O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi


Treninglarni o’tkazishda guruhlar bilan ishlash va ularga rahbarlik qilish


Download 0.99 Mb.
bet27/116
Sana08.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1176771
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan

3.Treninglarni o’tkazishda guruhlar bilan ishlash va ularga rahbarlik qilish.
Eng avvalo, ta’limning guruhli shakli“ ta’lim beruvchi-ta’lim oluvchi” dialogidan voz kechishni va “ta’lim beruvchi-guruh-ta’lim oluvchi” ko’rinishidagi uch tomonlama o’zaro munosabatga o’tishni nazarda tutadi. O’quv guruhi, tarkibi bo’yicha harakatchan kichik guruhlarga bo’linadi va ularning har- biri o’zicha o’quv materialini o’zlashtiradi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, shu tufayli siz bilan ta’lim oluvchilar o’rtasida ancha mustahkam aloqa o’rnatiladi, shaxsiy va bir vaqtning o’zida ta’lim jarayonida jamoaviy ruhiy holat kuchayadi.
Ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi harakati tashkillashadi, bu esa, o’quv-bilish jarayonini faollashtirishga, ularda empatik ya’ni, kommunikativlikni shakllantirishga ko’maklashadi:

  • Vazifani hamkorlikda bajarish o’rtoqlari tomonidan bildirilgan fikrlarni muhokama qilishga motivatsiya paydo bo’ladi;

  • ta’lim oluvchilar bir-biriga savollar beradilar, shuning uchun ular savollarni aniq shakllantirishni bilishlari zarur, javoblarni argumentlashtirishni, tushunishga erishish uchun esa, ular bir-birlarini diqqat bilan eshitishlari kerak;

  • guruhlarda ishlash paytida, zarurati bo’lganda, ta’lim oluvchilar yordam berishlarini so’raydilar va boshqalarga yordam berishni o’rganadilar.

Har bir ta’lim oluvchining potentsial imkoniyatlarining rivojlanishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi:

  • qobiliyatli va iqtidorli bolalar, ularni «maqtanchoqlik»da ayblashlaridan cho’chimasdan o’z qobiliyatlarini ko’rsatishlari mumkin. Ular, guruhda nafaqat ta’lim beruvchi rolida bo’lishlari, balki ta’lim oluvchi rolida ham bo’lishlari mumkin va ta’lim beruvchi rolidagi o’z o’rtoqlari tomonidan baholanishi, raqib bo’lmasdan, ulardan o’rganishi mumkin;

  • o’rtacha qobiliyatga ega yoki xarakteri bo’yicha qo’rqoq bolalar o’z bilimlari va mahoratlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

  • Kichik guruhlarda ishlash, ularni stress holatlardan xalos etadi, ya’ni noto’g’ri javob berganda butun jamoa oldida izza bo’lishdan qo’rqishdan xoli bo’ladi. Guruh a’zolari, javobni do’stona baholab, ularda o’ziga ishonch tuyg’usini uyg’otish imkonini beradilar. 4-5 kishidan iborat guruhda, qo’rqoq kishi, 25 kishilik guruh oldida o’zini tutishga nisbatan, o’zini ancha erkin his etadi;

Ta’limning ushbu shakli, ta’lim oluvchilar bilimini o’zaro hamkorlikdagi boyishini ta’minlaydi: faqatgina kooperatsiya va harakatlar (bilish) usullari bilan o’zaro almashish umumiy mahsulotol ish-muammoni echish imkonini beradi. SHuning uchun, guruhda ta’lim berishda, biz, jamoaviy muhokama qilishdan, o’zaro konsul’tatsiyalar berishda maksimal foydalanamiz.
Guruhlarda ishlash, atrofdagilarga bo’lgan munosabatni o’zgartiradi, «men va ular»dan «biz»ga o’tishni ta’minlaydi va o’zini guruhning bir bo’lagi sifatida his qilish imkonini beradi.
4.Guruhlarni shakllantirish tamoyillari. Avvalombor, «tamoyil» tushunchasi nimani anglatishini aniqlab olaylik.
Guruhlarni shakllantirish tamoyillari-bu guruhlarni shakllantirish bo’yicha ishlarni tashkil qilishga bo’lgan asosiy talablar ifoda qilingan, umumiy, birlamchi qoidalardir.
SHu bilan birga, guruhlarni shakllantirish tamoyillari- bu tayyor retsept va universal qoida emaski, unga rioya qilgan holda yuqori natijalarga erishishga umid qilsak, ularni amalda bajarish quyidagi xususiy omillar bilan belgilanadi:

  • Bizning va ta’lim oluvchilarning motivatsiyasi bilan: nafaqat bizning o’zimiz, balki har bir ta’lim oluvchi ham, ushbu talim shaklining mohiyatini tushunib etishi juda muhimdir;

  • Bilimlar va tajribalar bilan;

  • Bizning pedagogik mahoratimiz bilan.

Shunday qilib, ta’lim oluvchilar guruhlarini shakllantirishda, qanday tamoyillardan foydalanamiz?
Ta’lim oluvchilarni guruhlarga ajratish paytida o’qitish maqsadlarini, natijalarini va usullarini hisobga olish.
Ta’lim shaklini tanlashni belgilovchi asosiy omil, ta’lim maqsadlari hisoblanishini biz aniqlab bo’ldik.
Ushbu ta’riflanishdan ko’rinib turibdiki, ta’lim maqsadlari deganda, nafaqat maqsadlarning o’zi, balki natijalar ham tushuniladi. Shuning uchun, biz, guruhli bilish faoliyatini amalga oshirish uchun guruhlarni shakllantiramiz, ya’ni:

  • Biz qo’ygan ta’lim maqsadlaridan (o’qituvchi, tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi, motivatsion) kelib chiqqan holda;

  • ta’lim texnologiyalari loyihasiga kiritilgan ta’lim usulini e’tiborga olgan holda;

Bunda, ta’lim oluvchilarni guruhlarga birlashtirishni, biz quyidagi belgilarga qarab amalga oshirdik:

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling