O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi


Download 0.99 Mb.
bet35/116
Sana08.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1176771
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan

Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarrbiyaviy ishlar Konsepsiyasi qachon tasdiqlangan?

  2. Sinfdan tashqari ishlar har xil yoshdagi o’quvchilar bilan amalga oshishi mumkinmi?

  3. Sinfdan tashqari ishlarni olib borishda qanday tamoyillar amal qiladi?

  4. O’quvchilarga sinfdan tashqari qanday mashg’ulotlar olib boriladi?

  5. Qanday ishlar pedagok jamoa orqali har bir bolaga yaxshi ta’sir ko’rsatadi?

  6. Sinfdan tashqari ishlarning ommaviy shakli necha guruhga bo’linadi?

  7. Ommaviy shaklning birinchi turi nima deb nomlanadi?

  8. Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita nimalar bilan bog’lanadi?

Foydalanilgan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar.
1. R. Mavlonova, B.Normurodova, N.Rahmonqulova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent, 2010-yil.
2. R. Mavlonova, B.Normurodova, N.Rahmonqulova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014-yil.
3. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidov. Pedagogika nazariyasi va tarixi.T.: Fan va texnologiyalar. 2010-yil.
4. K.Hoshimov, S.Ochilov. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. T: O’qituvchi. 2010-yil
Qo’shimcha adabiyotlar:
5. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2010.
6. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun (O’RQ–637, 23.09.2020)
13 – Mavzu: Jamoa haqida umumiy tushuncha.
Reja:

  1. Jamoani rivojlanish bosqichlari.

2. Sinf jаmoаsini tаshкil etish.
3. Sinf jаmoаsini tаshкil etish хususiyatlаri.
4. Sinf rаhbаri vа o`quvchilаrning o`zo`zini bоshqаruv orgаnlаri.
5. Sinf rаhbаri vа o`quvchilаrning dаrsdаn tаshqаri birlаshmаlаri.
6. Sinf jаmoаsini tuzish vа uni jipslаshtirishning аsоsiy yo`llаri.


Tаyanch so’z va iborаlаr: jamoa, sinf jаmоаsi, sinf jаmоаsini tuzish vаzifаlаri, jamoaning rivojlanishi, rivojlanish bosqichlari, uni jipslаshtirish, jamoa an’analari, jamoa istiqboli, o`zo`zini bоshqаruv оrgаnlаri.
Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlarida o’quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash-tarbiya nazariyasining yetakchi g’oyasidir.
Jamoa deyilganda umumiy maqsad sari intilgan va birgalikdagi faoliyat uchun jipslashgan o’quvchilarning guruhlari tushuniladi. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo’yish, faollarni tarbiyalash, o’quv, mehnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish, sog’lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish va kuchaytirish.
Jamoada bir-biriga g’amxo’rlik qilish, o’zaro yordam, faqat o’zi haqida emas, balki boshqalar haqida ham o’ylashga intilish, jamoa manfaatini o’z qiziqishidan ustun qo’yish ko’nikmalari hosil bo’ladi. Jamoada o’rtoqlik va do’stlik hissi tarkib topadi. O’quvchilar jamoasini tuzayotib, tarbiyalayotib maktab o’qituvchilari uning har bir a’zosini shaxsini shakllantiradi. Jamoadagi o’quvchilarning o’zaro munosabati o’zaro javobgarlikni his etish, topshiriqlarni bajarishda barcha a’zolarning tengligi bilan ajrab turadi, chunki unda o’quvchilar o’zaro yaqin muomalada bo’ladilar, hamma vaqt birgalikda harakat qiladilar, butun jamoa qo’ygan maqsadni hal etishda qatnashadilar.
Tarbiya nazariyasi jamoa rivojlanishining uch daraja bilan belgilaydi. Dastlab pedagogning kuch-g’ayrati natijasida sinfda o’rnatilgan muayyan talablar; tartib, intizom bilan o’quvchilarning uncha katta bo’lmagan qismi sinf rahbarining harakatlarini qo’llab-quvvatlashi bilan izohlanadi. Past darajadan yuqori darajagacha boradigan yo’l uzoq bo’lib, muayyan qiyinchiliklarni bartaraf etish bilan kechadi. Ayni paytda jamoani shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishlar juda qiziqarlidir.
Agar o’quvchilar jamoasi barpo etilmagan bo’lsa, o’quvchi maktabni hech afsuslanmay tark etadi. Hatto keyinchalik maktab yillarini eslamaydi ham. O’quvchilarni inoq jamoaga birlashtirgan mohir sinf rahbari qo’lida tarbiyalangan odam baxtlidir.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling