O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti ta`lim muassasalarining boshqaruvi i-kurs magistranti abdusodiqova Shahlo G’ayratovnaning menejment nazariyasi fanidan


Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari


Download 109.79 Kb.
bet17/19
Sana25.01.2023
Hajmi109.79 Kb.
#1120311
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
kurs ishim yangi

2. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari. Xo'jalik tashkilotlarining ishlab chiqarishni boshqarish bo'yicha faoliyati boshqaruvning turli tashkiliy farmoyish usullarini qo'llash bilan bog'liqdir. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari iqtisodiy usullarni to'ldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlari, huquqiy aktlarni hisobga olish va bajarishga asoslanadi.
Davlat maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan tizimga ma’muriy va tashkiliy jihatdan ta’sir o'tkazadi. Boshqaruv tizimida tashkiliy usullar umumiy maqsadga erishish uchun ishlab chiqaruvchilaming hamkorlikdagi harakati tartibga solinadigan ma’muriy hujjatlar asosida amalga oshadi.
Tashkiliy farmoyish usulini qo'llash asosini boshqaruvning barcha tamoyilariga rioya qilish tashkil etadi. Nima sababdan boshqaruvning ma’muriy farmoyish usullari ma’muriy shakllar bilan qo'shib olib boriladi. Bu ko'p hollarda tashkiliy
ta’sir ma’muriy huquqni qo'llash, ya’ni qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Lekin, «boshqaruvning tashkiliy famioyish usuli» tushunchasi «ma’muriy boshqaruv usuli» tushunchasidan birmuncha kengdir, chunki tashkiliy farmoyish usullari boshqaruvning turli darajalariga turli ko'lamda va shaklda tashkiliy ta’sir etishni o'rganish masalalarini ham qamrab oladi. Tashkiliy farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni ta’minlaydilar, tashkiliy tizim, boshqaruvning har bir bo'g'ini vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyatisamaradorligini ta’minlaydi, ishda tartib o'matadi, qaror va farmoyishlarni bajaradi, kadrlami tanlaydi va joy-joyiga qo'yadi va b. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari ulaming ishlab chiqaruvchilaiga ta’sir etish manbalari va yo'nalishlari bo'yicha turlarga ajratiladi.
Bunga bog'liq holda ta’sir etishning tashkiliy farmoyish usullari uch
guruhga bo'linadi: tashkiliy-barqarorlashtiruvchi, farmoyish va intizom. Ta’sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullarining asosiy maqsadi hamkorlikda ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya’ni, vazifa, majburiyat. Javobgarlik va vakolatlami taqsimlash, tartib o'rnatish va b.
Ma’muriy ta’sir tashkiliy shakllarining ikki tashkiliy reglamentlash va tashkiliy me’yorlash turi mavjud. Tashkiliy reglamentlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladigan tizimga ulaming maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va har bir darajada boshqaruv chegaralarini aniqlash maqsadida ta’sir etadi. Tashkiliy reglamentlashga misol qilib lavozimlar haqida Nizomni ko'rsatish mumkin.
Ta’sir etishning farmoyish usuli cheklovchi hujjatlarda ko'zda tutilmagan mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda kundalik jadal boshqarish maqsadida qo'llaniladi. Farmoyish ta’sirining asosiy maqsadi boshqaruv apparatining aniq harakati, boshqaruvning barcha bo'Iinma va xizmatlari barqaror ishlashini ta’minlab berishdan iborat. Ta’sir etishning farmoyish usullari buyruq, farmoyish, ko'rsatma va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Buyruq —bu rahbarning qo'l ostidagi xodimlardan ma’lum vazifani
bajarishni yozma yoki og'zald ravishda talab qilishidir. Buyruq faqat chiziqli boshqaruv tizimi rahbari tomonidan beriladi.
Farm oyish — xodimlardan ayrim ishlab chiqarish va xo'jalik masalalarini hal etishni talab qilishdir. Farmoyish boshliq o'rinbosarlari, xizmatlar boshliqlari, ular ega bo'lgan vakolatlari doirasida beriladi. Boshqaruv amaliyotida qo'llaniladigan ta’sir qilish usullaridan biri — og'zaki ko'rsatmadir. Ta’sir etishning bunday shaklini barcha darajadagi rahbarlar, lekin ko'pincha quyi darajadagi komandirlar, brigada boshliqlari, ustalar qo'llaydilar. Farmoyish vositasida ta’sir etish bajarish muddatlari bilan farq qiladi. Buyruq va farmoyishlar uzoq yoki qisqa muddatga mo'ljallangan bo'ladi.
Har bir buyruq yoki farmoyishda qanday vazifa bajarilishi, qachon bajarilishi kerakligi belgilanadi. Ta’sir etishning farmoyish usuli tashkiliy ta’sirga nisbatan uning bajarilishini nazorat qilishni ko'proq talab etadi. Ijro etishning borishi nazorat qilingandan so'ng yana farmoyish bilan ta’sir etishga ehtiyoj tug'iladi. Farmoyish usulining qo'llanish ко‘lami boshqaruv kadrlari malakasi, tashabbuskorligi va qobiliyatiga bog'liqdir. Korxonani boshqarishda farmoyish bilan ta’sir etish faqat qonunga zid bo'lmagan holdagina bajarilishi qat’iy bo'lgan huquqiy kuchga ega bo'ladi. Shu sababli barcha tizimdagi tashkiliy farmoyish faoliyati mavjud qonunchilikka bo'ysungan holda amalga oshishi lozim. Intizomiy ta’sir usullari tashkiliy barqarorlashtiruvchi va farmoyish vositasida ta’sir etish usullarini to'ldirib, intizomiy talablar va majburiyatlar tizimi vositasida tashkiliy aloqalar barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir.

Download 109.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling