O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti ta`lim muassasalarining boshqaruvi i-kurs magistranti abdusodiqova Shahlo G’ayratovnaning menejment nazariyasi fanidan
Boshqaruvning funksiyalari va ularning tasnifi
Download 109.79 Kb.
|
kurs ishim yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes-reja
3.2. Boshqaruvning funksiyalari va ularning tasnifi
Boshqaruvning jarayon sifatida mohiyati uning vazifalarida ifodalanadi. Boshqaruv vazifalari deganda, boshqarish bo'yicha ma’lum masalalami hal etishga qaratilgan harakat yig'indisi tushuniladi. Boshqaruv vazifalari, awalo, boshqariluvchi obyektning o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish tarkibiga mos ravishda quyidagilami aks ettiruvchi vazifalar mavjud bo'ladi: • iqtisodiyotning tarmoq tarkibi; • uning hududiy tarkibi; • ishlab chiqarishning alohida unsurlarini. Milliy xo'jalikning tarmoq tarkibi boshqaruv oldiga moddiy ishlab chiqarishni boshqarish va nomoddiy ishlab chiqarishni boshqarish kabi vazifani qo'yadi. Birinchi soha tarkibida ishlab chiqarish va muomala sohalarini boshqarishni ajratadilar. Ishlab chiqarish sohasini boshqarishga sanoat va uning tarmoqlarini boshqarish, qurilishni, transport, aloqani boshqarish vazifalari; muomala sohasini boshqarish vazifalariga — savdoni, moliya, moddiy-texnika ta’minot sohalarini boshqarish vazifalari esa fan, madaniyat, ta’lim sohalarini boshqarishni qamrab oladi. Ishlab chiqarishni boshqarish vazifalarining hududiy tarkibiga respublika, viloyat, shahar, tuman miqyosidagi boshqaruv vazifalari kiradi. Ishlab chiqarishning boshlang'ich bo'g'ini — korxonani boshqarish muhim vazifadir. Boshqaruv vazifalari boshqaruv tashkilotlari, bajaruvchilar va boshqaruv apparati vazifalarini belgilab beradi. Boshqaruv jarayonini bajariladigan vazifalar bo'yicha tahlil etish har bir vazifada ish hajmi, boshqaruvchi xodimlar sonini aniqlash va nihoyat boshqaruv apparati tarkibini loyihalash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Boshqaruv tashkilotining asosiy va aniq vazifalari ajratiladi. Asosiy vazifalar har bir korxona va boshqaruvning barcha darajasi uchun xosdir. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: a) marketing; b) biznesreja; d) tartibga solish; e) tashkil etish; f) rag'batlantirish; g) nazorat va hisob; h) undash; i) rejalashtirish. Marketing —bu korxonani iste’molchi bilan bozor orqali bog'lovchi eng muhim bozor munosabatlari va axborot oqimlari to'plamidir. Marketing tarkibiga bozomi o'rganish, iste’molchilar buyurtmalariga ko'ra tovarlar turlarini rejalashtirish, tovarlarni bozorga chiqarish, reklama, tovar va xizmatlami ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetkazish bilan bog'liq tadbirkorlik faoliyati kiradi. Bozor u yoki bu tovarga bo'lgan talabni lakmus qog'ozi singari aks ettiradi. Bozor taklif etilgan tovami yo qabul etadi yoki inkor qiladi. Bozor iqtisodiyotida iqtisodiyotni boshqarish marketingni ishlab chiqarish siklining so'ngida emas, boshida bo'lishini taqozo etadi, chunki boshqaruv qarorlarini qabul qilish asosida ishlab chiqarish imkoniyatlari emas, balki bozor talablari, xaridorlaming mavjud va istiqboldagi ehtiyojlari yotadi. Agar markazlashgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruvda bozorga ishlab chiqarishning oxiigi nuqtasi sifatida qaralgan boisa, bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi bilan bozor talablari ishlab chiqarish bosqichining boshidayoq hisobga olinishi zarur. Bozor ishlab chiqarish ko‘lamini belgilovchi, butun boshqaruv jarayoniga ta’sir etuvchi kuchga aylanadi. Biznes-reja — bu ijodiy loyihalashtirish, istiqbolni belgilashdir. Biznes-rejalarda iqtisodiy strategiya belgilanadi, kelajakda rivojlanish yo‘llari va vositalari aniqlanadi, tarkibiy siyosat, ijtimoiy rivojlanish miqyoslari belgilanadi. Tashkil etish — bu boshqariluvchi tizimning texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa kichik tizimlami tartibga solish jarayonidir. Tashkil etish maqbul tuzilmalar tashkil etish, tizim tarkibiy qismlari o'rtasidagi qismlari to'g'risida qoidalarni yaratish, lavozim majburiyatlari, barqaror iqtisodiy normativlami belgilashni qamrab oladi. Download 109.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling