O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi


BOSHLANG‘ICH TA‘LIMDA IJTIMOIY FANLARNI O‘QITISH MЕTODIKASI KAFЕDRASI


Download 0.99 Mb.
bet2/116
Sana08.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1176771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan

BOSHLANG‘ICH TA‘LIMDA IJTIMOIY FANLARNI O‘QITISH MЕTODIKASI KAFЕDRASI

TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI”fanidan





OQUV MATERIALLARI
MARUZA MASHGULOTLARI


Namangan – 2021
1-Mavzu: Kirish. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari
Reja:
1. Fanning maqsad va vazifalari.
2. Tarbiyaviy ishning mazmun-mohiyati.
3. Tarbiyaviy ishlarning yo’nalishlari.
4. Tarbiya tamoyillari.
Tayanch so’z va iboralar: “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, fanning maqsadi, vazifalari, tarbiyaviy ishlar, tarbiyaviy ishlarning yo’nalishlari, tarbiya tamoyillari.

Mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimov yosh avlod ta’lim-tarbiyasi haqida davlatning bosh islohotchilik roli to’g’risida to’xtalar ekan, “Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo’ldagi asosiy tayanchimiz – insondir. Yuksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir.


Bu narsa ayniqsa yosh avlodga tegishli. Kelajagi buyuk davlat, eng birinchi navbatda, bo’lajak fuqarolarining madaniyati, ma’lumoti va ma’naviyati haqida g’amxo’rlik qilmog’i zarur” ekanligini qayd etadi.
Binobarin, millatimiz ta’lim-tarbiyasi rivojida birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning tutgan o’rni alohida. Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqimizning ko’p asrlik tarixga ega boy ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlariga hamda hozirgi zamon ilm-fani, madaniyati, texnikasi va texnologiyasining so’nggi yutuqlariga asoslangan jamiyat hayotiga doir g’oya qarashlarni yangilash, o’zimizga xos va mos ta’lim tizimini barpo etish nihoyatda dolzarb vazifalardan biri edi. Shuning uchun ham birinchi prezidentimiz Islom Karimov tomonidan jamiyat rivojida ta’lim-tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Barcha sohalardagi singari ta’lim-tarbiya sohasida ham tub islohotlar amalga oshirildi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich joriy etildi. Islom Karimov tashabbusi bilan dunyoga kelgan ta’limning “o’zbek modeli” xalqaro miqyosda ham eng obro’li mutaxassislar tomonidan e’tirof etildi.
Bugun qo’lga kiritayotgan barcha yutuq va marralarimizning omili va zamini bo’lgan, hammamizni, avvalo, bolalarimizning ongu tafakkurini, hayotga bo’lgan munosabatini tubdan o’zgartirgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining o’rni va ahamiyati beqiyos bo’ldi. Eski tizimning qolip va aqidalaridan xoli bo’lgan, mustaqil fikrlaydigan va hayotga qaraydigan, Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir kuch sifatida maydonga chiqayotgan bugungi yosh avlodimiz ayni shu dasturlarning, biz amalga oshirayotgan tarbiyaviy ishlarimizning mahsuli, ijobiy ma’nodagi “portlash effekti”ning natijasi bo’ldi.
Davlatimiz tomonidan farzandlar kamoloti yo’lida qilingan xayrli ishlarni sanab adog’iga yetib bo’lmaydi. Istiqlolning dastlabki yillarida ekilgan navnihol ko’chatlar bugun o’z mevasini bera boshlagani ham ayni haqiqat. Bu ezgu tadbirlar, islohotlar yanada qat’iyat va izchillik bilan davom ettirilmoqda. Biroq millat ravnaqi, xalq farovonligiga erishishda faqat davlatning sa’y-harakatlarigina kifoya qilmaydi. Buning uchun yurtmizning har bir fuqarosi qaysi soha vakili va kim bo’lishidan qat’iy nazar, o’zining bunyodkorlik salohiyatini ishga solishi, islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi, bu jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylanishi lozim.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani talabalarga tarbiyaviy ishlar metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari, tarbiyaviy ishlarda tizimlilik, tarbiyaviy ishlarning ta’sirchanligini baholash tamoyillari, maktabda o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirish metodikasi, tarbiyaviy jarayonni boshqarish tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va tahlil etish, tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlash texnologiyasi, oilaviy tarbiyaning mazmuni, an’analari, metod va vositalari, oila va maktabning o‘zaro hamkorligi, oilani pedagogik tomondan qo‘llab-quvvatlash, madaniy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ishini tashkil etish, sinf rahbari ishining mazmuni va metodlari, „Yoshlar ittifoqi“harakatini uyushtirish metodikasi, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda turli o‘yinlar, tanlovlar, musobaqa va boshqa tadbirlarni tashkil etish metodikasini o‘rgatadi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling