O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti energo-mexanika fakulteti


Download 1.51 Mb.
bet5/22
Sana08.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1176398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Ochiq taqsimlash qurilmalari ORU konstruksiyalari turlicha bo’lib, elektr ulanishlar sxemasi, uzgichlar va ajratgichlar tipiga kuchlanish klasslariga bog’liq bo’ladi.
3,3 kV li taqsimlash qurilmalari asosiy va zahira ajratkichlar bilan uch seksiyaga seksiyalanadi, manfiy shina seksiyalanmaydi. Chetki shinalar seksiyasiga bittadan to’g’rilagich ulanadi, o’rta seksiyaga esa uzgich, razryadlovchi, tekislovchi (sglajivayushiy) jixoz va qabul (otsasivayushiy) fideri ulanadi.
Nominal parametrlari. Har bir elektr qurilmalar hamma jixozlar uchun umumiy bo’lgan parametrlar va tavsiflarga ega. Bular quyidagilardir: nominal kuchlanish; nominal uzluksiz tok; chegaraviy bo’ylama tok; elektrodinamik tok puxtaligining nominal toki; termik-issiqlik puxtalikning nominal toki; ulash va o’chirish nominal toklari; o’chirishning nominal quvvati; ulash va o’chirishning umumiy vaqti; kuchlanishning tiklanish tezligi; zanjirning xususiy chastotasi va boshqalar.
Taqsimlash qurilmalar komplekti KRU (komplekt raspredelitelnix ustroystv) shkaflari yoki kameralari ichki qurilmalar uchun ham tashqi qurilmalar KRUN uchun ham chiqariladi. Bunda N harfi-tashqi degani,
Taqsimlash qurilmalar RU ning har qaysi turi o’z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Masalan, yopiq taqsimlash qurilmalar ZRU, bunda Z harfi-yopiq degani bo’lib, barcha elektr uskunalarining meteorologiya ta’sirlaridan, chang–to’zonlar, kul, qora kuya va hokazolar bilan ifloslanishdan ishonchli himoya qilinishi bilan qulaydir. Biroq berk taqsimlash qurilmalar ZRU ning narxi juda qimmatga tushadi. Berk qurilmalarni nazoratdan o’tkazish va ta’mirlash ham qiyin. Ochiq taqsimlash qurilmalari ORU, bunda O harfi-ochiq degani bo’lib, uning narhi arzon, qurish ishlari tez bitadi, elektr qurilmalarni nazorat qilish, ularni montaj va remont qilish qulay bo’ladi. Ammo ishlab turgan ochiq taqsimlash qurilmalari ORUga yomon ob-havoda xizmat ko’rsatish qiyinlashadi. Ochiq taqsimlash qurilmalari ko’p joy egallaydi, uning jixozlari havo haroratining keskin o’zgarishlari, yog’ingarchilik ta’sirida qoladi. Shamol, muzlash, tuzli changlar, kukun va loydan muhofaza qilinmagan.
Yopiq taqsimlash qurilmalari ZRU lar 35 kV gacha kuchlanishga quriladi, bunday kuchlanish shaharlar va sanoat ichidagi elektr tarmoqlariga tegishlidir, ya’ni ular atmosferada elektr uskunalariga zararli ta’sir ko’rsatuvchi moddalar bo’ladigan joylarda va ochiq taqsimlash qurilmalari qurish va ularni ishlatish uchun zarur sharoit hamda etarli joy bo’lmagan hollarda quriladi. Biroq zarur sharoitlar bo’lganda 6 kV, 10 kV, 35 kV kuchlanishli taqsimlash qurilmalari ochiq qilib qurilaveradi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling