O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi navoiy davlat pedagogika institutio’zbek tili va adabiyoti fakulteti,, ” guruh talabasi


Download 1.55 Mb.
bet1/4
Sana22.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1109484
  1   2   3   4
Bog'liq
LUTFIY SHEʼRIYATI OBRAZLARI




O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIO’ZBEK TILI
VA ADABIYOTI FAKULTETI ___-,,____” GURUH TALABASI
_______________________________________________
_____________________________________________
FANIDAN TAYYORLAGAN

KURS ISHI

MAVZU: LUTFIY SHEʼRIYATI OBRAZLARI



BAJARDI:____________________
ILMIY RAHBAR:_______________________

NAVOIY -2023
MAVZU: LUTFIY SHEʼRIYATI OBRAZLARI
REJA:
KIRISH.
1-BOB.LUTFIY BADIYATINING O'ZIGA XOSLIGI.
2 -BOB.LUTFIY IJODIDA YOR VA OSHIQ OBRAZLARIGA TAVSIF.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH

O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi xalqimizning qadim zamonlardan X IX asming o'rtalarigacha vujudga kelgan noyob badiiy durdonalari haqida bahs yuritadi. Tabiiyki, bu ming yilliklarga cho‘ziladigan jarayonda dunyo yuzini ko‘rgan badiiy asarlarda xalqimizning dastlabki e’tiqodiy qarashlaridan tortib X IX asrning o‘rtalarigacha yashab ijod qilgan qalamkashlarimizning irfoniy-falsafiy, adabiy-badiiy, ilohiy-ma’naviy qarashlari o‘z ifodasini topgan. 0 ‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi mana shu uzoqqa cho'zilgan murakkab jarayonda vujudga kelgan turli xil va janrlardagi badiiy asarlami o‘z ichiga oladi. Nazm va epos asriar davomida o‘zbek mumtoz adabiyotining asosiy xillaridan bo‘lib, taraqqiy topib keldi. G‘azal, ruboiy, qasida, masnaviy, muxammas, musaddas, qit’a, taije’band, tarkibband (v.h.) masal, hikoya va shu kabilar esa keng tarqalgan adabiy janrlar sanaladi. Kishilik tarixida yozuv paydo bo'lmasdan awal badiiy ijod og'zaki shaklda taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tdi. Yozuv-insoniyatning eng muhim kashfiyotlaridan biridir. Xat kashf etilgandan so‘ng badiiy ijod og'zaki va yozma shaklda yonma-yon taraqqiy qila boshladi. Garchi og'zaki adabiyot yozma adabiyotning vujudga kelishi uchun ma’naviy zamin bo‘lgan bo‘lsa-da, badiiy ijodning bu har ikkala shakli vaqti-vaqti bilan bir-birini to‘ldirib, sayqallashtirib, boyitishda davom etdi. Natijada, «Tohir va Zuhro», «Bo‘z o‘g‘lon», «Yusuf Ahmad», «Kitobi podsho Jamshid», «Qissasi Farhod-u Shirin» «Kitobi dada Ko‘rqut», «Qissasi Abo Muslim» singari ma’naviy durdonalar vujudga keldiki, bular xalq og‘zaki ijodida yaratilib, kitobiy adabiyotga yaqinlashtirilgan yoki yozma adabiyotda vujudga kelib, keyinchalik xalq ijodi uslubida qayta “tahrir”dan o‘tgan asarlardir. Shunday qilib, xalq kitoblari ham o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi va ham xalq og'zaki ijodining tarkibiy qismi sanaladi. 0 ‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi yodnomalar (memuar), tarixiy asarlar hamda tazkiralami ham o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, o‘tmishda tarixnavislik badiiy ijod bilan qorishiq holda olib borilgan. Muarrixlar biror tarixiy voqea tafsilotlarini bayon qilishda badiiy uslubga murojaat etishgan. Jumladan, Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam», «Tarixi hukamo va anbiyo», Abulg'oziy Bahodirxonning «Shajarai turk», «Shajarai tarokima», Shermuhammad Munis va Muhammadrizo Ogahiyning «Firdavsul-iqbol» kabi tarixiy asarlari, shuningdek, Zahiriddin Bobuming «Bobumoma» singari qomusiy kitobidagi badiiy lavhalar va she’rlar yuqorida aytilgan fikrlarimizga yanada quwat beradi. 0 ‘zbek xalqi uzoq yillar davomida Sharq musulmon olami, shuningdek, Hindiston, Yunoniston, Gurjiston, Rusiya kabi mamlakatlar bilan siyosiy-iqtisodiy, tarixiy-madaniy aloqada bo‘lib kelgan. Mana shu aloqalaming samarasi o'laroq taijima adabiyoti ham vujudga keldi. 0 ‘zbek tiliga tojik, eron, ozarbayjon, hind, arab va boshqa xalqlaming badiiy, ilmiy hamda tarixiy asarlari tarjima qilindi. Nizomiyning «Maxzanul-asror», «Xusrav va Shirin», «Hafl paykar», Shayx Sa’diyning «Guliston», «Bo‘ston», Nuriddin Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», «Yusuf va Zulayho», «Layli va Majnun», «Silsilat uz-zahab» («Oltin zanjir»), «Iskandar xiradnomasi», «Salomon va Absol», Badriddin Hiloliyning «Shoh va gado», hind donishmandlik xazinasining nodir namunasi «Kalila va Dimna», mashhur arab ertaklari majmuasi «Ming bir kecha», Mirxondning «Ravzat us-safo», Zayniddin Mahmud Vosifiyning «Badoye’ ul-vaqoe’» kabi asarlari shular jumlasidandir. Tarjima adabiyoti xalqlar o'rtasidagi o'zaro madaniy—adabiy aloqa va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga, shuningdek, o‘zbek xalqining jahon xalqlari adabiyoti bilan yaqindan tanishishiga xizmat qilib keldi. 0 ‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlar muayyan tarixiy sharoitning ma’naviy ehtiyoji, talabi bo'lib, ular o‘zbek yozma adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi tajribalarining yanada boyishi, teran ma’no va quyuq ranglar bilan to'lishishiga ijobiy turtki bo‘ldi. 0 ‘tmish adabiyotida qo‘llangan taijima istilohiga mazkur atamaning bugungi talqinlari nuqtai nazaridan munosabatda bo'lmoq pand berishi, bir yoqlama xulosalarga olib kelishi mumkin. Chunki mumtoz mutaijimlar asliyatga hozirgi taijimonlarga nisbatan ancha erkin va o‘ta ijodiy munosabatda bo'lishgan. Oqibatda ular qalamidan chiqqan asarlaiga nisbatan taqimani qo‘llash kamlik qilgandek bo'lib tuyula beradi. Qutb Xorazmiy X IV asrda fors tilidan o'zbek tiliga taijima qilgan “Xusrav va Shirin” (Shayx Nizomiy), Sayfi Saroyi (X IV asr) o'zbek tiliga o'girgan “G u listo n ” (Shayx S a ’d iy), M avlono X irom iy (X IX asr) o‘zbekchalashtiigan “Chor darvesh”, «Ra’no va Zebo» “To'tinoma” kabi asarlar bilan kechgan ijodiy mehnat haqida ham ana shunday fikmi aytish joizdir. Ayrimlari eslatilgan fazilatlariga ko‘ra, taijima adabiyoti ham o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixining tarkibiy qismi sanaladi. 0 ‘tmishda yaratilgan adabiyotshunoslikka oid asarlami ham o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi o‘z ichiga oladi. Shayx Ahmad Taroziyning «Funun ul-balog‘a», Davlatshoh ibn Baxtishohi Samarqandiyning «Tazkirat ushshuaro» Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”, “Mezonul-avzon”, “ Muhokamat u l- lug'atayn”, “Nasoyim ul-m uhabbat”, Bobur Mirzoning “Muxtasar” yoki “Aruz risolasi”, Fazliy Namangoniyning “Majmuat ush-shuaro” kabi asarlari shular jumlasidandir.
Badiiy adabiyot tabiat gultoji sanalmish hazrati inson bilan egizak dunyo yuzini ko‘rgan san’at turlaridan biridir. Inson yaratilibdiki, o‘zi yashayotgan borliq sir-u sinoatlari bilan oshno bo‘lgisi, ulardan yuksak shavq-zavq olgisi, ichki kechinmalari, orzu-intilishlari, ruhiy holatlarini o'zigagina hadya etilgan oliy ne’mat—so‘zda badiiy, bo‘yoqli tarzda ifodalagisi keladi. Adabiyot tarixi esa mana shu o‘ziga xos murakkab hodisaning eng qadimgi davrlardan zamonamizgacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyot jarayonini o‘rganuvchi fandir. Badiiy ijod uning nodir namunalarini yaratuvchi ma’lum bir xalqning e’tiqodiy qarashlari majmuasidan bahramand bo‘ladi. Shu ma’noda u o‘sha xalq dunyoqarashi, ma’rifiy olami va ma’naviyatini badiiy aks ettiradi. Shunga ko'ra, alohida xalqlar nomlari bilan ataluvchi adabiyotlarvujudga keladi. Xalqimiz ma’naviy madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi esa o‘zbek adabiyotidir.Xalqimiz ma’naviy qadriyatlarini o‘zida ifoda etgan o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini o'iganish barkamol avlod qalbida m illiy iftixor tuyg‘ularini shakllantirilishiga ulkan hissa qo'shishi bilan ahamiyatlidir.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling