O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus Ta‘lim vazirligi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti fizikadan tajriba ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko‘rsatma
Download 1.55 Mb.
|
механика тажриба охиргиси 8.09.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- I z о h
- Tajriba ishi №7 Mavzu: Tebranma harakat qonunlarini (halqa yordamida) o’rganish Ishning maqsadi
- Tajriba ishi №10 Mavzu: Tovushning havoda tarqalish tezligini o’lchash . Ishning maqsadi
- 1-rasm. Qurilmaning tashqi ko’rinishi. Nazariy qism
- 1-jadval Ishni bajarish tartibi
- -rasm. Tovush tezligini o’lchash uchun dastur oynasi.
Ishni bajarish tartibi:
1. Shtangеnsirkul bilan stеrjеnni eni a va qalinligi b (4 jоyidan mm da) o’lchab jadvalga yozing. 2. Yog’оch stеrjеnni A va B prizmalar ustiga o’rnatib, linеyka bilan ikkita tayanch nuqtalari оrasidagi masоfani (mm) aniqlang. 3. AD stеrjеnga halqa оsib, shtangеnsirkulning shkalasi bo’yicha bоshlang’ich hоlatini bеlilang - n0. 4. Halqaga massalari 0,5 kg; 1,0 kg; 1,5 kg; 2,0 kg bo’lgan tоshlarni kеtma-kеt jоylashtiring va ularga mоs kеladigan shtangеnsirkul ko’rsatishini yozing – ni. 5. P yukni quyidagi fоrmuladan tоping: (g=9,8 m/s2) 6. Yuklarni bittadan kamaytirib, shtangеnsirkul ko’rsatkichini – ni yozing. Yukning massasi 2 kg bo’lganda n va h ning qiymatlari tеng bo’ladi. 7. O’lchоvlarni va hisоblab tоpilgan natijalarni jadvalga yozing. I z о h: Har bir tоsh uchun Ei va DE ning qiymatlarini hisоblanadi. Е ning N/mm larda оlingan qiymatini N/m ga o’tkazing.
Nazоrat savоllari 1. Dеfоrmatsiya dеb nimaga aytiladi? Uning turlari. 2. Nisbiy dеfоrmatsiya dеb nimaga aytiladi? 3. Mехanik kuchlanganlik dеb nimaga aytiladi? 4. Guk qоnuni qanday yoziladi? 5. Elastiklik mоdulining (Yung mоdulining) fizik ma’nоsi qanday? 6. Ishchi fоrmulani yozing. 7. Egilish o’qi dеb nimaga aytiladi? 8. Mоddalarning mехanik хоssalari nimaga bоg’liq? Tajriba ishi №7 Mavzu: Tebranma harakat qonunlarini (halqa yordamida) o’rganish Ishning maqsadi: Halqa yordamida tortish kuchi tezlanishini aniqlash. Kerakli asboblar: Halqa; Shtangensirkul; Sekundomer; Fizik mayatnik. Nazariy qism Agar har qanday jism og’irlik markazidan o’tmagan gorizontal o’qqa osib qo’yilsa, og’irlik markaziga qo’yilgan M moment ta’sirida tebranma harakat qiladi. M=mgl·sin Yuqorida ko’rsatilganidek mahkamlangan «M» moment ta’sirida tebrana oladigan qattiq jism fizik mayatnik deyiladi: T=2 (1) bu yerda K - inersiya momenti, l– og’irlik markazi bilan jism osilgan o’q orasidagi masofa, m - mayatnik massasi g – og’irlik kuchi tezlanishi (1) ifodadan g ni topaylik ( 2) Tebranayotgan jism halqalardan iborat bo’lsa, R1 –ichki radius, R2- tashqi radius. Yassi halqaning og’irlik markaziga nisbatan inersiya momenti KC= (3) bo’ladi. Shteyner teoremasiga muvofiq ixtiyoriy tebranish o’qiga nisbatan olingan inersiya momenti «K» bilan jism massasi og’irlik markazidan tebranish o’qiga bo’lgan masofa kvadratining yig’indisiga teng: К=КС+mRi2: «K» ning qiymatini (2) ga qo’yib (4) Tebranish davri T, halqaning ichki va tashqi radiuslari R1 va R2 ni bilgan holda g ni hisoblash mumkin. Ishni bajarish tartibi: Shtangensirkul bilan ichki va tashqi radiuslar (R1 va R2) o’lchanadi. O’qituvchi tomonidan berilgan tebranishlar soni uchun ketgan vaqt o’lchab olinadi va davr Ttn formula bilan hisoblanadi. O’lchashlar kamida uch marta takrorlanadi. Tajriba ikki xil halqa uchun alohida-alohida bajariladi. Xatoliklar hisoblanadi. Quyidagi jadval to’ldiriladi 1-jadval
Nazorat savollari Fizik mayatnik nima? “g” nimalarga bog’liq? Oxirgi (4) formulani keltirib chiqaring. Inersiya momenti nima? Shteyner teoremasi tusuntirib b Tajriba ishi №10 Mavzu: Tovushning havoda tarqalish tezligini o’lchash. Ishning maqsadi: Xona haroratida tovushning tarqalish tezligini aniqlash. Kerakli asbob va jihozlar: 12 V li tok manbai; Cobra3 bazaviy bloki; RS 232 tipli kabel; Taymer/hisoblagich; Mikrofon; 9V li batareya; Aylana tayanchlar; Ulovchi simlar; Personal kompyuter. 1-rasm. Qurilmaning tashqi ko’rinishi. Nazariy qism Eksperemental qurilmaning prinsipal sxemasi va tashqi ko’rinishi 1-2- rasmlarda ko’rsatilgan. Tovushni uzatish va qabul qilish orasidagi masofa S=0,3m bo’lgandagi tovush tezligining olingan qiymatlari 1- jadvalda keltirilgan. Tovushning o’rtacha tezligi =338.0(4) m/s ga teng. Tovushning aniqlangan tezligi tovush qabul qilish va uzatish orasidagi masofalar turlicha bo’lganda doimiydir, demak, tovush o’zgarmas tezlik bilan tarqaladi: manbalarda keltirilishicha tovushnig nol gradusdagi tarqalish tezligi 0=331.8 m/s bo’lib, ularning haroratga bog’liqligi quyidagicha aniqlanadi: (1) Yuqorida keltirilgan o’lchashlar natijasida harorat 18 0C, ushbu haroratga mos keluvchi tezlik =342,6m/s. Tajribani bajarish davomida hech qanday qo’shimcha shovqinlar bo’lmasligi kerak, aks holda ular mikrofon yordamida qayd etilib, noto’g’ri natija beradi. Yog’och va shunga o’xshash jismlarda tovush havodagiga nisbatan ancha yuqori tezlik bilan tarqaladi. Agar o’lchashlar vaqtida juda katta tezliklar chiqsa, zarb vaqtida ishlatiladigan mahkamlanmagan metall sterjenni zarbdan keyin po’kaksimon jismning ichiga yoki boshqa stolga o’rnatilishi massiv asoslar ustiga joylashtirilish lozim. 1-topshiriq: Xona haroratida tovushning havoda tarqalish tezligini toping.
Ishni bajarish tartibi: 1.Qurilmani 1-rasmdagidek yig’ing. 2.Cobra3 blokidagi “Taymer 1” kirish qismini mikrofon-kuchaytirgichning chiqish qismi bilan ulang. 3.Chastotani o’lchash uchun “Timer/counter ” dasturini ishga tushiring va 2-rasmda ko’rsatilganidek parametrlarni sozlang. 2-rasm. Tovush tezligini o’lchash uchun dastur oynasi. 4.Tovushni tarqalish va qabul qilish oralig’ini taxminan 30-40 sm qilib belgilang. 5.Tovush tezligini o’lchash jarayonini yuqoridagidek tartibda kamida 5 marta takrorlang. 6.Mikrofonni 10-15 sm ga o’zgartiring, yuqorida keltirilgan yo’riqnoma bo’yicha tovush tezligini kamida 5 marta o’lchang. 7.Tovushni qabul qilish va uzatish orasidagi masofani taxminan 60-70 sm qilib olib, o’lchashlarni 5 marta takrorlang. 8.5-7-bandlarning natijalarini 2-jadvalga kiriting. O’lchash xatoligini baholang. 2-jadval
2-topshiriq: Laboratoriya termometri yordamida xonaning haroratini o’lchang. Ishning nazariy qismida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib, tovush tezligining olingan qiymatlari bilan jadvaldagi natijalarni taqqoslang. Ma’lum qiymatlar sifatida tovushning C dagi tezligidan foydalaning. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling