O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti ta`lim muassasalarining boshqaruvi i-kurs magistranti abdusodiqova Shahlo G’ayratovnaning menejment nazariyasi fanidan


Boshqaruv shakl va usullarini takomillashtirib borish tamoyili


Download 109.79 Kb.
bet12/19
Sana25.01.2023
Hajmi109.79 Kb.
#1120311
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
kurs ishim yangi

4. Boshqaruv shakl va usullarini takomillashtirib borish tamoyili.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning uch shakli mavjud: xususiy, jamoa, davlat boshqaruvi. Boshqaruvning xususiy shaklida mulkdor yakka o'zi qaror qabul qiladi va butun ish uchun javobgar bo'ladi. Boshqaruv xususiy shaklining ijobiy tomori mulk egasi ishlar borishini o'zi to'liq nazorat qilish imkoniyatiga egaligi, kamchiligi esa sarmoyaning uncha katta bo'lmasligi va bir kishi boshqaruvning turli vazifalarini bajarishiga majburligidir. Kuchli raqobat sharoitida mulkdor sinmasligi uchun doimo o‘z bilimlarini oshirib, boshqaruv usullarini takomillashtirib, ya’ni ishchilarga ta’sir etish yo‘llarini bozorda mavjud holatga mos ravishda o‘zgartirib borishi kerak. Boshqaruvning jamoa shaklida ikki yoki undan ko‘p jismoniy va huquqiy shaxslar boshqaruv qarorlarini biigalikda qabul qiladilar va korxona yoki aksiyadorlar jamiyati faoliyati uchun javobgar bo'ladilar. Sherikchilik nisbatan malakali boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruvning xususiy shakli kamchiliklarini bartaraf etishga imkon
yaratadi.
Boshqaruv jamoa shaklining afzalligi sheriklar aksiya sotish yo‘li bilan qo'shimcha sarmoya jalb qilish imkoniyatiga ega bo'lishidadir. Boshqaruvning jamoa shakli direktorlar kengashi tomonidan amalga oshirilib, ular asosiy boshqaruv siyosatini va boshqaruvning mavjud vaziyatga mos iqtisodiy, tashkiliy boshqaruvchilik, ijtimoiy-psixologik, huquqiy usullarini tanlaydilar. Boshqaruvning jamoa shaklining asosiy kamchiligi barcha sheriklar — aksiya egalari boshqaruvda va korxona faoliyatini nazorat qilishda qatnasha olmaydi. Uning yana bir kamchiligi — korporatsiya, aksiyadorlar jamiyati yoki korxona aksiyadorlaridan «ikki yoqlama» soliq olinishidir, chunki korxona foydadan, aksiyadorlar esa qo'shimcha ravishda dividenddan soliq to'laydilar. Davlat boshqaruv shakli davlat yoki mahalliy mulk bo'lgan korxonalarda amalga oshiriladi. Davlat bu korxonalar faoliyati uchun to'liq javob beradi.
5. Kadrlar tanlash va joylashtirish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kadrlami tanlash va joy-joyiga qo'yish tamoyili muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor munosabatlari boshqaruv kadrlariga qat’iy talablar qo'yadi, ulaming ishbilarmonlik sifatlari ishlab chiqarish oldida tutgan masalalami belgilaydi.

Download 109.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling