O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi


Download 0.99 Mb.
bet19/116
Sana08.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1176771
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan

Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi nimalarga bog’liq?

  2. Sinf rahbarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  3. Tarbiyaviy ish deganda nimani tushunasiz? Izoglang

  4. Sinf rahbari ish rejasini kimga tasdiqlatadi?

  5. Sinf rahbari olib boradigan asosiy tarbiyaviy ishlar necha qismdan iborat bo’ladi?

  6. Darsdan tashqari ish uslullarini o’rganib chiqing.

  7. Har bir sinfdan tashqari o’tkaziladigan tarbiyavi ish o’z oldiga qanday maqsad qo’ymog’i lozim?

Foydalanilgan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar.
1. R. Mavlonova, B.Normurodova, N.Rahmonqulova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent, 2010-yil.
2. R. Mavlonova, B.Normurodova, N.Rahmonqulova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014-yil.
3. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidov. Pedagogika nazariyasi va tarixi.T.: Fan va texnologiyalar. 2010-yil.
4. K.Hoshimov, S.Ochilov. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. T: O’qituvchi. 2010-yil
Qo’shimcha adabiyotlar:
5. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2010.
6. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun (O’RQ–637, 23.09.2020)
10 - Mavzu: Sinf tarbiyaviy soatlari haqida umumiy tushuncha.
Reja:
1. Tarbiyaviy soat dasturining vazifalari.
2.Sinf tarbiyaviy soatlarining tarkibiy qismlari.
3.Sinf tarbiyaviy soatlarni tashkil etishning tartib va uslublari.
Tayanch so’z va iboralar: tarbiyaviy soat, tarbiyaviy soat dasturi, tarkibiy qismlari, kompetensiyaviy yondashuv.
Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.
Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-aprelda “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmunan qayta ko‘rib chiqilib, kompetensiyaviy yondashuv asosida amalga oshirilishi belgilandi.


Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi
19-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalari sinf rahbari to‘g‘risidagi Nizom” asosida tashkil etiladi.
Mazkur dastur va metodik qo‘llanma yuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling