Markaziy kon boshqarmasidagi 5-gidrometallurgiya zavodi (5-GMZ)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 28 martida Navoiy viloyatiga tashrifi davomida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 5-gidrometallurgiya zavodi qurilishiga tamal toshi qo‘yilgan edi. 2021 yilda “Auminzo-Amantoy” oltin koni negizida yiliga 5 mln tonna sulfidli va oksidli rudani qayta ishlash quvvatiga ega mazkur zavod qurib bitkazildi.
Zavodning noyobligi shundaki, unda dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan mutlaqo yangi texnologiya, yaʼni kislorodli-ohakli oksidlash asosida oltin ajratib olish texnologiyasi qo‘llanilmoqda. Zavodda ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilib, raqamli ishlab chiqarish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, korxonada gidrometallurgiya jarayonini takomillashtirish uchun tarkibida nozik tarkibli oltin bo‘lgan mahsulotni ochishga imkon beradigan flotatsion konsentratni maydalash jarayoni joriy etildi.
5-GMZ ishchi-xodimlari uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2,5 ming kishilik ishchilar shaharchasi qad rostladi.
Maʼlumki, maʼdan tarkibi qimmatbaho metallarga boy yoki qashshoq ko‘rinishda bo‘ladi. Tarkibi boy maʼdanlar korxonalarda qayta ishlanib, uning metali kam bo‘lgan qismi (balansdan tashqari) esa kelajakda keng foydalanish uchun sanoat maydonlarida maxsus tashkil etilgan uyumlarga yig‘ib kelingan.
1996-2006 yillar mobaynida “Oltinni uyumda ishqorlash sexi” konida hosil bo‘lgan qayta ishlangan maʼdanni uyumda ishqorlash usuli bilan qayta ishlash masalasini hal qilish bilan bir qatorda, chiqindilarni yo‘q qilishni talab qiladigan xududning ekologik muammolari o‘z yechimini topdi.
1.TEXNOLOGIK QISM
Taqsimlash qurilmalarining konstruksiyalari.
Taqsimlash qurilmasi RU (Raspredelitelnie ustroystva)-bu elektr energiyani qabul qilish va taqsimlash uchun xizmat qiluvchi hamda elektr jixozlar, shinalar va yordamchi qurilmalarga ega bo’lgan elektr uskunadir.
Agar taqsimlash qurilmasi bino ichiga joylashgan bo’lsa, u yopiq taqsimlash qurilmasi ZRU (Zakritie raspredelitelnie ustroystva) deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |