan boQlab izohlashdir. 
Dunyoviy qarashlarga ko’ra, odamlar o’zlarining moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini 
qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo’lib birlashishga ko’nikkan. Kishilar hayotiy 
tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo’lib yashashning qulay, afzal va zarurligini 
tushungan. Bu jarayonda o’zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarni 
takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma`naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni 
bir-biri bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini bergan. 


Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy 
shakllari — oila, davlat, jamoa (qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar o’rtasida amal 
qiladigan ahloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, mafkuraviy kabi 
munosabatlarning barchasi bir so’z bilan ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy 
uyushmalar kishilarning moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qoldirishga yordam beradi. Ular 
mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti hisoblanadi. Masalan, oila, davlat, 
ta`lim-tarbiya, mahalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o’z mohiyatini yo’qotadi. 
Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, 
o’zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma`naviy ehtiyojlarga olamni 
bilish, o’zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san`at, G’oya, mafkura 
go’zallik bilan, ma`naviy kamolot yo’lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy 
ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirilishida yaqqol namoyon bo’ladi. Inson aqlli 
mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va 
jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma`naviy olamni uyg`unlashtirishga, tabiat va 
jamiyatni o’z maqsadlariga mos ravishda o’zgartirishga harakat qiladi. Ilm-fan va tehnika 
insonning ma`naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vosita bo’lib hizmat 
qiladi. Inson yuksak ma`naviyat tufayligina o’z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va 
to’laroq qoldirish imkoniga ega bo’ladi. 
Mamlakatimizda ma`naviyat masalalariga alohida e`tibor berilayotganining sababi ham ana 
shunda. Jamiyatning moddiy va ma`naviy hayoti kishilarning moddiy va ma`naviy 
ehtiyojlari bilan uzviy bog’liq holda vujudga keldi. 
Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi: 
- kishilarning yashashi, shahs sifatida kamol topishi uchun zarur bo’lgan iqtisodiy shart-
sharoitlar; 
- oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg`i, kommunikasiya vositalari
- moddiy ne`matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste`mol qilish; 
- ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar 
majmui; 
- moddiy boyliklar, tabiiy zahiralar. 
Jamiyatning ma`naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson tug’risidagi qarashlar, 
nazariyalar, ta`limotlar, g’oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta`lim-tarbiya, ahborot 
vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi. 
Jamiyatning moddiy va ma`naviy hayotini boshqarish, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni 
tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli 
uyushmalar) muhim o’rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jihatlari ham 
muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning chuqur o’zlashtirilishi 
jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 


Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma`naviy ehtiyojlari qondirilishida mehnat, mulk va 
mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi beqiyos ahamiyatga ega. Mehnatning kishilarning 
qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan 
shug`ullanadigan toifalar, guruh, qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat 
strukturasida o’ziga hos o’rin egalaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan hissa qo’shadi. 
Jamiyat taraqqiyoti tug’risidagi nazariyalar. Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati 
va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Hususan, nemis faylasufi Hegel jamiyatning 
shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L. Feyerbah din 
bilan bog`lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Fransuz 
mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma`naviy taraqqiyotining 
uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks jamiyatning 
rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o’zgarishlar bilan bog’lagan, barcha 
ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni 
sun`iy ravishda mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy 
inqilobni amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot 
bunday nazariyaning bir yoqlama va hato ekanini ko’rsatdi. 
Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekani tug’risidagi qarashlar AQSh faylasufi O. 
Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko’ra jamiyatlar taraqqiyotiga binoan, 
agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat 
taraqqiyoti borasida sivilizasiyali yondashuv G’oyasi ilgari surilmoqda. Bunday 
yondashuvga ko’ra har bir halq o’zining betakror, noyob, o’ziga hos va o’ziga mos turmush 
tarzini saqlab qolgan holda, boshqa halqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy 
taraqqiyotning o’ziga hos modelini yaratadi. 
Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham hos. Har bir inson o’z oldiga qo’ygan 
maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo’lgani kabi, jamiyat ham 
o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi. 
Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan 
darajadagi bir tekis faoliyat ko’rsatish imkoniyatidir. U turg’unlik tushunchasidan keskin 
farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy turg`unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, 
ma`naviy tizimning tanazzuli alomatidir. 
Jamiyatda barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan almashib turishi ham 
mumkin. Jamiyatning ma`naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalarida muayyan yutuqlarga 
erishilgach, ijtimoiy imkoniyatlar ruyobga chiqarilib bo’lgach, uning bundan keyingi 
taraqqiyoti yo’lida yangi muammolar tug’iladi va ularni hal etish vazifasi paydo bo’ladi. 
Jamiyat a`zolarining ma`naviy salohiyati, milliy psihologiyasi, tabiiy ravishda mavjud 
siyosiy tuzum kishilarni boshqarishning o’ziga hos usullarini hayotga tadbiq etadi. 
Insoniyat hayoti tarixida jamiyat barqarorligini ta`minlashning monarhiyaga asoslangan, 
aristokratik, totalitar va demokratik usullari tajribadan o’tgan. 
 


G‘arb sotsiologiyasida ijtimoiylik atamasi va maks veber konsepsiyasida ijtimoiy tiplar 
nazariyasi 
Sotsiallik (ijtimoiylik) deganda insonlarning birgalikda mavjud bo‘lishini harakterlaydigan 
hamma hodisalar tushuniladi. Bunda tabiiy-fiziologik-biologik jihatdan farq qiladigan 
tomon ham hisobga olinadi. Sotsial yoki ijtimoiylik odamlar o‘rtasidagi bevosita yoki 
bilvosita munosabatlarning o‘zaro ta’siri natijasida jamiyatning turli qatlamlarga 
bo‘linishidir. 
M.Veberning “Tushunish” nazariyasiga ko‘ra, sotsiologiyaning vazifasi – individual 
harakatning sub’ektiv sabablarini “tushunish”, ularni izohlab berishdan iborat. Bunday 
izohlash empirik jihatdan tekshirilgan bo‘limi va uning o‘zi individual hodisani sababiy 
tushuntirishning qismi hisoblanishi zarur. Veber individual ijtimoiy harakatlarni ularni 
anglash darajasiga qarab turlarga bo‘lgan. Ijtimoiy fanlar metodologiyasida M.Veber 
“ijtimoiy tiplar nazariyasini ilgari surdi. 
M.Veber fikricha insonda 4 ta sotsial ta’sir mavjud: 
1. Qattiq hayajon 
2. An’anaviylik 
3. Ratsional qadriyatlar 
4. Ratsionallik 
Jamiyat va davlat, jamiyatning mexanistik, organik va boshqa tarzlarda ta’riflanishi. 
Jamiyat – kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo‘lib, o‘z tuzilishi jihatidan 
murakkab tizimni tashkil qiladi. Bizning hozirda yashab turgan jamiyatimiz sotsial 
tizimining muayyan konkret shakli sifatida, uning funksional va rivojlanish qonuniyatini, 
har bir bo‘lakchalarining o‘ziga xos tomonlarini, o‘zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan 
o‘rganib, to‘g‘ri boshqarish muhim ahamiyatga egadir. 
Chunki, o‘z vaqtida keyingi oqibati o‘ylanmagan, oldindan sotsiologik asosda tahlil 
qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotida salbiy asoratlar qoldiradi. 
Dunyoda 3 ta sektor mavjud: 
1. Davlat sektori 
2. Xususiy sektor 
3. Nodavlat sektori 
Shundan “davlat” tushunchasi odatda ma’lum bir hududda oliy hokimiyatga ega tashkilotni 
anglatadi. Davlatning mohiyatini yanada chuqurroq va har tomonlama anglash uchun uning 
muhim belgilarini bilish lozim. 
Davlatning belgilari: 


Boshqaruv apparatining borligi 
Chegaralar (suverenitet). 
Huquq tizimi. 
Davlat – butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv va majburlov 
apparatiga, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega bo‘lgan 
yagona siyosiy tashkilotdir. 
Davlat – hokimiyatning bosh instituti. Hokimiyat davlat orqali o‘z siyosatini amalga 
oshiradi. “Hokimiyat”, “davlat” va “siyosat” tushunchalari o‘zaro juda yaqin bo‘lib, bir-
birlarini belgilab beradi. 
Sotsiologiya tarixda jamiyat – o‘z ijtimoiy ehtiyojlariniqondiruvchi kishilar birligi sifatida 
tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat ayrim ijtimoiy birligini emas, balki ijtimoiy 
munosabatlar majmuasi hamdir. 
Jamiyat hayotini tadqiq qilishdagi 2 asosiy yo‘nalish 
T.Parsons (1902-1979) amerikaning “faol harakat qiluvchi”va tizimli funksional g‘oyaga 
ko‘ra, faolning akter vaziyatini baholash faqatgina uning individual ehtiyojlarga 
aylanmasdan, mavjud madaniyat umumiy namunalariga mos keladi. Parsons 
sotsiologiyada tafakkurni tikladi. Bu yo‘nalishdaijtimoiy tizim o‘zgarishi tashqi kuchli ta’siri 
orqali tushuntirilib, ko‘proq psixologik omillarga e’tibor qaratilgan. 
Marksistik ta’limotga ko‘ra, ijtimoiy tizim ziddiyatlar asosida ichki ta’siri orqali 
tushuntirish materialistik mohiyatga bo‘lgan moddiy munosabatlarning belgilovchi roliga 
asosiy e’tibor qaratilgan. 
Hozircha jamiyat hayotini sotsiologik jihatdan tadqiq qilishasosan, ikki yo‘nalishda 
rivojlanib keldi. Birinchi yo‘nalish O.Kontdan fransuz sotsiologi E.Dyurkgeym orqali 
rivojlantirilgan amerikalik sotsiolog T.Parsonslarning sotsiologik ta’limotlarini o‘z ichiga 
oladi. 
Har ikki ta’limot ham jamiyat hayotida muhim belgilarni o‘zida mujassamlashtirib keldi. 
Jamiyat hayotini tadqiq qilishda 2 asosiy yo‘nalish mavjud: 
Marksistik nazariya. 
T.Parsonsning “faol harakat va tizimli funksional nazariyasi”. 
Marksistik ta’limotga ko‘ra, ijtimoiy tizim ichki ziddiyatlar asosida ichki kuch ta’siri orqali 
tushuntirilib, materialistik mohiyatga ega bo‘lgan moddiy munosabatlarning belgilovchi 
roliga asosiy e’tibor qaratilgan. 
Marksistik ta’limotning asosi 2 ta: 
Tarixni materialistik asosda tushunish. 
Qo‘shimcha qiymat nazariyasi deb talqin qilinadi. 
Yangi sotsialistik (kommunistik) jamiyatga borish uchun Marksizm ta’limoti (lekin g‘oyasi


ham)ga ko‘ra: 
Revolyusion (inqilobiy, qon to‘kish, majaqlab tashlash) yo‘l bilan qurishdir. 
Sinfiylik: faqat ishchilar sinfi gigemon bo‘lishi kerak. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling