O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti energo-mexanika fakulteti


Download 1.51 Mb.
bet4/22
Sana08.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1176398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Yopiq taqsimlash qurilmalar odatda 3÷20 kV li kuchlanishga mo’ljallab quriladi. Biroq taqsimlash qurilmaga ajratilgan maydon cheklangan bo’lsa, yoki atmosfera juda ifloslangan bo’lsa, shuningdek chekka shimol rayonlarida ham 35÷220 kV kuchlanishli yopiq taqsimlash qurilmalari qo’llanishi mumkin.
Taqsimlash qurilmalari elektr qurilmalarining ishonchli ishlashini ta’minlashi kerak. Bu talab elektr asbob-uskunalarini to’g’ri tanlash va joylashtirish, taqsimlash qurilmalari turi va konstruksiyasini tanlash PUE ga muvofiq bajariladi [26].
Taqsimlash qurilmalariga xizmat qilish qulay va xavfsiz bo’lishi kerak. Unda joylashgan asbob-uskunalar bir-birini to’smay yaxshi ko’rinishi, ta’mirlash ishlarini bajarishga qulay bo’lishi, ularni ko’zdan kechirish va ta’mirlash paytida xavfsiz bo’lishi kerak.
Izolyasiyalanmagan tok o’tkazuvchi qismlarga tegib ketmaslik uchun ular maxsus kameraga joylanishi yoki ihotalangan bo’lishi kerak.
Taqsimlash qurilmalari yonig’inga qarshi xavfsizlikni ta’minlashi kerak. Yopiq taqsimlash qurilmalari konstruksiyalarini qurilish norma va qoidalari, shuningdek yong’indan saqlanish qoidalariga javob berishi lozim.
Taqsimlash qurilmalari tejamli bo’lishi lozim. Uni qurish qiymati - qurilish qismi, elektr asbob-uskunalari, elektr montaj ishlari bilan boshqa xarajatlar qiymatining yig’indisiga teng. Qurilish qismining qiymatini kamaytirish uchun mumkin qadar bino hajmi kamaytirilib, uning konstruksiyasi soddalashtiriladi.
Atmosfera havosida joylashgan taqsimlash qurilmasi ochiq taqsimlash qurilmasi deb yuritiladi. Odatda, 35 kV va undan yuqori kuchlanishli taqsimlash qurilmalari ochiq joyga quriladi.
Taqsimlash qurilmalari ishlash ishonchliligini, qurilishga mipodal harajat qilinishini hamda xizmat qilish xavfsiz va qulay bo’lishini, kengaytirish imkoniyatini, zavodda tayyorlanadigan yirik blokli qismlarni maksimal qo’llashni ta’minlashi lozim.
Ochiq taqsimlash qurilmalari ORU (Otkritie raspredelitelnie ustroystva) barcha jixozlari, odatda, uncha balandda bo’lmagan fundamentda joylashadi. Uning hududi bo’ylab asbob-uskunalarni montaj hamda ta’mir qilishni mexanizasiya yordamida bajarish uchun maxsus yo’llar qilinadi. Shinalar ko’p simli o’tkazgichlardan elastik qilib yoki trubalardan tayyorlanishi mumkin.
Taqsimlash qurilmalarining ochiqlar yopiqlariga qaraganda quyidagi avfzalliklarga ega: qurilish ishlarining hajmi kichik, qurish vaqti kichik; kengaytirish va rekonstruksiya qilish uchun qulay; hamma jixozlarini kuzatish oson.
Shu bilan bir qatorda past haroratda va yog’ingarchilikda ochiq taqsimlash qurilmalariga xizmat qilish ancha noqulay, yopiqqa nisbatan ancha katta maydonni egallaydi, ulardagi jixozlar tez ifloslanadi, chang bosadi va harorati o’zgarib turadi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling