O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti tikuv buyumlari texnologiyasi nazariy asoslari fanidan amaliy mashg`ulotlarni


Tayyor mahsulotni qabul qilish qoidalari, buyumni yorliqlash va qadoqlash


Download 1.47 Mb.
bet16/16
Sana10.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1086812
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Usubiy (amaliy)

Tayyor mahsulotni qabul qilish qoidalari, buyumni yorliqlash va qadoqlash
Mahsulot sifatini aniqlash uchun sifatni baholash ko`rsatkichi zarur bo`ladi. Kiyim turiga qarab, mahsulot sifatini baholash ko`rsatkichlari har xil bo`ladi. Ular odamlarning va ishlab chiqarishning ehtiyojiga qarab belgilanadi. Yengil sanoatda sort ko`rsatkichi tayyor mahsulot sifat darajasini baholash ko`rsatkichi qilib olingan. Tayyor kiyimlar sorti tekshirish natijalarini tikuvchilik buyumlari sortini aniqlash texnik hujjatlari talablariga va mazkur buyum texnik hujjatlari (standart, texnik shartlar, texnik tavsif) talablariga taqqoslab belgilanadi.
Tayyor tikuvchilik buyumlarining sorti 12566-81 "maishiy mo`ljaldagi tikuvchilik buyumlari. Sortini aniqlash" standartiga muvofiq belgilanadi. Bu standart kiyim tikishga mo`ljallangan hamma tur materiallardan (qotirma yopishtirilgan sun`iy mo`ynadan, sintetik plyonkadan tikilgan kiyimlardan tashqari) tikilgan kiyimlarning hamma turiga tegishli bo`lib, u ust kiyim sortini belgilaydi. Tikuvchilik buyumlari uchun ikkita I va II sortlar belgilangan.
Standartlarga binoan kiyimning sifati iste`mol xususiyatlari (tashqi ko`rinishi, kiyimning gavdada turishi, o`lchamlari, ishtilgan materiallar sifati, texnologiyasi)ga qarab belgilanadi va kiyimning texnik hujjatlaridagi talablarga mos bo`lishi kerak. Kiyimning tashqi ko`rinishini quyidagi badiiy-estetik ko`rsatkichlar belgilab beradi: modelning zamonaviyligi, uning pardozlanishi, ranglarning xillanganligi, furnitura, ishlatilgan materiallarning (avra, astar va yordamchi materiallarning) bir-biriga munosibligi va h.k.
Kiyimni badiiy-estetik ko`rsatkichlariga binoan qabul qilish na`munalarga (etalonlarga) taqqoslab va kiyimning texnik shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Na`munaning badiiy-estetik ko`rsatkichlariga to`g`ri kelmagan kiyimni standartlar talabiga javob bermaydi deb hisoblash kerak.
Kiyimning gavdada to`g`ri turishi manekenda yoki manekenchi ayolga kiydirib tekshiriladi. Kiyim razmerlari, o`lchovlari va texnologiyasi texnik shartlarga qarab tekshiriladi.
Tayyor kiyimlar 10581-82 "Tikuvchilik buyumlari. Tamg`alash va o`rash" standarti talablariga muvofiq tamg`alangan bo`lishi kerak. Karton yoki qalin qog`ozdan qilingan tovar yoqlig`ini yopishtirib tamg`alanadi. Kiyim sortini tashqi ko`rinish nuqsonlari borligiga, kiyimning gavdada turishidagi, boshqa tikuvchilik-ishlab chiqarish nuqsonlariga, shuningdek materiallarning tashqi ko`rinish nuqsonlariga qarab aniqlanadi. Sort aniqlangandan keyin yorliqning orqa tomoniga nazoratchi nomeri va kiyim sorti ko`rsatilgan korxona tamg`asi qo`yiladi.
Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling