O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi navoiy davlat pedagogika institutio’zbek tili va adabiyoti fakulteti,, ” guruh talabasi


LUTFIY IJODIDA YOR VA OSHIQ OBRAZLARIGA TAVSIF


Download 1.55 Mb.
bet3/4
Sana22.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1109484
1   2   3   4
Bog'liq
LUTFIY SHEʼRIYATI OBRAZLARI

2..LUTFIY IJODIDA YOR VA OSHIQ OBRAZLARIGA TAVSIF

Lutfiy devonidan oʻrin olgan lirik asarlarning yetakchi mavzusi – ishqdir. Shu ishq insonning zohiriy va botiniy olamini oyna boʻlib aks ettiradi. Biz bu asarlarda ishqning dunyoviy talqinlarini ham yuksak sanʼat bilan aks ettirilganligini kuzatamiz. Navoiy oʻzining “Manoqibi Pahlavon Muhammad” asarida Lutfiyni “zohir ahli shuarosi”, yaʼni dunyoviy mavzular talqinida mahorat koʻrsatgan shoir sifatida alohida xarakterlaydi. Shoir lirikasida ancha keng oʻrin tutgan dunyoviy mavzular, ayni paytda, diniy tasavvufiy mavzular bilan uygʻunlashib, biri-birini toʻldirib keladi. Shu tarzda ular majoz va haqiqat birligini tashkil qiladi.

Alloh oʻzi yaratgan mavjudot va maxluqotlar orasida insonni eng moʻtabar pogʻonaga koʻtardi. Unga oʻz nurini berdi. Inson shuning uchun ham azizdir. U husn bobida ham “mazhari sunʼi ilohdir”. Odam shu kadar buyuk mohiyatki; Alloh uning yuzida oʻz aksini koʻradi. Lutfiyning quyidagi baytida shu mazmunga ishora qiluvchi teran bir fikr oʻzining goʻzal badiiy ifodasini topgan:
Ulki husn etti bahona elni shaydo qilgʻali,
Koʻzgudek qildi seni oʻzini shaydo qilgʻali.
Shoir asarlari uning oʻsha davrda keng tarqalgan tasavvuf gʻoyalari taʼsirida boʻlganligidan dalolat beradi. Alloh dunyoni mukammal goʻzallik timsoli sifatida yaratgan, shu goʻzallik ogʻushidagi odamning borliqni idrok etish tuygʻusi, muhabbat hislarining ustivorligi, atrofni oʻrab turgan jamoat va nabotot olami bilan aloqasini eng goʻzal fazilatlari sifatida kashf etgan. Lekin hayotda hamma narsa muvaqqat, u uzluksiz harakatda. Tabiat fasllari kabi odam umrining fasllari bir-biri bilan almashinib turadi. Shunga koʻra ham Lutfiyning gʻazallari markazida turgan qahramon hayotining Alloh inʼom etgan barcha goʻzalliklariyu, neʼmatlaridan bahramandlik tuygʻusi bilan yashaydi. “Bari aysh birla kechsa kerak ushbu umri foni”, deb xitob qiladi. Shoir lirik qahramonini navbahor kelishi bilan chamanlarning gurkirab ketishi, gul faslining tarovati maftun etadi. U shu chamanda “sarviqad guli xandoni”ni izlaydi:
Yoz boʻldi, kerak ul buti ayyor topilsa,
Barcha topilur, bizga kerak yor topilsa.
Men kezguchi qulnung tururin siz ne soʻrarsiz!
Istang meni ul yerdaki, didor topilsa.

Shoir lirikasida hayot zavqlari, tabiat goʻzalliklaridan bahramand boʻlish, shodlik va tarona ohanglari bilan bir qatorda inson qadriyati va uning orzu-umidlarini oyoq osti qiluvchi “kajraftor charx”, “sergina falak”, “jaholatpesha odamlar”dan ozurdahollik kayfiyatlari ham yuz koʻrsatadi. Bunday tasvirlarda shoir oʻzini oʻrab turgan hayotga har jihatdan yaqinlashib boradi.


Lutfiyning hamisha yaxshilikka umidvor boʻlgan oshiq nidolarini oʻz ichiga olgan shoh baytlaridan birida quyidagi talqinga koʻzimiz tushadi:
Yoʻq turur yolgʻuz bu Lutfiy joniga javri raqib,
Qayda bir dono durur ul javri nodon tortadur.
Lutfiyning oʻziga xos katta mahorati ham dastlab, bir tomondan qalamga olinayotgan barcha mavzularni qulay ochib beradigan poetik obrazlar vositasida tasvirlash bilan kitobxonlar qalbiga yoʻl topishidadir. Uslub soddaligi, ifodalarning xalqonaligi, sheʼr vaznining xalq qoʻshiqlariga yaqinligi Lutfiy lirikasining muvaffaqiyatini taʼmin etgan ikkinchi muxim omildir.
Lutfiy gʻazallari aruzning rang-barang tarmoqlarida yozilgan va ular aksar hollarda hajm jihatidan juda ixchamdir. U oʻz gʻazallarida aruzning xalq qoʻshiqlariga yaqin turgan ohangdor, oʻynoqi oʻlchovlarini tanlaydi. Lutfiy sheʼrlarida xalq urf-odatlari, marosim lavhalarini tez-tez uchratish mumkin. Lutfiy oʻz lirikasida xalqning jonli soʻzlashuv tilidagi erkalash, yupatish, qargʻish, istehzo, qochiriq iboralaridan mahorat bilan foydalaniladi. Maʼshuqning jabru sitamlaridan koʻngli ozurda boʻlgan oshiq ich-ichidan zorlanib aytadi:
Lutfiyni kim qargʻadi: “Yo rab, balogʻa uchra!” deb
Kim, seningtek tosh bagʻirliq dilrabogʻa uchradi.

Lutfiyning nazmiyatda xalq maqollaridan istifoda etish bobidagi sanʼatkorligi ayniqsa yuksaqdir. Uning ruboiy, qitʼa, tuyuq va fardlarida kishi ruhiy olamining rang barang lahzalari, axloq-odob mavzularining talqinlari asosiy oʻrin tutadi.

Shoirning toʻrtliklari haqida soʻz borar ekan, uning tuyuqlari alohida diqqatga sazovor. Koʻproq turkiy tiddagi sheʼriyatga taalukli tajnisli (zulmaʼniayn) soʻzlar vositasida tuyuq yaratish sanʼati Lutfiy sheʼriyatida yorqin ifodalangan deb aytish mumkin. Uning devonidan oʻrin olgan koʻplab tuyuqlardagi nafis maʼno tovlanishlari kitobxonni ona tilining boy imkoniyatlari qatlamlariga olib kiradi, uni xayolga tortib, estetik zavq beradi:
Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen,
Vah, qachon yetkayman ul dilbanda men,
Bevafolargʻa meni qilding asir,
Sen manga sultonsan, ey dil, bandamen.
Ushbu tuyuqda uch marta goh qoʻshilib, goh alohida yozilgani holda takrorlanib kelayotgan “dilbandamen” soʻzi misralardagi oʻrinlariga koʻra uch maʼnoni keltirib chiqarmoqda: 1) Ey, dil (koʻngil), men sening dastingdan qoʻl oyogʻi bogʻlanmagan (bandamen); 2) Faryodim shuki, u maʼshuqa (silband)ga qachon yetar ekanmen; 3) Ey, koʻngil (dil), sen meni vafosizlarga asir qilib qoʻyding. Bunga mening boʻysunib yurishdan boshqa ilojim yoʻq. Chunki sen menga podshohsan, men esa, senga banda – (qaram)dirman.
Alisher Navoiy oʻzining “Majolis un-nafois” asarida Lutfiyning turkiy tildagi sheʼriyatda boʻlgani kabi forsiy ijodsa ham “benazir erdi” deb yozadi. Lutfiy, xususan, forsiy qasidanavislikda oʻz zamonasi ijodkorlarining eʼtiborini qozongan edi. Navoiy yozadi: “Mavlono Lutfiy forsiyda qasidagoʻy ustodlardin koʻpining mushkul sheʼrlariga javob aytibdur va yaxshi aytibdur”. Navoiy tomonidan “Majolis un-nafois”da qayd etilgan bir necha parchalarning oʻzi Lutfiyning bu sohadagi salohiyatini koʻrsatib beradi. Navoiyning qayd etishicha, umri oxirlab borayotgan Lutfiyning:

Ey zi zulfi shab misolat soyaparvar oftob,


Shomi zulfatro ba joi moh darbar oftob.
(Sening tun kabi sochingdan quyosh soyada parvarish topadigan boʻldi. Sochingdan taralgan shom qoraligini oy oʻrniga quyosh koʻtarmoqda) matlali gʻazaliga zamondosh ijodkorlar koʻplab javob yozganlar. Lekin ularning hech biri Lutfiy darajasida sheʼr aytolmaganlar.
Lutfiyning Abdurahmon Jomiyga ixlosi katta edi. U Jomiyga “Suxan” radifli qasida ham bagʻishlagan. Umri oxirida boshlangʻich baytinigina yozishga ulgurgan “Aftad” radifli gʻazalini tugallab, oʻz devoniga kiritishini Abdurahmon Jomiyga vasiyat qilgan. Jomiy keksa shoirning bu vasiyatini ado etgan, bugungacha Jomiy devonida yashab kelayotgan “Aftad” radifli gʻazal ikki buyuk soʻz sanʼatorining ijodiy hamkorligidan yodgorlik sifatida qadrlidir.
Lutfiyning forsiy nazmiyatidagi mislsiz sanʼatkorligini keyingi asrlarda yashagan tazkiranavislar ham qayd etadilar. Akbarshoh zamonida yashagan Abdulla Kobuliy oʻzining “Tazkirat ut-tavorix” asarida Lutfiy merosi haqida soʻz ochib, “dar forsi sheʼri zebo va qasidai gʻarro dorad” (“forsiyda goʻzal sheʼrlari va porloq qasidalari bor”) deb aytadi.
Lutfiy oʻz davri adabiy hayotida ustoz sifatida katta mavqega ega edi. Keksayib borayotgan shoirning uyi koʻpincha shogirdlar bilan gavjum boʻlardi. Uning yaqin shogirdlaridan biri Alisher Navoiy edi. Navoiy oʻz ustozi haqida gapirganda ikki oʻrtadagi yaqin insoniy munosabatlarni ichki bir iftixor bilan tilga oladi. Navoiy Lutfiydan nazmiyatning sirru sinoatlari bobida koʻp narsa oʻrgandi. Ustoz sheʼriyatiga boʻlgan katta eʼtiqod bilan uning “Laylatul meʼrojning sharhi sochi tobindadur”, “Koʻkdadur har dam figʻonim koʻrgali sen mohni”, “Ey soching shaydo koʻngullarning savodi aʼzami” misralari bilan boshlanuvchi gʻazallariga muxammaslar bogʻladi. Uning ustozni “Ey jamoling lahzolu bebadal husnung jamil”, “Ey qading toʻbiyi jannat haddi gulgun ustina” muqaddimasiga ega gʻazallariga musaddaslari ham mavjud. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Navoiy oʻzigacha va oʻziga zamondosh boʻlib yashagan turkiygoʻy shoirlardan fakat Lutfiy gʻazallarigagina muxammas va musaddaslar bogʻlagan.
Lutfiy 1465 yilda oʻz manzilgohi boʻlgan Dehikanorda vafot etgan. Navoiyning xabar berishicha, Mavlononing kabri ham oʻsha yerdadir.
Keyingi asrlarda Lutfiy mahoratining taʼsir doirasi tobora kengayib bordi. Fuzuliyning Lutfiy gʻazallariga koʻplab naziralari, qator muxammaslari maʼlum. Mashrab Lutfiyning “xoh inon, xoh inonma” radifli gʻazalining matlaidan tazmin yoʻli bilan foydalanib, butun boshli yangi bir gʻazal yaratgan.
Lutfiy gʻazallariga muxammaslar bogʻlash Munis, Ogahiy, Ravnaq va Amiriy ijodlarida ham uchraydi. Shu yoʻnalishda bizga zamondosh boʻlib yashagan Charxiyning ham manzur muxammaslari bor. Shoir gʻazallari maqom va xalq kuylari bilan ijro etiladi. Ularga muosir bastakorlarimiz ham kuylar yozganlar. Lutfiy devoni va undan saylanmalar oʻzimizda bir necha bor, soʻng Turkiya va Sharqiy Turkistonda ham chop etilgan. Shoir gʻazallarining rus va boshqa tillarga tarjima qilingani maʼlum. Lutfiyning boy badiiy merosi adabiyotshunos olimlarimiz tomonidan keng oʻrganilib kelinmoqda, u haqda qator tadqiqotlar yaratildi. Bu oʻrinda dastlab Zaki Validiy, Ye. E. Bertels, Hodi Zarif, A. Hayitmetov, E. Rustamov, shuningdek, Yo. Isʼhoqov, H. Rasulov va E. Ahmadxoʻjayev kabi olimlarning tadqiqotlarini koʻrsatib oʻtish mumkin.
Respublikamizda shoir nomi bilan atalgan koʻcha, maktab va kutubxonalar uning xotirasiga abadiylik baxsh etib kelmoqda.
Xulosa
Biz Lutfiy ijodini o’rganish davomida quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin:
— Zamonasining malikul-kalomi – so’z mulkining sultoni faxriy unvoniga munosib ko’rilgan, Firdavsiy, Nizomiy, Anvariy, Sa’diy, Xoja Hofiz singari buyuk fors-tojik adabiyoti darg’alari qatoridan faxrli o’rin egallagan Mavlono Lutfiy o’zbek mumtoz adabiyotining taniqli namoyandalaridan biridir.
— Shoirning hayoti va faoliyati haqida Alisher Navoiyning «Majolisunnafois», «Muhokamatul-lug’atayn», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Xutbai davovin», «Badoye’ ul-bidoya» devoni debochasi va boshqa asarlarida, Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkiratush-shuaro», Xondamirning «Habibus-siyar», «Makorimul- axloq», Abdulla Kobuliyning «Tazkirat -ut tavorix», Shamsuddin Somiyning «Qomusul-a’lom», Vosihning «Majmuai manzum va mansur», Shayx Ahmad Taroziyning «Fununul- balog’a» singari qator manbalarda ma’lumotlar uchraydi. Shunday bo’lishiga qaramay, Lutfiyning tarjimai holi va adabiy merosi haqida to’liq tasavvur hosil qilish qiyin. Jumladan, Lutfiy shoirning taxallusi bo’lib, uning nomi, ota-onasi, tug’ilgan yil va joyi, safarlari hamda shunga o’xshash qator masalalar haligacha lutfiyshunoslikda o’z yechimini qat’iy topganicha yo’q.
—. Mavlono Lutfiyning zamondoshlaridan bo’lgan ulug’ o’zbek shoiri Alisher Navoiy «Majolis un-nafois» tazkirasida shoirning to’qson to’qqiz yil umr ko’rgani, hayotining so’ngida forsiyda «Oftob» radifli g’azal yozgani va zamon shoirlari unga tatabbu’ qilganliklari, yigitligida zohiriy ulum tahsilidan so’ng Mavlono Shahobiddin Xiyoboniy qoshida tasavvuf tariqatidan tahsil olgani hamda Hirot chekkasidagi Dehikanor degan joyda dafn etilganligi haqida qimmatli ma’lumotlarni keltiradi
— Lutfiy sohibdevon shoir sifatida turkiy tildagi she’rlarini jamlab, devon tartib bergan. Shoir devonlarining 33 qo’lyozma nusxalari bizgacha yetib kelgan bo’lib, ular Toshkent, Dushanba, Istanbul, Tehron, London, Parij, Sankt-Peterburg kutubxonalari va qo’lyozma fondlarida saqlanadi. Olim E. Ahmadxo’jaevning aniklashi bo’yicha, Lutfiy qalamiga mansub mavjud she’rlarning umumiy miqdori 50 2774 bayt yoki 5548 misradan ortiq. Ularning katta qismi (2086 bayti) g’azal janrida yozilgan. Mavlono Lutfiy devonining hoziigacha ma’lum nusxalarida 372 g’azal, 3 qasida, 115 to’rtlik, 60 fard va ruboiy, tuyuq, qit’a kabi janr namunalari uchraydi.
— Yaqin vaqtlargacha Lutfiyning tavallud topgan va vafot etgan joyi Hirotning Dehi Kanor mavzei deb ko’rsatib kelingan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulug’bekka bag’ishlab yozilgan «Funun ul-balog’a» asari topilgach, undagi «ma’dan ul-latoyif Lutfiyi Shoshiy» jumlalariga asoslanib, Lutfiyning ona vatani Toshkent bo’lgan, degan fikr ham ilgari surildi.
—Uzoq yillar Lutfiyga nisbat berib kelingan «Gul va Navro’z»dostoni XX asrning 90-yillarida Haydar Xorazmiyga taalluqli asar ekanligi e’tirof etildi.Shuni ta’kidlash kerakki, Navоiy uni «Majоlis un-nafois» tazkirasida yodga оlmagan. Shayx Ahmad Taroziyning «Funun ul-balog’a», Faxriy Hirоtiyning «Majоlis unnafois» tazkirasining fоrs tiliga qilingan tarjimasi, Bоburning «Aruz risоlasi» asarlarida «Gul va Navro’z» Mavlоnо Haydar Xоrazmiy asari, deb ko’rsatilgan.
— Lutfiy she’rlari Alisher Navoiygacha yaratilgan o’zbek mumtoz adabiyotining g’oyaviy va badiiy jihatdan, o’ziga xos uslubi nuqtai nazaridan eng yuksak namunalari sanaladi, Shoir, ayniqsa, g’azalnavislikda shuhrat qozonadi. Turkiy adabiyotda vujudga kelgan tuyuq janri taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdi.
—Lutfiy lirikasi mavzu jihatidan nihoyatda rang-barangdir. Sevgimuhabbatni ulug’lash – shoir g’azaliyotining asosiy mavzuidir. Shoir mana shu umrboqiy mavzu atrofida hayot go’zalligidan zavqlanish, tabiatning fusunkor manzaralaridan bahramand bo’lish, odamiylik, yuksak insoniy fazilatlar: mehrmuhabbat, vafo va sadoqat kabilar haqida keng mushohada yuritadi, Olam va odam xususidagi teran mulohazalarini badiiylashtiradi. Lutfiy mumtoz adabiyot an’analari, xalq og’zaki ijodining bebaho durdonalaridan bahramand bo’lib g’azaldagi markaziy obraz-ma’shuqani ohori to’kilmagan baytlarda tavsif etadi. She’r qahramonining turli holat va kayfiyati, ruhiy kechinmalarini hayotiy misollar asosida yorqin tasvirlaydi. Shuningdek, g’azallarida davrning ijtimoiy-siyosiy masalalari haqida ham fikr yuritadi.
—Shoir she’rlarida tazod, tashbeh, husni ta’lil,mubolag’a, lutf,talmeh, irsoli masal kabi o’nlab badiiy san’atlardan san’atkorona tarzda foydalanadi.Xususan, shoir xalq maqollari, hikmatli so’zlarini g’azalning janriy xususiyati, mazmun va tasvir tabiatidan kelib chiqqan holda yo aynan yoki qisman o’zgartirilgan shaklda mohirlik bilan qo’llaydi. Shoirning mahorati shundaki, u boshdan oyoq irsoli masal san’ati asosida yaratilgan g’azallar mavjud. «Ayoqingga tushar har lahza gesu” misrasi bilan boshlanuvchi g’azal fikrimizga misol bo’la oladi.
—Lutfiy she’riyati, ayniqsa, g’azallari keyingi asrlarda yashab ijod etgan shoirlar uchun ilhom manbai bo’lib qoldi. Alisher Navoiy ijodkor g’azallaridan adabiy ta’sirlanib, ularga muxammas va musaddaslar bog’ladi. Ulug’ ozarbayjon shoiri Fuzuliy (XVI asr) va o’zbek shoirlaridan Munis, Ogahiy, Nodira, Uvaysiy, Furqat kabi ijodkorlar Lutfiy adabiy merosidan bahramand bo’lishdi.



Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling